177
NAZORAT SAVOLLARI
1.
Soliq to‘g‘risida qanday qonun hujjatlari mavjud?
2.
Soliq agentlari deganda kimlarni tushunasiz?
3.
Notijorat tashkilotlar qanday tashkilotlar va ularga misollar keltiring?
4.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning qanday elementlari mavjud?
5.
Soliq munosabatlari sub’ektlarining huquq va
majburiyatlari nimalardan
iborat?
6.
Yuridik shaxs tugatilganda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash
tartibi qanday amalga oshiriladi?
7.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning ortiqcha to‘langan
summalarini
hisobga olish hamda qaytarib berish qanday amalga oshiriladi?
8.
Soliq qarzini majburiy undirish choralari qachon
va kim tomonidan amalga
oshiriladi?
9.
Soliq nazoratining shakllari nimalardan iborat?
10. Soliq siri deganda nimani tushunasiz?
178
NAZORAT TESTLARI
1. Soliq nazoratining qaysi biri soliq to‘lovchining huzuriga bormasdan
davlat soliq xizmati organi joylashgan yerda amalga oshiriladi?
A) Kameral nazorat
B) Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji
C) Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanilishi
D) Aksiz to‘lanadigan ayrim turdagi tovarlarni tamg‘alash
2. Soliq qarzini to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan qancha muddatga
beriladi?
A) bir oydan olti oygacha
B) bir oydan yigirma to‘rt oygacha
C) bir oydan o‘n ikki oygacha
D) bir oydan o‘n sakkiz oygacha
Do'stlaringiz bilan baham: