O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston davlat jahon tillari universiteti


Download 152.48 Kb.
bet14/17
Sana17.06.2023
Hajmi152.48 Kb.
#1525322
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
disertatsiya new april ZZZ

Savol. Nima uchun kecha bazmga kelmadingiz?
Javob. Kecha juda charchagan edim, uyda qolishni afzal bildim. Savol. Ismingizni ma’nosini bilasizmi?
Javob. Qiziqib ko‘rmaganman, ammo bilishni judayam xohlayman.
Yuqoridagi gaplardan ma’lumki, birinchi kishi savolni ikkinchi kishining javobini olish uchun beryapti. Bunday gaplarni o‘ziga nisbatan javob talab qiladigan oddiy so‘roq gaplar deyishimiz mumkin. Ammo shunday so‘roq gaplar ham borki, ular o‘ziga nisbatan javobni talab qilmaydi, balki javobi ham ichida bo‘ladi. Shu bilan birga ularda oddiy so‘roq ma’nosi emas, tasdiq, inkor, hayrat, ajablanish, qiziqish, ishonchsizlik, kesatiq kabi ma’nolar ustunlik qiladi. Og‘zaki nutqimizda, badiiy matnlarda bu turdagi, ya’ni ritorik so‘roq gaplardan juda unumli foydalaniladi.
Bunday o‘rinda albatta, birinchi so‘roq keyin esa undov belgisi qo‘yiladi.
Ritorik so‘roq gaplar badiiy asarlarda emotsional ta’sirchanlikni oshirish, og‘zaki nutqda hayajon vaa tuyg‘ularni ifodalash uchun ham faol qo‘llanildi.
Yuqoridagi misollarda ritorik so‘roq gapni hosil qiluvchi vositalar tarkibida nahotki, kim, ehtimol kabi leksik birliklarning faol qo‘llanganini ko‘rishimiz mumkin. Chunki ritorik so‘roq gaplarda nahot, nainki, nahotki kabi yuklamalar, kim olmoshi kabi birliklarning ahamiyati katta bo‘lib, u holatda ham so‘roq javobi aniq bo‘lib turadi. Shu sababli ham bu vositalar ritorik gaplarda faol qo‘llanadi.
Odatda, so‘roq gaplar tinglovchidan javob talab etadi. Ritorik so‘roq gaplarda esa javob talab etilmaydi, chunki so‘roqning o‘zi ko‘pincha tasdiq ma’nosini ham ifodalaydi, javobi o‘zidan ma’lum bo‘lib turadi. Bunday gaplarda ohang katta ahamiyatga ega bo‘ladi:
Hunarni asrabon netkumdur oxir? Olib tufroqqamu ketkumdur oxir?
(Navoiy. “Farhod va Shirin”)
Bu baytda “hunarni asramayman” “uni tuproqqa olib ketmayman”
degan ma’no anglashiladi.
Ritorik so‘roq usuli she’riy asarlarda juda keng qo‘llangan bo‘lib, kitobxon shu so‘roqning o‘zidan javobini ham topadi:
Qizning o‘zi yigit bilan til biriktirib,
O‘zi xohlab qochgan bo‘lsa, xo‘sh, kimda gunoh?

Endi ayting insof bilan, Mirzo Ulug‘bek,
Nechuk bo‘lmay bobongizga o‘zim da’vogar?

Shu baloni daf etgali, qiblayi olam, Yuqoridan farmoyishni kutmoqlik shartmi?
Bu ritorik so‘roqli baytlarning birinchisidan “hech kimda gunoh yo‘q”, ikkinchisida esa “o‘zim da’vogar bo‘laman” va uchinchisidan “yuqoridan farmoyishnii kutmoqlik shart emas” kabi javoblar anglashiladi.
Nasriy matnlardan farqli o‘laroq, she’riy asarlarda ritorik so‘roq gaplarni juda ko‘p uchratish mumkin. Bunday gaplar she’riyatning haqiqiy bezagi, ifoda va ta’sir etish vositasi sanaladi. Bizga ma’lumki, she’riy asarlarda qahramon bitta yoki ikkita bo‘ladi va asosan biror shaxsga, asosan yorga murojaat yo‘llanadi. Bunday vaziyatda fikrni eng ta’sirchan, ixcham ifodalashning yagona va maqbul vositalaridan biri bu nazmda ritorik gaplardan unumli foydalanishdir. She’riyat mulkining sultoni hisoblangan Navoiy bobomiz asarlaridan tortib, to bugungi kungacha ijod qilayotgan shoirlarimiz o‘z asarlarida bunday gapladan ustalik bilan foydalanib kelmoqdalar. Quyida ayrim she’riy matnlardagi ritorik gaplarni tahlil qilishga urinamiz.

Download 152.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling