O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston davlat jahon tillari universiteti


Download 152.48 Kb.
bet9/17
Sana17.06.2023
Hajmi152.48 Kb.
#1525322
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
disertatsiya new april ZZZ

Ehtimol, bu surat buzilgan va yovuzlashgan dunyodan men kabi bir mazmun, bir ma’no izlab o‘tgan odamning samarasiz umr haqidagi o‘kinchlaridir? Ehtimol, umr qal’asining buzilgan devorlari ichra tutab yotgan yurakning alamnok dudlaridir?! Kim biladi, shunday ham bo‘lishi mumkin-ku!
Qochib qayga boraman? Qayga boray?! Butun shahar uning nafsi bilan to‘lgan bo‘lsa, butun dunyo uning oyog‘i ostida yotgan bo‘lsa?! Qani najot?! Agar u bor bo‘lsa keltiring nahotki, qalbim ham uning asiriga aylangan bo‘lsa?! Qayda qoldi mening yostiqdoshim- osudalik?! Qayda qoldi, yo‘ldoshim va rafig‘im- xayol?! Qayda qoldi, kamarim-erkim?! Kim meni bunchalik dag‘allashtirdi?! Kim menga bu tutqunlik to‘nini kiydirdi?!
Quyidagi misolda esa ritorik so‘roq gapning kim so‘roq olmoshi vositasida hosil qilingan eng yaxshi namunasini ko‘rishimiz mumkin.

  • Nima qilamiz buyoqdan yurib?

  • Ovul bor, qatiq ichamiz. Qatiq... Qatiqdan kim yuz o‘giradi?

Bu gapda qahramon o‘z o‘ziga qatiqdan hech kim yuz o‘girmaydi degan inkor gapni ritorik so‘roq gap orqali ifodalagan. Onani kim sevmaydi, vatanni kim sevmaydi kabi bunday gaplar ritorik gapning eng keng tarqalgan turlari

hisoblanadi. Bunday gaplar aslida onani, vatanni hamma sevadi degan ma’nolarni kuchaytirib aytish uchun shakllantiriladi.


Oxiri Habibning ham achchig‘i chiqib ketdi: «nima, besh-o‘n kilo olma bilan hukumatning davlati kamayib qoldimi? Shu olma bilan biz o‘g‘ri bo‘lib qoldikmi? Odamlar yesin deb ekishgan-da! Qorovuli bo‘lsaki... Ah!»
Ushbu berilgan parchada esa : «nima, besh-o‘n kilo olma bilan hukumatning davlati kamayib qoldimi? Ritorik so‘roq gapi berilgan o‘lib, u orqali muallif besh o‘n kilo olma bilan hukumatning davlati kamayib qolmaydi degan teskari ma’no mujassam.
Men quloq solmadim. Piyoda yurib, eshagimni haydab ketdim. Dovonga chiqib oldim. O‘zimga endi juda alam qildi: «chiqib oldim-ku? O‘lmadim-ku? — deb o‘yladim. nega chidamadim? Nega hech kimdan so‘ramasdan olingan olmani og‘zimga soldim. Chidash mumkin ekan-ku?
Bu parchada esa asar qahramoni o‘ziga o‘zi ritorik gap orqali murojatt qilganini ko‘rishimiz mumkin.
Mana, Toshkent poytaxtimiz! dedim. u yerda yuz xil millat yashaydi.Biz—o‘zbek-ku?!

  • Xo‘sh? — dedi chol bosh ko‘tarmay.

  • A, bizni quchoq ochib kutib oladi! deb xitob qildim. Shunday deyishim kerak-da: bo‘lmasam Toshkentdan joy olish osonmi?

Berilgan kontekstda oxirgi gap ritorik so‘roq gapga misol bo‘la oladi. U -mi so‘roq yuklamasi orqali hosil qilingan bo‘lib, Toshkentdan joy olish oson emas degan ma’noni anglatmoqda.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling