O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrobiologiya fakulteti agronomiya


ERITMALARNING QAYNASH VA MUZLASH TEMPERATURALARI. RAULNING IKKINCHI QONUNI


Download 0.78 Mb.
bet6/7
Sana24.11.2021
Hajmi0.78 Mb.
#176920
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5409268957192391540

ERITMALARNING QAYNASH VA MUZLASH TEMPERATURALARI. RAULNING IKKINCHI QONUNI. Kimyoda eritmaning muzlash shartlarini o’rganuvchi bo’lim krioskopiya deb, qaynash shartlarini o’rgnuvchi bo’lim esa ebulioskopiya deb ataladi. Har qanday suyuqlik bug’i bosimi qattiq fazaning bug’i bosimiga tenglashganda muzlay boshlaydi.

Suyuqlik bug’ining bosimi tashqi bosimga baravarlashganda qaynay boshlaydi. Toza suv 1000 С da qaynaydi, chunki bu temperaturada suv bug’ining bosimi tashqi atmosfera bosimiga tenglashadi; buni X.3-rasmdan ko’rish mumkin (AW egri chiziqdagi С nuqta ). Eritma bug’ining bosimi esa shu temperaturada atmosfera bosimidan past joylashadi (A1S egri chiziqdagi С1 nuqta). Eritmani qaynatish uchun temperaturani ko’tarish yo’li bilan uning bug’ bosimini atmosfera bosimiga tenglashtirish kerak (A1S egri chiziqdagi Д nukta), bu esa 1000 С dan yuqori temperaturada (t11 da) mavjud bo’ladi (t11 >1000C). SHunday qilib, eritma erituvchidan ko’ra yuqori temperaturada qaynaydi. Masalan, Н2SO4 ning 40 % li eritmasi 114 0С da , NaCI ning to’yingan eritmasi 108,8 0С da qaynaydi va hokazo. Raulning ikkinchi qonuni formulasi (X.13) dan foydalanib, erigan moddaning molekulyar massasi topiladi. Buning uchun eritma muzlash temperaturasining pasayishi yoki qaynash temperaturasining ko’tarilishi tajribada aniqlanadi. Bu usullarning birinchisi – krioskopik usul ikkinchisi – ebulioskopik usul deb yuritiladi. Muzlash va qaynash temperaturasini aniq ulchash uchun E.Bekman kashf etgan maxsus aniqligi katta bo’lgan termometrdan foydalaniladi.



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling