102
9.1-mashq. O‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari hisobvaraqlaridagi Budjet
mablag‘lari hisobi
9.1.1. Toshkent viloyati o‘rmon xo‘jaligi tashkiloti
hisobot yili boshida balans
moddalari bo‘yicha qoldiqlari quyidagicha:
Boshqa Budjetdan tashqari mablag‘lari 3871750 ming so‘m, mol yetkazib
beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar 1687550 ming so‘m, noturar joy
imoratlar 1332500 ming so‘m, qurilish materiallari 373500 ming so‘m, noturar
joy imoratlarining eskirishi 15438 ming so‘m, mashina va jihozlarning eskirishi
41767 ming so‘m, mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar 144205
ming so‘m, boshqa Budjetdan tashqari daromadlar 9610940 ming so‘m,
inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar 79700 ming so‘m,
mashina va jihozlar 151500 ming so‘m, oziq-ovqat mahsulotlari 1228000 ming
so‘m, Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar 150000 ming
so‘m, inventar va xo‘jalik jihozlari 531250 ming so‘m, yagona ijtimoiy to‘lov
bo‘yicha hisob-kitoblar 166500 ming so‘m, Budjetga to‘lovlar bo‘yicha Budjet
bilan hisob-kitoblar 155400 ming so‘m, mashina va jihozlarning ehtiyot qismlari
952500 ming so‘m, dori-darmonlar va yarani bog‘lash vositalari 465150 ming
so‘m, yonilg‘i, yoqilg‘i-moylash materiallari 391000 ming so‘m, ma’muriy
xarajatlar 20000 ming so‘m, tayyor mahsulotlar 1878500 ming so‘m, boshqa
daromadlar bo‘yicha haqiqiy xarajatlar 190850 ming so‘m, boshqa tovar-moddiy
zaxiralar 640000 ming so‘m, tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar 25000 ming
so‘mni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: