O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O’zbekiston davlat konservatoriyasi
Download 0.52 Mb.
|
Курсавой
Concerti grossi op.3 va op.6 qayd etiladi. Bu katta xajmli asarlar kо‘pincha beshda qismdan iborat bо‘lib (ba’zida to’rt va olti qismli, xatto sakkiz qismli asarlar ham uchraydi). Agar I.S. Bax konsert turkumining ma’lum biri turini shakllantirgan bо‘lsa, Gendel uning tarkibiy qismlari erkin talqin qilishga imkon beradi va kо‘p holatda sur’at (temp) simmetriyasi asosida keltiradi: tez – vazmin –tez.
Uning concerti grossilarida kо‘pincha syuitalardan о‘rin olgan raqs qismlar-polonez, menuet, myuzet, allemanda, jiga, sarabanda kiritilib, bu borada muallif konsert, syuita, sonatalarning qismlari orasida balki, katta farq kо‘rmaganidan dalolat beradi. Uning cholg‘u asarlarida tasdiqlangan qismlarning shakldagi ahamiyati, tarkibli davomiylik omiliga itoat qilish kuzatilmaydi. Demak, Gendelning cholg‘u musiqasi uchun kо‘proq syuitalik tafakkur turi hos bо‘lgan deb qayd etish mumkin. Gendelning cholg‘u musiqasining bosh kompozitsion tamoyili jumladan, concerti grossi kontrasti asosida tuzilgan: kirish qismning tantanali kayfiyati undagi polifonik rivojlov shiddati va kuychan lirika bilan uyg‘unlashadi. Ma’lumki Gendelning concerti grossilari XVIII asrning 30-yillarida mashhur bо‘lib ketadi. Biroq concerti grossi sо‘zi undan oldin italyan davr musiqa amaliyotida qо‘llab kelingan. Yangilikka hamisha shay bо‘lgan kompozitor u yashagan mamlakat, davr talabi qilgan musiqa extiyojlariga tezkorlik bilan javob izlashga harakat qiladi. Italiyada Korelli asarlari, jumladan, konsertlari uning e’tiborini jalb qildi. Gendelning Concerti grossi op.3 asari torli tarkib uchun mо‘ljallangan. Uni ikki goboy (yoki ikki fleyta) va basso continuo ijro etadi. Konsertlar or.6 – faqat torli va basso continuo, yakkaxon sifatida ikki skripka bosh о‘rinni egalaydi. Kо‘plab konsertlar fransuz va italyan turdagi uvertyuralar bilan ochiladi. Ularda albatta bir fugalashgan qism bо‘lib, aksariyat hollarda tez sur’atda keladi. Fugallashgan bо‘limlar uvertyuralarda ham uchraydi. Холопова В. Формы музыкальных произведений. Санкт-Петербург, «Лань», 1999 Холопов Ю. Концертная форма у И. С. Баха. В сб.: О музыке. Проблемы анализа. М., «Советский композитор», 1974 Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling