O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Zulfiyaxonim ijodida ritorik-so’roq gaplar…………………………
Download 152.48 Kb.
|
disertatsiya new april ZZZ
2.2 Zulfiyaxonim ijodida ritorik-so’roq gaplar………………………….........
Badiiy adabiyotda nutq ta‘sirchanligini oshirish uchun ritorik so‘roq gaplarda keng foydalaniladi. Zulfiya she‘rlarida ham lirik qahramonlarning o‘ziga xos nutqlarini ochib berish uchun so‘roq gaplar keng qo‘llanilgan: Lekin qolganimda qalbim-la tanho, Tuyg’ular zoriga solganda quloq, O’zni zaif, chanqoq sezganda goho, Alamdan beraman javobsiz so’roq: Tirik ekan nega tashlab ketmading?(Sensiz.) Nahot umrimdagi sahargi zavqlar Tark etib izlayman sahardan najot? Birday emasmidi yil, fasl, vaqtlar, Nedir o’tib, nedir kelmaydi, nahot? (Sahar men bilan.) So‘roq olmoshlari yordamida ham so‘roq gaplar tuzilgan gaplar asarda ko‘plab uchraydigan shaxs va narsalar haqida fikr yuritilganda kim, nima olmoshlari qo‘llaniladi. Bugun senga to’lmish yetmish yosh, Yarmi bizdan qaylarda kechdi? O’ttiz besh bor gul ochib qiyg’och, O’ttiz besh bor o’riklar pishdi. (O‘riklar gullar. So‘roq gaplarning hamma turida o‘ziga xos intonatsiya bo‘ladi. Bu intonatsiya darak, undov, gaplarning intonatsiyasidan tamoman farqlanib turadi. Odatda, so‘roq gaplarda biror narsa, yoki uning belgisi, harakatining bajarilish o‘rni, payti, holati, sababi, maqsadi so‘raladi. So‘roq gaplarni tuzishda xizmat qilgan vositalar ayrim so‘roq gaplarda bo‘lmasligi ham mumkin. Bu xil so‘roq gap so‘roq intonatsiyasi yordami bilan tuzuladi. Baxtiyor sevgini kuylardi sozim, O’lim xanjariga tegdi-yu sindi. Hijron faryodiday sovuq ovozim, Nahot, lirikaning yolqini tindi? – mi so‘roq yuklamasi hosil qilingan ritorik so‘roq gaplar qahramon ichki kechinmalarini ifodalaydi: Faqat dilga oshno bo’lgan ajoyib damlar, Tuyg’ularning zid xohishi berganda alam, Ko’kraklarni to’ldirganda orom va ozor Baxtsizmidik? Nahot unut bo’lar o’sha dam? Ritorik so‘roq gaplarda turli ma‘nolar: kinoya, takid, norozilik, achinish, tanbeh, sevinch, kesatish kabilar ifodalanadi. Biz buni yuqoridagi ritorik so‘roq gaplar orqali ko‘rib chiqdik. Bundan tashqari, so‘roq gaplar so‘roq yo‘li bilan bildirilgan hayrat, taajjub, hayajon, buyruq, gumon kabi ma‘nolarni ham ifodalashi mumkin. Norozilik manosi: «Qani men kelganda kulib qarshilab, Qo’shig’i mavjlanib bir daryo oqqan? «Baxtim bormi deya, yakkash so’roqlab» Meni she‘rga o’rab suqlanib boqqan? O’rik gullariga to’nmaydi nega, Yelda hilpiratib jingala sochin? Nega men keltirgan sho’x nashidaga Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin? (Bahor keldi seni so‘rog‘lab.) 2. Hayratlanish ma‘nosi: Bolaning har dardi — tanning og’rig’i, Unga tikan kirsa og’rig’i sanda. Oh, onam! Ayting-chi, ona borlig’i Xuddi shundaymidi yaralgan ondan? Keltirilgan birinchi misolda xavotir, ikkinchi misolda hayajon, uchinchi misolda esa achinish kabi ma‘nolar ifodalangan. Badiiy adabiyotda nutqning ta‘sirchanligini oshirish uchun so‘zlovchining o‘ziga o‘zi savol berish usulidan keng foydalaniladi: Nahot shuncha ma‘sum, shunday pok Sevishmoqda alam bor shuncha? Bardosh bermas iroda, idrok, Tamoman lol aql, tushuncha. Tog’day bor deb bilgan yuragim Qush boshicha qolmadi chog’i? G’amni yengarman degan sarim Yana ortar alami, dog’i (Ne baloga etding mubtalo?) Ba‘zan so‘roq gaplar javobi bilan shunday birikib ketadiki, ularni so‘roq va javobga ajratish sun‘iylikka olib keladi. Masalan: Biz yig’ladik tepangda shu kun, Keldingmi, deb ko’tarmading bosh. Ayt-chi, sen-la baxtiyor onlar, Ko’rganmiding ko’zimda bir yosh? Bunday so‘roq gaplar badiiy nutqda juda ko‘p uchraydi. Ular fikrning aniq va ta‘sirchan bo‘lishiga xizmat qiladi. Ushbu so‘roq gap o‘z javobi bilan birikib ketgan va unda ham g‘azab, ham qo‘rquv, ham ta‘kid ma‘nolari uyg‘unlashib keladi. Ko‘rinib turibdiki, so‘roq gaplarning, ayniqsa, ritorik so‘roq gaplarning badiiy asarning emotsional-ekspressivligini oshirishdagi roli beqiyosdir. Iste‘dodli shoira Zulfiya o‘z she‘rlarida ritorik so‘roqdan unumli foydalana olgan. Shoira she‘rlaridagi ritorik so‘roqlar lirik qahramonning ichki kechinmalari-shodligi, iztiroblari; biron vaziyatga munosabati-norozilik, afsuslanish, hayratlanish kabilarni ifodalashga yordam bergan. Download 152.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling