Topshiriq 34 Nazorat savollari va topshiriqlar


Download 15.17 Kb.
Sana16.06.2020
Hajmi15.17 Kb.
#119205
Bog'liq
topshiriq 34


Topshiriq 34

     Nazorat savollari va topshiriqlar:



1. Tinish belgilarining uslubiy vazifasi haqida gapiring.

Tinish belgilari yozma nutqda semantik-uslubiy vazifa bajaradi. Shuning uchun ham yozma matnda fikr aniq, ravon va tushunarli bo’lishi uchun ularni to’g’ri qo’yish kerak. Tinish belgilari yozuvda, asosan, sintaktik bo’linishni ko’rsatish va shu bilan birga, fikrni to’g’ri ifodalash uchun ishlatiladi. Shuningdek, tinish belgisidan his-hayajonni oshirish, ayrim so’zlarga yangi ottenka berish uchun ham foydalaniladi.

Har bir tinish belgisi o’ziga xos uslubiy vazifa bajaradi. Jumladan, vergul yozma nutqni ixcham shaklda ifodalashga yordam beradi. Chog’ishtiring: Buxoro shahrining Jo’ybor mahallasidagi 20-uy. Buxoro shahar, Jo’ybor mahalla, 20-uy. Ikkinchi gapdagi vergullar birinchi gapdagi -ning, -dagi shakllari o’rnida kelib, uslubiy ixchamlikni hosil qilgan.

2. Vergulning uslubiy ahamiyatini misollar asosida tushuntirib bering.

Vergul gap bo’laklari bilan grammatik jihatdan bog’lanmaydigan bo’laklar (undalma, kirishlar, kiritmalar)ni hamda izohlanma bo’laklarni ajratadi. Bunday paytda u so’zlovchining munosabatini, uning hayajonini to’laroq ifodalash va tushunishga yordam beradi. Xuddi shu o’rinda tire yoki qavs bilan sinonimlik hosil qila oladi.

Vergulni o’z o’rnida ishlatmaslik mantiqiy xatoga, nutq g’alizligiga, uslubiy to’mtoqlikka olib keladi: qir-adirda lola gullar ochildi gapida “lola” so’zidan keyin vergul qo’yilsa, loladan tashqari, boshqa gullar ham ochilganligi anglashiladi. Yoki: Ey tabib, qo’y, boqma dardim bedavolardan biri (Muqimiy) gapida “qo’y” so’zidan keyingi vergul tushirib qoldirilsa, mazmun tamoman o’zgarib, uslubiy g’alizlik hosil bo’ladi.

Vergul gapning ma’nosiga, shuningdek, tuzilishiga ham ta’sir qilishi mumkin. Chog’ishtiring: Sadriddin, ketdi. Bu gap orqali muallif Sadriddinga kimningdir ketganligini xabar qilyapti (Sadriddin - undalma vazifasida). Agar bu gapda vergul qo’llanmasa, Sadriddin ketdi, ya’ni Sadriddining o’zi haqida xabar berilib, ikki bosh bo’lakli gap hosil bo’ladi. Yana chog’ishtiring: Sobir, kutubxonachi shu yerda. Sobir - kutubxonachi shu yerda. Birinchi gapda ikki kishi, ikkinchi gapda esa bir kishi haqida so’z boradi.

3. Tirening uslubiy roli va ahamiyati qanday?

Tinish belgilaridan tirening uslubiy roli ham katta. Bu belgi badiiy va so’zlashuv uslubida ko’p uchraydi. Matnda ixchamlik uchun grammatik shakllar o’rnida ishlatiladi: To’g’ri bo’l - bexavotir bo’lasan gapida tire -sang shakli o’rnida ishlatilgan.

Makon, zamon va miqdor chegarasini bildiruvchi ikki yoki undan ortiq so’z birikmasi orasida ishlatilgan tire “...dan ...gacha” grammatik shakllari vazifasini bajaradi va nutqiy ixchamlikni yuzaga keltiradi: Samarqand - Buxoro avtobus yo’li 280 km. 70-80 yillar she’riyati. Yaxshi oshini yer, yomon - boshini maqolida esa tire sintaktik-uslubiy vazifa bajargan. Tire “yer” so’zi o’rnida kelib, so’z takroridan qutulingan.

She’riy talab bilan gap bo’laklari bir-biridan uzilib qolsa, ular o’rtasidagi munosabatni tenglashtirish, turli his-tuyg’u va modal ottenkalarni ifodalashda tiredan foydalaniladi: O’zbekiston bir nomi jannat - Bog’larida orom olar jon. (H.O.) Ayrim o’rinlarda tire ma’qullash, ayirib ko’rsatish kabi uslubiy vazifa ham bajaradi:

Do’stlik - bu muhabbat yanglig’ farahkim,

Bilgay u na hadni va na dovonni. (A.O.)

4. Qavs, nuqtali vergul, ikki nuqta kabilarning uslubiy ahamiyatini misollar asosida tushuntirib bering.

Qo’shtirnoq chegaralovchi tinish belgilaridan biri bo’lib, matnni ma’lum jihatdan chegaralash uchun xizmat qiladi. Bu tinish belgisi vositasida matnni tez tushunish uchun uslubiy qulaylik yaratiladi. Ko’chirma gaplarni muallif gapidan ajratib turadi. Shuning uchun ham bu belgi, asosan, ko’chirma gapli konstruksiyalarda ishlatiladi: “Mehmonning kelishi o’z ixtiyorida, ketishi mezbon ixtiyorida”, deganlar, - dedi Fotima. (S.A.)

Qo’shtirnoq biror so’zning ko’chma ma’nodaligini yoki uning qochirim, kinoya maqsadida ishlatilganligini ko’rsatish uchun ham ishlatiladi.”Aziz” mehmon keldimi?

Tinish belgilaridan qavs, nuqtali vergul, ikki nuqta kabilar nutqni ixchamlash uchun e’lon va reklamalarda, turli dasturamal yozuvlarida uslubiy vazifa bajaradi.
Download 15.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling