O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


Download 3.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/164
Sana05.09.2023
Hajmi3.2 Mb.
#1673159
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   164
Bog'liq
Бухгалтерия ҳисоби ва солиққа тортиш Ўрмон1

Xarajatlar smetasi - tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun 
tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo‘lib, unda tashkilotlar uchun xarajatlar 
moddalari bo‘yicha ko‘zda tutilgan Budjetdan ajratilgan mablag‘lar (xarajatlar 
rejasi) aks ettiriladi. 
Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta - tashkilotlar tomonidan 
joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo‘lib, unda tashkil 
bo‘lish manbalari va ushbu mablag‘larning qonunchilikka muvofiq foydalanish 
yo‘nalishlari ko‘rsatilgan holda Budjetdan tashqari daromadlar tushumlarining 
prognoz hajmlari aks ettiriladi. 
Xarajatlar moddasi - Budjet tasnifining qismi bo‘lib, Davlat Budjeti 
xarajatlarining iqtisodiy tayinlanishi va to‘lovlarni aniq turlarini ifodalaydi. 


59 
Vaqtinchalik xarajatlar smetasi - tashkilotlarning xarajatlar smetasi 
tasdiqlangunga va ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar amal qiluvchi hujjat bo‘lib, unda 
Budjet tashkilotlari uchun ko‘zda tutilgan, qonunchilikka o‘zgartirishlarni hisobga 
olgan holda, har oyda avvalgi moliya yilining oxirgi choragidagi Budjetdan 
ajratiladigan mablag‘larning uchdan bir qismidan ortiq bo‘lmagan miqdorlardagi 
Budjetdan ajratilgan mablag‘lar (xarajatlar rejasi) aks ettiriladi. 
Budjet tashkilotlarining Budjetdan tashqari mablag‘lari - qonunchilikda 
nazarda tutilgan Budjetdan tashqari manbalar hisobidan tashkilotlar ixtiyoriga 
kelib tushadigan mablag‘lar. 
 
5.1-mashq. Xarajatlar smetasining xarajat moddalari tarkibi 
 
Topshiriq: Yuqorida berilgan chizmaga xarajatlar smetasining xarajat moddalari 
tarkibini yozing va ularni izohlab bering. 
5.2-mashq. O‘rmon xo‘jaligi tashkilotida shtatlar jadvalini tuzish 
 
O‘rmon xo‘jaligi tashkilotida shartli ravishda jami 2017 yil 1 yanvar 
holatiga 75 nafar ishchi-xodim shtati mavjud. Shundan, 1 nafar rahbar, 2 nafar 
rahbar muovini, 18 ta o‘rmon mutaxassisi, 7 ta bo‘lim boshlig‘i, 2 nafar qorovul, 3 
nafar farrosh hamda 42 nafar o‘rmonchi - ishchi ishlaydi. Ularning razryadlari 
quyidagicha: 

Download 3.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling