O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston davlat jahon tillari universiteti


II BOB Nasriy asarlarda ritorik so ‘roq gaplar


Download 152.48 Kb.
bet6/17
Sana17.06.2023
Hajmi152.48 Kb.
#1525322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
disertatsiya new april ZZZ

II BOB Nasriy asarlarda ritorik so ‘roq gaplar



2.1 Badiiy matnlarda ritorik so‘roq gaplar




Muloqot paytida, gapirayotganda yoki yozayotganda har doim yangidan matn yaratmaymiz. Ehtiyojimizga ko‘ra turli matn tiplaridan foydalanamiz. Ba’zan boshimizdan o‘tgan yoki o‘zimiz guvoh bo‘lgan voqеalarni kimgadir aytib bеramiz. Tinglovchiga notanish bo‘lgan biror kishi yoki joyni batafsil tasvirlab bеrishga harakat qilamiz. Ba’zan fikrimizni turli dalillar yordamida isbotlashga, izohlashga ehtiyoj sеzamiz. Yoxud kimgadir pand-nasihat qilamiz. Uni turli hayotiy voqеalar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan xulosa chiqarishini istaymiz. Muloqot maqsadimiz ba’zan qandaydir xabarni tinglovchiga yеtkazishga qaratilgan bo‘ladi. Ba’zan nimanidir so‘rashga ehtiyoj sezamiz. Shu bilan birga biror ishni qanday bajarish kеrakligi haqida tavsiyalar bеramiz yoki biror ishni qilmaslik haqida buyruq bеramiz. Maqsadimizga erishish uchun turli ko‘rsatma, ta’qiq va xitob jumlalaridan foydalanamiz. Insonlar o‘rtasidagi muloqot maqsadi va mazmuni shular bilangina chеgaralanib qolmaydi. Inson hissiyotlarini, tuyg‘ularini, hayajonlarini, azob va qayg‘ularini ifodalash, shu orqali tinglovchi yoki kitobxonni ta’sirlantirishni istaydi. Ana shunday hollarda ba’zan mubolag‘a ba’zan o‘xshatish – qiyoslash kabi tasviriy vositalardan foydalanamiz.Badiiy matnni tahlil qilish jarayonida fonеtik birliklarning estеtik xususiyatlariga ham alohida e’tiborni qaratish zarur. Shе’riy matnda nutq tovushlarining estеtik imkoniyatlari tеz va qulay idrok etiladi.
Ritorik so‘roq gaplar, oldingi bobda ko‘rib o‘tganimizdek, sof lingvistik hodisa sifatida so‘roq gaplarning javob talab qilmaydigan turi hisoblanadi. Ritorik so‘roq gaplar yashirin tasdiq, yashirin inkor, taajjub, tashvish, g‘amxo‘rlik, g‘azab, gumon, kuchli hayajon kabi ma’nolarni o‘zida mujassam etadi. Uning bu xususiyatidan badiiy adabiyotda yozuvchi va shoirlar mahorat bilan foydalanadilar. Bu orqali ular badiiy asarning (xoh u nazmiy, xoh nasriy asar bo‘lsin) estetik qiymatini oshirish, badiiy ta’sirchanligini oshirish kabi vazifalarni bajarishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yadilar. O‘zbek badiiy matnida ritorik so‘roq gaplar qo‘llanmagan birorta namunani topish amri mahol. Bu, ayniqsa, she’riy matnlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ammo nasriy matnlar ham bundan mustasno emas. Hikoya, qissa, roman kabi nasriy asar turlarida ritorik so‘roq gapning turli ma’nolari qo‘llanilib, asar qahramonining holati, xarakteri kabilarni yanada aniq ifodalash uchun foydalaniladi.
Quyida o‘zbek nasrida o‘z o‘rniga ega adiblarning asarlaridagi ritorik so‘roq gaplardan ba’zilarini tahlilga tortamiz.
-Ha, ho‘kizni uylariga eltib berilsinmi?! Axir, borilsin, arz qilinsin-da!
Fuqaroning arzga borishi arbobning izzati bo‘ladi!1
Bu misol Abdulla Qahhorning mashhur “O‘g‘ri” hikoyasidan olingan bo‘lib, unda ho‘kizini yo‘qotgan Qobil boboning uni so‘rab ellikboshiga borgani va ular o‘rtasidagi dialogdan parchadir. Berilgan parchadagi birinchi gap ritorik so‘roq gapga misol bo‘la oladi. Bu yerda ellikboshi Qobil boboga yo‘qolgan ho‘kizni amaldorlar o‘zlari topib uyingga olib borishi kerakmi degan savolni bermoqda. Ma’lumki, ritorik so‘roq gaplar javob talab qilmaydi, ularning javobi ichida bo‘ladi. Yuqoridagi gapda ham ho‘kizing hech qachon uyingga eltib berilmaydi,

1 Qurbonova M., Yo‘ldosheva M., Matn tilshunosligi. - T.: Universitet, 2014,80-b
2 Abdulla Qahhor., Tanlangan asarlar 3-jild., O‘g‘ri. – T.: Yangi asr avlodi., 2015, 8-b.
buning uchun o‘zing harakat qilishing darkor degan mazmun mujassam. Ritorik so‘roq gapning bu mazmunini undan keyin kelgan gaplar yanada aniqlashtiradi. Badiiy matnlarda, umuman, nutqning barcha ko‘rinishida ritorik so‘roq gaplardan oldin yoki keyin uning mazmun-mohiyatini aniqlashtiruvchi gaplar mavjud bo‘ladi. Bu qoida badiiy matnlarda ham amal qiladi.

Download 152.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling