O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston davlat jahon tillari universiteti


Download 152.48 Kb.
bet10/17
Sana17.06.2023
Hajmi152.48 Kb.
#1525322
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
disertatsiya new april ZZZ

Keldingmi yana? — dedi.

  • E, shu hovlining tagiga o‘t qo‘yib yuboraman! dedim. shusiz kunim o‘tmaydimi?

    Bu misolda esa shusiz ham kunim o‘tadi degan fikr, yashirin tasdiq ifodalangan.
    Yozuvchi Tog‘ay Murod ijodi ham o‘ziga xos va betakror. Uning asarlari tilining xalq tiliga yaqinligi, so‘zlashuv uslubining saqlanib qolinganligi uchun

    ulardan ritorik gaplarga misollarni istagancha toppish mumkin. Quyida uning asarlaridan olingan parchalardagi gaplarni tahlilga tortamiz.


    Shu, Bakirboyning Samarqandda o‘qiyotgan jonibek uli kelgan. Yaxshi olishi bor-da.
    O‘tgan yili kelganda sariosiyoni mom qilib edi.

    • Uning kelganini ko‘pchilik bilmaydi-ya? Ma’qul. Ayt, tom ustiga chiqib, o‘zini yashirib o‘tirsin.

    Hay.
    Bu parchada uning kelganini hech kim bilmaydi-ya ritorik so‘roq gap orqali javobi ham ichida tasdiq ma’no mujassamlashgan.

    • Ha, momoqizning oldiga, ha! dedi. senga shu gap kerakmidi?

    • E, bor, menga desa, oyog‘iga yiqil! Bu misolda esa senga shu gap kerakmidi? Ritorik gapi orqali g‘azab ma’nosi berilgan. Chunki unda qahramon holati yaqqol aks etib turibdi.

    • Bo‘ri, borma!

    • Nega hukm qilasan? Nima, hosilotmisan?!

    • Bo‘ri, meni jo‘ram desang bormaysan.

    Nima, hosilotmisan?! So‘rog‘i orqali ham jahl-g‘azab, ham yashirin inkor ma’nosi berilgan. Chunki bu gapdan hosilot emassan degan mazmunni uqish mumkin.
    Men oshnamga ishonib edim, jonivor. U ishonchimni oyoqosti qildi. Qiyomatli oshnangdan shu ish kelgandan keyin o‘zgalardan nima umidu nima xayr?
    Hayda, jonivor, yo‘rtib-yo‘rtib hayda!
    Vo ajab, bu qanday dunyo bo‘ldi, jonivor?
    Bu kontekstda esa ritorik gap orqali taajjub ma’nosi berilgan.
    Hayda, jonivor, yo‘rtib-yo‘rtib hayda!
    Vo ajab, bu qanday dunyo bo‘ldi, jonivor?
    Tog‘ay Murod ijodida bunday misollar ko‘plab uchraydi. Chunki uning qahramonlari monologik nutqqa ega bo‘lib, o‘zi bilan o‘zi gaplashadigan
    vaziyatlar tasviri ko‘p. Shunday holatlarni tasvirlashda yozuvchi ritorik gaplardan unumli foydalanadi. Quyidagi parcha ham ayni shu fikrimizga dalil bo‘la oladi:
    Ushlagan barmoqlarim bo‘shashib ketyapti. Oyog‘imda darmon yo‘q.
    O‘pkam og‘zimga tiqilib qolyapti...
    Bu qanday ko‘rgilik bo‘ldi, otaginam? Yo... Qaridim-mi-a?..

    • Bo‘ri polvon! — dedi. — enangni qozi... Dodingni kimga aytasan, deydi! Yurt so‘raydigan raisi shul bo‘lgach, fuqaro dodini kimga aytadi?! Brigadiriga aytadi-da!

    • Hech bo‘lmasa ishton kiygizib qo‘yaylik, insonniyam shuncha xo‘rlaydimi? — dedi odamlar.

    • U inson emas! Ol, qo‘lingni! dedi mirob.

    Bo‘ri polvon o‘zi so‘rayin, dedi. Ammo so‘rashga tili bormadi, nima deb so‘raydi? “bizning onamiz qabriga siz marmar sag‘ana qo‘ydingizmi?”— deydimi? Marmar toshtaxtalarni qo‘porib-qo‘porib tashlamoqchi bo‘ldi. Marmar sag‘anani ilib-ilib otmoqchi bo‘ldi.
    Yo, alhazar! Qabristonga qo‘l tekkizib bo‘ladimi? Qabrni buzib bo‘ladimi?
    Berilgan bu misolda esa yashirin inkor, taajjub, kuchli hayajon ma’nolari umumlashgan ritorik gaplar keltirilgan. Qabristonga qo‘l tekkizib bo‘ladimi? Ritorik so‘roq gapi orqali unga qo‘l tekkizib bo‘lmaydi mazmuni, qabrni buzib bo‘ladimi? Ritorik so‘roq gapi vositasida esa qabrni buzib bo‘lmaydi, bu katta gunoh degan qo‘shimcha ma’noni ham anglash mumkin bo‘ladi. Bir ritorik gap orqali umumlashma ma’nolarni anglatish Tog‘ay Murod ijodining yana bir qirrasini, uning ona tilimiz imkoniyatlaridan mohirona foydalana olish mahorati yuksak degan xulosa qilish mumkin. Quyida ham uning ritorik gaplarning turli ma’nolarini ifodalab tuzgan dialoglaridan namunalar berilgan. Ularda ham so‘roq ganing bu turi o‘ziga xos vazifani, asar ta’sir kuchini oshirish, qahramon niyatini yanada aniqroq ifodalash kabilarni bajarganini ko‘rish mumkin.
    Bo‘ri polvon qo‘ynidan ro‘znoma bo‘laklarini olib, stolga qo‘ydi.
    Raykom aytdi deb, birovning qora kunini dunyoga do‘mbira qilib chala berar ekan-da? — dedi.
    Bu gapda ritorik so‘roq gap g‘azab, ajablanish ma’nolari qorishib kelganini bilishimiz mumkin. Chunki undan avval va keyin kelgan gaplar orqali bu mazmunlar yanada oydinlashganini ko‘rishimiz mumkin.

    • Ichlaring kir ekan! — dedi bo‘ri polvon. — enamiz poshikastani xudo yaratib edi, Xudoning o‘zi oldi-ketdi. Endi shuni butun dunyoga yoyish kerakmidi?

    Ajratilgan gapda esa –mi yuklamasi orqali endi buni dunyoga yoyish shart emas edi degan yashirin mazmun, ma’no mavjud.
    Ta’ziya bu, rais bova, ta’ziya.

    • Ta’ziya bo‘lsa, uyga boradi, gazetaga yozadimi? Yozaman desalaring, ana, xush-xushvaqt kunlarimdan yozinglar!

    Ta’ziya bu, rais bova, ta’ziya.
    Ta’ziya bo‘lsa, uyga boradi, gazetaga yozadimi? Yozaman desalaring, ana, xush-xushvaqt kunlarimdan yozinglar!

    • Yaxshi niyat qiling...— dedi.

    • Yaxshi niyat qilmay nima qilyapman?

    • Quruq niyatning o‘zi kifoya qilmaydi...

    Yuqoridagi ajratilgan gaplaar, ya’ni ritorik so‘roq gaplkarda ham yashirin tasdiq, g‘azab, kinoya, taajjub kabi ma’nolar ifodalanib, dialogik nutqda qahramonlar nutqining jonli chiqishiga va ta’sirchan bo‘lishiga xizmat qilgan. Bu gaplar orqali muallif o‘zi yaratayotgan obrazlarning fikrlarini ixcham, ta’sirchan tarzda berishga harakat qilgan.

    Ayrim ritorik soroq gaplardan so‘ng unga javob bo‘la oladigan gaplar ham keladi. Bunday gaplar ritorik so‘roq gaplarga aynan javob tarzida bo‘lmasa-da, mazmunan ularning yakuni ekanligi bilinib turadi. Masalan:


    Menga senday bo’la olur kim? Sen hayotim, seni ko’rarkan, Dilda behad jo’shadi mehrim.
    Badiiy asarlarda yozuvchilar o‘z badiiy niyatini kitobxonga yetkazish
    maqsadida ritorik so‘roq gaplardan ketma-ket ravishda foydalanadilar. Masalan:

    Nega sevmay, erkalab o’pmay, Nechun demay uni hayotim?


    Nega demay ko’zimning nuri, So’zlaganda qandim, novvotim? (Farzand)
    Misollar tahlilidan nega olmoshli so’roq-inkor xarakteridagi gapning ichki
    tuzilishida darak-tasdiq axboroti ifodalanishi mumkinligi ham ayon bo’ldi.
    Ritorik so’roq gap tarkibidagi nima olmoshi darak-tasdiq xarakteridagi yashirin axborotda hamma narsa leksik birligiga muvofiq kelishi mumkinligi ham kuzatiladi. Masalan:
    U bor yerda qayg’u va hasrat Hayotingga begona ekan.
    Qani ayting, farzanddan qimmat
    Bu dunyoda nima bor ekan?
    O... farzandim, ko’zim nurisan,

    So‘roq gaplarning ikkinchi guruhida so‘zlovchi uchun uni qiziqtirgan fikrning biror elementi noma‘lum bo‘ladi. So‘zlovchi harakatini bajaruvchi shaxsni belgisi, o‘rni, payti, sababi, maqsadini bilishni istaydi. Bu vaqtda so‘zlovchi uchun noma‘lum bo‘lgan narsaning nomi gapda atalmasdan, unga ishora qilinadi, gap tarkibida so‘roq olmoshlari kiritiladi:


    Yashash sening haqqing dedim, Kechir, qoldim g’aflatda.
    Yo’q edi-ku bo’lmoq mahrum
    Bizning ilk munis ahdda? (Kechir qoldim g‘aflatda.)


    Download 152.48 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling