O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston davlat jahon tillari universiteti


Download 152.48 Kb.
bet8/17
Sana17.06.2023
Hajmi152.48 Kb.
#1525322
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
disertatsiya new april ZZZ

Sukunatni yana otaning tovushi buzdi.

  • Hech narsa deyolmaysan! Qaysi yuz bilan gapirasan?! Sendaylardan tug‘ilmaslaringdan oldin voz kechish kerak edi. Lekin, afsus, sizlar tug‘ildilaring, unib-o‘sdilaring, so‘ng unib-o‘sgan yerlaringga tupurdilaring, unib-o‘stirgan odamlarni ....dilaring. Yana ko‘kraklaringga mushtlab “xalqparvarmiz, ... parvarmiz”deb da'vo qildilaring.

3 Abdulla Qahhor., Tanlangan asarlar 3-jild., Mayiz yemagan xotin. – T.: Yangi asr avlodi., 2015, 15-b.

Bu misolda esa ritorik so‘roq gap orqali yashirin inkor ma’nosi anglashilmoqda, ya’ni “endi gapira olmaysan” ma’nosi aynan ritorik gap vositaida berilmoqda.



  • men-chi, men charchamadimmi? - cholning tovushi zorlanib chiqdi. - menga osonmi?!

Bu misolda esa “men ham charchadim, menga ham oson emas” ham yashirin tasdiq, ham yashirin inkor ma’nolari berilmoqda. Ritorik so‘roq gapning bunday mazmunni ifodalashi quyidagi misollarda ham kuzatiladi.
Muhabbat chuqur xo‘rsindi:
Kuyi shunday bo‘lsa g‘amning o‘ziga qanday chiday olgan ekan odamzot?! bu misol “Choli iroq” hikoyasidan olingan bo‘lib, unda Abdulla Oripovning “Munojot” she’ridagi ritorik gap shunday qahramon nutqiga olib o‘tilgan. Bu gapda ham taajjub, kuchli hayajon yashiringanini bilishimiz mumkin.
Nima, men o‘lik ilonni ko‘rmaganmanmi? –dedi Rustam. bu gap esa ham g‘azab, ham tasdiq ma’nosidagi men o‘lik ilonni ko‘rganman degan mazmunni ifodalamoqda.
Polvon bo‘g‘ilibroq kuldi. O‘zining ne alfozda kelayotganini o‘yladi: yelkalari qisiq, qaddi bukik, bo‘yning musht tusharini kutgandek. Uyat, uyat ne kunlarga qo‘yding, xatcha? Sendan shuni kutib edimmi, xatcha? Ko‘rgan birov nima deb o‘ylaydi, enag‘ar xatcha?! Yer bilan bitta qilding-ku!.. bu misollar esa Murod Muhammad Do‘stning “Dasht-u dalalarda” hikoyasidan olingan parcha bo‘lib, unda hikoya qahramoni Polvon yolg‘izlik azobida o‘zi bilan muloqotga kirishgan va ritorik so‘roq gaplardan foydalanish uning ruhiyatini yanada jonliroq tasvirlash, to‘liqroq ochib berish uchun xizmat qilgan.
O‘qish shart emas. Darrov esingga tushdi. O‘zing mug‘ombirlik qilyapsan.
Otasini o‘ldirgan, g‘am-anduhga to‘ldirgan kim ekan?! Biz emasmi?! Sen bu Yerda bizni nazarda tutmayapsanmi?!
Quyidagi misolda esa ritotik so‘roq gapning kuchli hayajonni ifodalagini kuzatishimiz mumkin.
Esingdami, ota? Yo tushmidi bu? Men, o‘sha mishiqi qizaloq bularning barini tush ko‘rganmidim?! O‘sha aravalar tushmidi, ota?!

  • bilmadim, qizim, bular mening esimda yo‘q... Hoynahoy sen tush ko‘rgan bo‘lsang kerak...

Siz esa bo‘shliqni to‘ldirish va aravaga nimadir yuklash uchun har qanday yovuzlikdan ham qaytmasdingiz. Shumi e’tiqod?! Men bu so‘zni ishlatmaym qo‘yganimga ham qirq yildan oshib ketdi. Bu so‘z shunchalik serjilo, jimjima, soxta, balandparvozki, eshitsam ko‘nglim ayniydi.

Download 152.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling