O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti
Download 3.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Бухгалтерия ҳисоби ва солиққа тортиш Ўрмон1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqsimlanmagan foyda
- Maqsadli tushumlar
Tayanch tushunchalar va iboralar:
Yakuniy moliyaviy natija - bu Budjet tashkilotining hisobot yili yakunida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi bo‘yicha daromadlar bilan haqiqiy xarajatlar o‘rtasida yuzaga keladigan farqidir. Taqsimlanmagan foyda foydaning jamg‘arilayotganini ifodalaydi va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav samoyaiga qo‘shilishi mumkin. Operatsiya faoliyati - xo‘jalik yurituvchi sub’ektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek sub’ektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati. Nazorat – rejalashtirilgan ishlarning haqiqatan amalga oshirilishini kuzatib borish bo‘yicha ishlar majmuini o‘z ichiga oladi. Bunday vaziyatda buxgalterdan haqiqiy xarajatlar va daromadlarni reja ko‘rsatkichlari bilan solishtirishni o‘z ichiga olgan axborotlar talab qilinadi. Maqsadli tushumlar – maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan va qaytarib berilmaydigan maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari va boshqa tushumlar. Yig‘ma hujjatlar - to‘ldirilgan bir qancha dastlabki hujjatlar asosida tuziladigan hujjatlarga aytiladi. Buxgalteriya hisobi schotlari – bu xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari va xo‘jalik jarayonlarini nazorat qilish va boshqarish uchun zarur axborotlarga ega bo‘lish maqsadida, ularni dastlabki hujjatlar ma’lumotlariga asosan joriy tartibda hisobga olish, guruhlash va bir tizimga keltirish usulidir. Moliya yili deganda esa birinchi yanvardan o‘ttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oluvchi davr tushuniladi. 152 14.1-mashq. O‘rmon xo‘jaligi tashkilotlarining joriy yilga yakuniy moliyaviy natijalar hisobi bilan bog‘liq hisob-kitoblar hisobi 14.1.1. Toshkent viloyati o‘rmon xo‘jaligi tashkiloti hisobot yili boshida balans moddalari bo‘yicha qoldiqlari quyidagicha: Boshqa Budjetdan tashqari mablag‘lari 11636750 ming so‘m, noturar joy imoratlar 1332500 ming so‘m, Budjet mablag‘lari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar 47142000 ming so‘m, qurilish materiallari 538500 ming so‘m, transport vositalari 37400000 ming so‘m, noturar joy imoratlarining eskirishi 15438 ming so‘m, mashina va jihozlarning eskirishi 41767 ming so‘m, Budjetdan moliyalashtirish 12560000 ming so‘m, mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar 33365980 ming so‘m, boshqa Budjetdan tashqari daromadlar 27777390 ming so‘m Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar 18500000 ming so‘m, mashina va jihozlar 126500 ming so‘m, oziq-ovqat mahsulotlari 759500 ming so‘m, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha daromadlar 20000000 ming so‘m, inventar va xo‘jalik jihozlari 632900 ming so‘m, mashina va jihozlarning ehtiyot qismlari 618500 ming so‘m, dori-darmonlar va yarani bog‘lash vositalari 465150 ming so‘m, yonilg‘i, yoqilg‘i-moylash materiallari 277500 ming so‘m, tayyor mahsulotlar 250 ming so‘m, boshqa daromadlar bo‘yicha haqiqiy xarajatlar 215850 ming so‘m, boshqa tovar-moddiy zaxiralar 40000 ming so‘m, tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan Budjet mablag‘lari 2424675 ming so‘m, valyuta hisobvarag‘i 17656250 ming so‘m, akkreditiv 59750000 ming so‘m, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar 25600000 ming so‘m, o‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar 22343750 ming so‘m, sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar 1600000 ming so‘m, yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob- kitoblar 7860000 ming so‘m, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari 20000000 ming so‘mni tashkil etadi. Download 3.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling