XVI BOB. SOLIQLARNING IQTISODIY MOHIYATI VA SOLIQ TIZIMI
Mavzuning
maqsadi:
O‘zbekiston Respublikasida amaldagi soliq
qonunchiligiga muvofiq soliqlarning iqtisodiy ahamiyati, soliq tizimining
xususiyatlari, amaldagi qonunchilikka muvofiq soliq turlari, o‘rmon xo‘jaligi
tashkilotlarida soliq munosabatlari, soliq munosabatlari jarayonida ishlatiladigan
soliq tizimi hujjatlari, soliq hisoboti shakllarining tarkibi, soliq hisoboti shakllarini
to‘ldirish tartibi bo‘yicha tasavvur va bilimga ega bo‘lish, ko‘nikma va malaka
shakllantirish
Tayanch tushunchalar va iboralar:
Soliqlar deganda - Soliq Kodeksida belgilangan, muayyan miqdorlarda
undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega
bo‘lgan, Budjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi.
Boshqa majburiy to‘lovlar deganda – Soliq Kodeksida belgilangan davlat
maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari, bojxona to‘lovlari, shuningdek
vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik
harakatlarni to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan
huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun
to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar, davlat boji tushuniladi.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi - soliq solishning ayrim toifadagi
soliq to‘lovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim turdagi soliqlarni hisoblab
chiqarish va to‘lashning, shuningdek ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim
etishning maxsus qoidalari qo‘llanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibiga
aytiladi.
Soliq to‘lovchining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga
keladigan majburiyati soliq majburiyati deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |