O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston davlat jahon tillari universiteti


Download 152.48 Kb.
bet3/17
Sana17.06.2023
Hajmi152.48 Kb.
#1525322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
disertatsiya new april ZZZ

Ayting, kimning paymonasi to‘lmagan, Qiz bor — ota yot bag‘irda o‘lmagan. O‘g‘lim yo‘q deb o‘kinganlar johillar,
Hatto, payg‘ambarning o‘g‘li bo‘lmagan!.. Bilib ayting aytganda har so‘zingiz,
Qay o‘g‘ildan kamdir, ayting, qizingiz?!. 28
Berilgan banddagi birinchi gap ritorik so‘roq hisoblanadi. Ayting, kimning paymonasi to‘lmagan gapi shaklan inkor ma’nosini bildirmoqda, unda ritorik gapning belgilaridan bo‘lgan tinish belgisi ham yo‘q. Albatta, buning o‘ziga xos sabablari mavjud. She’riyat qoidalariga ko‘ra, muallif tinish belgilarini qo‘llashi yoki qo‘llamasligi ham mumkin. Bunday holatda ham mazmunan u so‘roqmi, oddiy so‘roq gapmi yoki buyruq, ritorik gapmi yoki darak ekanligi
matn mazmunidan anglashilaveradi. Bu misol ham xuddi shunday. Ya’ni undagi inkor aslida yashirin tasdiq ma’nosiga ega. “hammaning paymonasi to‘ladi” degan ma’no ritorik so‘roq gap ortidagi implitsit tasdqiqdir. E’tibor bersak, ritorik so‘roq gap tarkibida keladigan kim so‘roq olmoshi tasdiq yoki inkor ma’nosiga aylantirilganda hamma, hech kim kabi boshqa belgilash olmoshlari bilan almashadi. Buni ham ritorik gaplarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri sifatida baholashimiz mumkin. Yuqoridagi bandning oxirgi gapi ham ritorik so‘roq gapga misoldir. Qay o‘g‘ildan kamdir, ayting, qizingiz?!. Gapida “qizingiz hech qaysi o‘g‘ildam kam emas” degan mazmun va kuchli hayajon ifodalanganini ko‘rishimiz mumkin.
Tinchlik — shudir mening eng tansiq so‘zim, Ovutib yashayman o‘zimni-ku, o‘zim,
Ko‘zimga javdirar bir yashar qizim... Yigirmanchi asr, bu qanday gap axir?!29
Ritorik so‘roq gapning bu turida muallif yigirmanchi asrga nisbatan kuchli hayajon va g‘azab bilan murojaat qilmoqda. Bu ma’nolarni oldingi misralarda keltirilgan fikrlardan osongina ilg‘ab olish mumkin.
Bizning bo‘ston qayda bor, Shohimardon qayda bor, So‘lim surxon qayda bor? Samarqandnon qayda bor-a, O‘zbekiston qayda bor?!.
Bu band esa to‘lig‘icha ritorik so‘roq gaplardan tashkil topgan. Agar bu she’riy parchani oddiy nasriy gaplarga aylantirsak, quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Bizning bo‘ston hech qayerda yo‘q, Shohimardon hech qayerda yo‘q, So‘lim surxon hech qayerda yo‘q,
Samarqand non ham hech qayerda yo‘q, O‘zbekiston ham hech qayerda yo‘q.
Yuqorida kim so‘roq olmoshi ritorik so‘roq gapda faol qo‘llanilishini va u hamma, hech kim kabi belgilash olmoshlariga ishora qilishini aytgandik. Bu baytda esa qayerda olmoshining qisqargan shakli qayda so‘zi qo‘llangan va bu leksik vosita ham ritorik so‘roq gapni shakllantiruvchi asosiy vositalardan biri sanaladi. U esa bevosita hech qayer so‘ziga ishora qiladi va ritorik gap bu olmosh bilan yasalgan payti yashirin inkor ma’nosini anglatadi. Shoir bu she’rida ayni shu vositani qo‘llash orqali juda chiroyli matn yarata olganligini ko‘rish mumkin. Umuman olganda, tilning barcha imkoniyatlaridan foydalana olish, ularni o‘z o‘rnida qo‘llay olish ijodkorning mahorati va bilimi, dunyoqarashidan darak bersa, ikkinchi tomondan uning ijod namunalarini xalq uchun, kitobxon uchun manzur bo‘lishiga yo‘l ochadi. Ritorik gaplar ham tilimiz ma’no nozikliklarini o‘zida aks ettirishi va oddiy darak yoki so‘roq gaplardan ta’sirchanroqligi uchun ham badiiy matnlaarga o‘ziga xos joziba, shu bilan birga ularning qabul qilinishida katta ahamiyat kasb etadi.

Download 152.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling