NAZORAT SAVOLLARI
1. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larining shakllanish
manbalari va sarflanish yo‘nalishlari haqida nimalarni bilasiz?
2. Budjet tashkilotlari tomonidan tejab qolingan Budjet mablag‘larining Budjet
tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilishining buxgalteriya hisobi
qanday yuritiladi?
3. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan
daromadlarning buxgalteriya hisobi qanday yuritiladi?
4. Vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini
ijaraga berishdan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan berilgan
homiylik (beg‘araz) yordam hisobidan kelib tushgan tushumlarning
buxgalteriya hisobi qanday yuritiladi?
5. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari sarflanishining
buxgalteriya hisobi qanday yuritiladi?
6. Tashkilotda xodimlar sonining to‘ldirilmaganligi natijasida bo‘shab qolgan
mablag‘lari nima maqsadda ishlatiladi?
7. Tejab qolingan mablag‘larning o‘tkazilishi buxgalteriya hisobida qanday
amalga oshiriladi?
8. Sarf-xarajatlarni tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tannarxiga olib borish
buxgalteriya hisobida qanday amalga oshiriladi?
9. Tuzilgan ijara shartnomasida belgilangan summaning har oyga (chorakka)
to‘g‘ri keladigan ulushi (Budjet tashkilotining ulushiga) summasi buxgalteriya
hisobida qanday aks ettiriladi?
10. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini to‘lash bo‘yicha operatsiyalar
buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi?
148
NAZORAT TESTLARI
1. Vaqtinchalik foydalanilmayotgan bino ijaraga berilganda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 414-sonli buyrug‘i talablari
bo‘yicha hisoblangan ijara to‘lovi summasiga qanday buxgalteriya
Do'stlaringiz bilan baham: |