O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston davlat jahon tillari universiteti


She’riy asarlarda ritorik so’roq gaplar


Download 152.48 Kb.
bet2/17
Sana17.06.2023
Hajmi152.48 Kb.
#1525322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
disertatsiya new april ZZZ

1.3She’riy asarlarda ritorik so’roq gaplar
Nasriy matnlardan farqli o‘laroq, she’riy asarlarda ritorik so‘roq gaplarni juda ko‘p uchratish mumkin. Bunday gaplar she’riyatning haqiqiy bezagi, ifoda va ta’sir etish vositasi sanaladi. Bizga ma’lumki, she’riy asarlarda qahramon bitta yoki ikkita bo‘ladi va asosan biror shaxsga, asosan yorga murojaat yo‘llanadi. Bunday vaziyatda fikrni eng ta’sirchan, ixcham ifodalashning yagona va maqbul vositalaridan biri bu nazmda ritorik gaplardan unumli foydalanishdir. She’riyat mulkining sultoni hisoblangan Navoiy bobomiz asarlaridan tortib, to bugungi kungacha ijod qilayotgan shoirlarimiz o‘z asarlarida bunday gapladan ustalik bilan foydalanib kelmoqdalar. Quyida ayrim she’riy matnlardagi ritorik gaplarni tahlil qilishga urinamiz.
Biz baxtli bo‘lamiz Xudo xohlasa, Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik?!
Bu misolda berilgan ritorik gap orqali ta’sirchanlik, yashirin tasdiq ma’nolari mujassam.
Men olmani irg‘itvorsam, U dod soldi:
Tashlab ketar ekan meni Nega oldi?!
Bu misolda esa nega oldi ritorik so‘roq gapi yuqoridagi gaplarning mantiqiy davomi sifatida kelib, meni tashlab ketar ekan olmasligi kerak edi degan yashirin inkor, shu bilan birga kuchli hayajonni, g‘azabni ifodalab kelgan. She’riy matnlarda ritorik so‘roq gapning bir nechta ma’nolari bitta gap takibida umumlashib kelishi odatiy hol, norma hisoblanadi. Chunki nasriy matnlardan ko‘ra she’riy matn qisqa satrlarda ko‘proq ma’no berishi kerak. Bu o‘rinda esa eng katta yutuqlardan biri ritorik so‘roq gaplar zimmasiga tushadi.
Yana bir misolga e’tiborimizni qaratamiz.






Oftob elib to‘lsa ko‘k uzra, Unga osmon sandig‘i hujra. Haqdan hukm, bandadan ijro, Xudo bilar, kim oldin ketar?!
Bu misolda yuqorida aytib o‘tganinmiz kim so‘roq olmoshi yordamida ritorik so‘roq gap hosil qilingan. Xudo bilar, kim oldin ketar?! Bu ritorik so‘roq gap orqali yashirin tasdiq va inkor ma’nolari mujassamlashgan. Ya’ni “kim oldin bu dunyodan ketishini xudo biladi, undan boshqa hech kim bilamaydi” degan ma’nolar mavjudligini uqish mumkin. Bu gap orqali muallif ikkinchi bir kishga savol berayotgani yo‘q va shu asnoda uning javobini ham talab qilmayapti. Bu o‘z- o‘ziga aytilgan, javobi talab qilinmaydigan so‘roqdir. Chunki uning javobi bilan birga qo‘shimcha ma’nolari ham o‘z ichidadir.
Yuzlaringni ko‘rgandayman qaydadir, Qo‘l ushlashib yurgandayman qaydadir, Neki qilsang, axir bir kun qaytadir,
Ayt, mabodo menmasmu u aldagan?!. 27
Bu misolda berilgan gap Ayt, mabodo menmasmu u aldagan?!. Gapi xuddi oddiy so‘roq gapga o‘xshaydi. Chunki unda kimdandir savol so‘rab javobi kutayotgandek ayt so‘zi ham qo‘shilgan. Bu so‘z o‘quvchini, she’rxonni biroz chalg‘itishi mumkin. Ammo bu gap ham ritorik so‘roq gapning bir turi hisoblanadi. Bizga ma’lumki, she’riyatda qahramon odatda bitta, ikkita yoki uchta bo‘lishi mumkin. Ularning birinchisi muallifning o‘zi yoki lirik qahramon. Odatda 90 foiz she’rlarda faqat shu lirik qahramon mavjud bo‘ladi va butun she’rda uning ichki kechinmalari, tuyg‘ulari, boshidan o‘tkazgan voqea-hodisalari oniy lahzada aks etgan qalb kechinmalari sifatida qog‘ozga to‘kiladi. Bu o‘rinda u she’riy matnda aksariyat hollarda o‘zi bilan o‘zi gaplashadi, ya’ni monologiik nutq yuzaga keladi. Lirik qahramon o‘z ichki meni bilan gaplashganligi sababli ham unda savol-

javoblar bo‘lishi mumkin. Aksariyat hollarda esa bu ritorik so‘roq gaplar orqali yuzaga chiqadi. Shu bilan birga, lirik qahramon, she’riy matn ichida o‘z yoriga, sevgilisiga, do‘stiga, Ollohga murojat qilishi va raqibiga yuzlanishi ham mumkin. Ularga ham savollar beradi, ammo ularning javobini o‘zi bilib turadi. Shu bois ham bunday o‘rinlarda shoirlar ritorik so‘roq gaplardan unumli foydalanadilar. Yuqoridagi misolda ham xuddi shu holni kuzatish mumkin. Aldagan men emasman degan yashirin inkor ma’nosi ritorik gap orqali o‘z aksini topgan.


Sevimli va mahoratli shoirimiz Muhammad Yusufning ijod namunalarini kuzatar ekanmiz, uning so‘roq gapning bu turidan, ya’ni ritorik gaplardan deyarli har bir she’rida o‘rnida foydalanganini ko‘ramiz. Uning ijod namunalari xalq qalbiga birdan quyilib qolishiga, tez yodda qolishiga va kuchli ta’sirga ega ekanligi balki shundandir. Chunki ritorik gaplarning asosiy vazifasi tinglovchiga emotsional-ekspressiv ta’sir qilishdan iboratdir. Bu orqali esa tilning ta’sir qilish funksiyasi bajariladi. She’riyatda esa qalb kechinmaari va pand-nasihatlar ana shu vosita orqali berilib, uning qiymati yanada oshadi. Quyidagi misolga diqqat qilamiz.

Download 152.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling