O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


XVIII BOB. JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD


Download 3.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/164
Sana05.09.2023
Hajmi3.2 Mb.
#1673159
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   164
Bog'liq
Бухгалтерия ҳисоби ва солиққа тортиш Ўрмон1

XVIII BOB. JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD 
SOLIG‘I, BOSHQA SOLIQLAR VA TO‘LOVLAR 
 
Mavzuning maqsadi: jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining 
ahamiyati, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilar, jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq solish ob’ekti va soliq 
solinadigan bazasi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblash 
tartibi va imtiyozlari, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq 
stavkalari, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisobot shakllariga 
to‘ldirib taqdim etish tartibi bo‘yicha tasavvur va bilimga ega bo‘lish, ko‘nikma va 
malaka shakllantirish 
Tayanch tushunchalar va iboralar: 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari, shuningdek 
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jismoniy shaxslar deb e’tirof etiladi. 
Soliq qarzini majburiy undirish choralari jismoniy shaxslarga nisbatan 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud hujjatlari asosida sud ijrochilari 
tomonidan qo‘llaniladi. 
Soliq to‘lovchini hisobga qo‘yishda jismoniy shaxslar - O‘zbekiston 
Respublikasining rezidentlari jismoniy shaxsning yashash joyidagi davlat soliq 
xizmati organida hisobga qo‘yiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reestridan 
chiqarish quyidagicha amalga oshiriladi: 
jismoniy shaxslar - O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari - ular vafot 
etganidan keyin, basharti soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash 
majburiyati ularning merosxo‘rlari tomonidan to‘liq uzilgan yoki soliq qarzi 
belgilangan tartibda hisobdan chiqarilgan bo‘lsa. 
Soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan davlat soliq xizmati organi mansabdor 
shaxslarining qonunda belgilangan hollardan yoki sud qarori asosida amalga 
oshiriladigan hollardan boshqa hollarda turar joylarga ularda yashovchi jismoniy 


181 
shaxslarning xohish-irodasidan tashqari yoki unga qarshi tarzda kirishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Soliq tekshiruvining natijasidan manfaatdor bo‘lmagan har qanday voyaga 
yetgan jismoniy shaxslar xolislar sifatida jalb etilishi mumkin. 

Download 3.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling