O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


 O‘rmon xo‘jaligi tashkilotlarida D-t 160, 163, 169 K-t 285 buxgalteriya


Download 3.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/164
Sana05.09.2023
Hajmi3.2 Mb.
#1673159
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   164
Bog'liq
Бухгалтерия ҳисоби ва солиққа тортиш Ўрмон1

10. O‘rmon xo‘jaligi tashkilotlarida D-t 160, 163, 169 K-t 285 buxgalteriya 
provodkasi qanday hollarda tuziladi? 
A) soliq imtiyozlari berilganda 
B) soliq imtiyozlari berilmaganda 
C) soliq majburiyatlari hisoblanganda 
D) soliq majburiyatlari to‘lab berilganda 


158 
XV BOB. O‘RMON XO‘JALIKLARIDA MOLIYAVIY HISOBOTLAR, 
ULARNI TUZISH, TASDIQLASH HAMDA TAQDIM QILISH TARTIBI 
 
Mavzuning maqsadi: o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlarida buxgalteriya 
hisobotlarining asosiy shakllari va ko‘rsatkichlari, Budjet tashkilotlari 
korxonalarining umumiqtisodiy va moliyaviy holatini baholashda balans 
ma’lumotlaridan foydalanish, hisob va hisobotni tashkil etishni takomillashtirishga 
oid normativ-huquqiy hujjatlar, hisobotlarni tuzish, tasdiqlash va taqdim qilish 
muddatlari hamda uni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, yillik 
hisobotni tuzishga tayyorgarlik ishlari, buxgalteriya hisobotining tarkibi, 
buxgalteriya balansi (1-shakl), Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-
shakl), debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risida ma’lumot, Budjet tashkilotini 
rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida hisobot,, 
Boshqa Budjetdan tashqari mablag‘lar harakati bo‘yicha hisobot, Joriy yilning 
moliyaviy natijalari to‘g‘risida hisobot, Nomoliyaviy aktivlarning harakati 
to‘g‘risida hisobotlarni to‘ldirish hamda taqdim etish tartibi bo‘yicha tasavvur va 
bilimga ega bo‘lish, ko‘nikma va malaka shakllantirish 
 
Tayanch tushunchalar va iboralar: 
Moliyaviy hisobotlarni tuzishga qo‘yiladigan asosiy shartlar: 

hisobot davridagi barcha operatsiyalar hamda pul mablag‘lari, asosiy 
vositalar, moddiy boyliklarning inventarizatsiya qilinishi va hisob-kitoblar 
natijalarining to‘liq aks ettirilishi; 

analitik hisob ma’lumotlarining hisobot davrining birinchi sanasiga jami 
sintetik hisob yuritish hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlar bilan bir xil 
bo‘lishi, shuningdek moliyaviy hisobotlar ma’lumotlarining sintetik va analitik 
hisob ma’lumotlariga mosligi; 

moliyaviy hisobotlardagi tegishli yozuvlarni qayd etish uchun belgilangan 
tartibda rasmiylashtirilgan boshlang‘ich hujjatlarning asos bo‘lib xizmat qilishi. 


159 
O‘zbekiston Respublikasining respublika Budjetida turadigan tashkilotlar 
moliyaviy hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli 
buyruqlariga muvofiq o‘rnatilgan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligiga taqdim etadilar. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman 
(shahar)lar Budjetlarida turadigan tashkilotlar moliyaviy hisobotlarni tegishli 
vazirlik va idoralarga, hokimliklar boshqarmalariga (bo‘limlariga) ular tomonidan 
belgilangan, lekin qonunchilik bilan o‘rnatilgan muddatlardan kech bo‘lmagan 
muddatlarda taqdim etadilar. 

Download 3.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling