O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Download 152.48 Kb.
|
disertatsiya new april ZZZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASHUROVA ZEBINISO NOSIR QIZI
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGIO’ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETIMAGISTRATURA BO’LIMI(Qo’lyozma huquqi asosida)ASHUROVA ZEBINISO NOSIR QIZIINGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA RITORIK SO’ROQ GAPLARNING STRUKTUR-SINTETIK XUSUSIYATLARILingvistika mutaxassisligida magistrlik darajasi uchun yozildi 70230101- Lingvistika (Ingliz tili) MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI Ilmiy rahbar: Turaxanova BadiaMundarija: KIRISH………………… I bob. RITORIK SO’ROQ GAPLAR…………………................................ Ritorik so’roq gaplarning umumiy xususiyatlari………………………… Ritorik so’roq gaplarning turlar………………………………………….. 1.3 She’riy asarlarda ritorik so’roq gaplar…………………………………… II bob. NASRIY ASARLARDA RITORIK SO’ROQ GAPLAR 2.1 Badiiy matnda ritorik so‘roq gaplar………………………………………. 2.2 Zulfiyaxonim ijodida ritorik-so’roq gaplar…………………………......... 2.3 Tog’ay Murod asarlarida ritorik-so’roq gaplarning qo’llanilishi .............. III bob. Jahon adabiyoti durdonalarida ritorik so’roq gaplar………….. 3.1 3.2 3.3 XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI I bob. RITORIK SO’ROQ GAPLAR 1.1 Ritorik so’roq gaplarning umumiy xususiyatlari So‘roq gap, odatda, so‘zlovchiga noma’lum bo‘lgan biror narsa haqida xabar bilish, shu to‘g‘risida ma’lumot olish maqsadida ishlatiladi va shu xabarni anglatuvchi javobni talab qiladi; lekin uning so‘roq bildirmaydigan, javob talab qilmaydigan ko‘rinishlari ham bor. Masalan: “Karima xolani to‘yga toshkentdan tez chaqirish kerak. Nima qilamiz?”— dedi chol. Kattalarning suhbatini jim tinglab o‘tirgan turg‘un, cholning nevarasi, birdan gapirib yubor- di: “telegraf-chi?!” (ikkinchi misoldagi “telegraf- chi? Gapi so‘roq yo‘li bilan taajjub, ta’kid, uqtirish, xabar bildiradi: “telegraf bor-ku!” degan ma’noda).Bu kabi ko’rinishlar ham aslida javob talab qiladigan so‘roq gapdan kelib chiqadi. So‘roq-darak gap o‘z ichki xarakteri bilan darak gapga to‘g‘ri keladi; bundan tashqari, u xabarni darak gapdagiga nisbatan kuchli ravishda, qat’iy tusda bayon qiladi. So‘roq tusiga ega bo‘lgan, lekin so‘roq bildirmaydigan, demak, javob talab qilmaydigan bunday gaplar, odatda, asosiy holatga emotsionallik hodisasini qo‘shadi: qat’iy tusda ifodalangan hukm+emotsional moment. Masalan: Bizdan baxtli bormi, yoronlar?! (A. M.) Bu gap “dunyoda bizdan baxtli odam yo‘q, biz eng baxtli odammiz” degan mazmunni emotsionallik bilan, kuchli ravishda ifodalaydi. Bunday so‘roq ritorik so‘roq deyiladi. Ritorik so‘roq va javob gapning o‘zidan anglashilib turadi, so‘zlovchining o‘zi javob beradi. Masalan: Shunday go‘zal vatan bormi jahonda?! E, uka, inson qila olmaydigan ish bor ekanmi?! (A. Q.) Ritorik so‘roq gapda kesim ko‘pincha bo‘lishsiz formada bo‘ladi, lekin tasdiqni bildiradi. (Buni kim bilmaydi?!—“hamma biladi”); bo‘lishli formada bo‘lganda, inkorni bildiradi (yutuqlarimizni kim inkor qila oladi?— “hech kim inkor qila olmaydi”). Demak, ritorik so‘roqda kesim tasdiq yo inkor kategoriyasi jihatidan bu formaning aksini bildiradi. So‘roq, odatda, inkor ma’nosining elementlariga ega bo’ladi.Tilshunoslikda o’zida tasdiq yoki inkor mazmuni bo’lgan , tinglovchida javvob talab qilmaydigan so’roq gaplar ritorik so’roq gaplar hisoblanib, bunday so’roq gaplarda fikr kuchli his-hayajon, emotsionallik bilan, juda ifodali, ta’kidli, ta’sirchan tarzda beriladi.Shuning uchun bunday gaplar, asosan, so’zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda keng qo’llaniladi. Ritorik so’roq gaplar va oddiy so’roq gaplarning farqi shundaki, oddiy so’roq gaplar umumiylik jihatidan bir xil, ammo ularni ajratib turuvchi bir qancha unsurlar mavjud. Masalan, oddiy so’roq gaplarda tasdiq yoki inkor ma’nolari qanday ekanligi ifodalanmaydi. Ritorik so’roq gaplar esa tasdiq yoki inkor unsurlarini yaqqol namoyish etib bera oladi. Oddiy so’roq gaplarning asosiy xususiyati – tinglovchiga savol tarzida fikr bayon etilib, uning fikrlashi qaysidir darajada, qisman sinovdan o’tkaziladi. Ritorik so’roq gaplar esa gap uslubini ma’noviy tarzda kuchaytirish xususiyatiga egadir. Ritorikada aniq bir usulda so’zlovchi o’z fikrlarini bayon etadi. Oddiy so’roq gaplarda esa bir kishi tomonidan yo savol beriladi yoki javob. Ritorikada esa javob qatnashgan ma’no savolli gaplarda ifoda etilib, ular bilan bir butunlikni kasb etadi. 1.2Ritorik so’roq gaplarning turlar………………………………………….. Ritorik so’roq gaplarning quyidagi ma’nolarni ifodalovlovchi 7 ta turi mavjud: 1) ritorik-tasdiq; 2) ritorik-inkor; 3) ritorik-taaajjub; 4) ritorik-g’azab; 5) ritorik-tashvish 6) ritorik-gumon 7) ritorik-kuchli hayajon So’roq gaplarning hamma turida o’ziga xon intonatsiya bo’ladi . Bu intonatsiya darak, undov gaplarning intonatsiyasidan tamoman farqlanib turadi. Odatda, so’roq gaplarda biror narsa yoki uning belgisi, harakatning bajarilish o’rni, payti, holati, sababi va maqsadi kabilar ko’rsatiladi. So’roq gaplarni tuzishda xizmat qilgan vositalar ayrim so’roq gaplarda bo’lmasligi ham mumkin. Bu xil so’roq gap so’roq intonatsiyasi yordami bilan tuziladi. Badiiy asarlarda yozuvchilar o’z badiiy niyatini kitobxonga yetkazish maqsadida ritorik so’roq gaplardan foydalanadi. Ritorik so’roq gaplarda turli ma’nolar: kinoya, ta’kid, norozilik, achinish, tanbeh, sevinch, kesatish kabilar ifodalanadi. So‘roq gaplar ikki guruhga bo‘linadi: 1.Sof so‘roq gaplar Ritorik so‘roq gaplar Ritorik so‘roq gaplaar yashirin tasdqi, yashirin inkor, taajjub, tashvish, g‘amxo‘rlik, g‘azab va gumon, kuchli hayajon ma’nolarini ifodalashi mumkin. Bu vatanda nimalar yo‘q- tasdiq O‘zingdan chiqqan baloga, qayga boray davoga- inkor Bu nimasi? -tajjaub Meni tashlab ketmaysanmi?! - tashvish Maqsad nima, maqsad?- g‘azab Paxtalar ham yaxshi ochilmagandir? -gumon Tokaygacha ezilamiz, ota?! - kuchli hayajon Ritorik so‘roq gaplar oxirida ba’zan so‘roq belgisining o‘zi, ba’zan so‘roq va undov belgilari barobar qo‘yiladi. Dunyoda onadan ulug‘ zot bormi?! Bunday o‘rinda albatta, birinchi so‘roq keyin esa undov belgisi qo‘yiladi. Ritorik so‘roq gaplar badiiy asarlarda emotsional ta’sirchanlikni oshirish, og‘zaki nutqda hayajon vaa tuyg‘ularni ifodalash uchun ham faol qo‘llanildi. Yuqoridagi misollarda ritorik so‘roq gapni hosil qiluvchi vositalar tarkibida nahotki, kim, ehtimol kabi leksik birliklarning faol qo‘llanganini ko‘rishimiz mumkin. Chunki ritorik so‘roq gaplarda nahot, nainki, nahotki kabi yuklamalar, kim olmoshi kabi birliklarning ahamiyati katta bo‘lib, u holatda ham so‘roq javobi aniq bo‘lib turadi. Shu sababli ham bu vositalar ritorik gaplarda faol qo‘llanadi. Odatda, so‘roq gaplar tinglovchidan javob talab etadi. Ritorik so‘roq gaplarda esa javob talab etilmaydi, chunki so‘roqning o‘zi ko‘pincha tasdiq ma’nosini ham ifodalaydi, javobi o‘zidan ma’lum bo‘lib turadi. Bunday gaplarda ohang katta ahamiyatga ega bo‘ladi: Hunarni asrabon netkumdur oxir? Olib tufroqqamu ketkumdur oxir? (Navoiy. “Farhod va Shirin”) Bu baytda “hunarni asramayman” “uni tuproqqa olib ketmayman” degan ma’no anglashiladi. Download 152.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling