O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


Bilvosita (egri) soliqlar tarkibiga qanday soliqlar kiradi?


Download 3.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/164
Sana05.09.2023
Hajmi3.2 Mb.
#1673159
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   164
Bog'liq
Бухгалтерия ҳисоби ва солиққа тортиш Ўрмон1

4. Bilvosita (egri) soliqlar tarkibiga qanday soliqlar kiradi? 
A) Qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, transport vositalariga benzin, dizel 
yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq hamda davlat bojlari
B) Qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun 
soliqlar va maxsus to‘lovlar hamda davlat bojlari 
C) Qo‘shilgan qiymat solig‘i, yagona yer solig‘i, transport vositalariga benzin, 
dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq hamda davlat bojlari
D) Aksiz solig‘i, Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar, 
transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun 
olinadigan soliq hamda davlat bojlari
5. Soliqqa tortish tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblangan soliq elementlari 
to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating? 
A) Soliq to‘lovchi, Soliq solish ob’ekti, soliq solinadigan baza, soliq stavkasi
soliqni hisoblab chiqarish tartibi, soliq davri, hisobot davri, soliqni to‘lash 
tartibi, soliq imtiyozlari 


173 
B) Soliq solish ob’ekti, soliq solinadigan baza, soliq stavkasi, soliqni hisoblab 
chiqarish tartibi, soliq davri, soliq hisobotini taqdim etish tartibi, soliqni to‘lash 
tartibi, soliq imtiyozlari 
C) Soliq solish ob’ekti, soliq solinadigan baza, soliq stavkasi, soliqni hisoblab 
chiqarish tartibi, soliq davri, hisobot davri, soliq hisobotini taqdim etish tartibi, 
soliq imtiyozlari 
D) Soliq to‘lovchi, soliq agenti, soliq solish ob’ekti, soliq solinadigan baza, soliq 
stavkasi, soliqni hisoblab chiqarish tartibi, hisobot davri, soliqni to‘lash tartibi, 
soliq imtiyozlari 
6. Soliq to‘lovchidan soliq qarzini majburiy undirish choralariga nimalar 
kiradi? 
A) Soliq qarzini soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan so‘zsiz undirish
undiruvni soliq to‘lovchiga uning debitorlari o‘tkazishi lozim bo‘lgan 
summalarga qaratish, undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish 
B) Soliq qarzini soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan so‘zsiz undirish, 
undiruvni soliq to‘lovchiga uning kreditorlariga to‘lashi lozim bo‘lgan 
summalarga qaratish,
C) Soliq qarzini soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan so‘zsiz undirish, 
undiruvni soliq to‘lovchiga uning debitorlari o‘tkazishi lozim bo‘lgan 
summalarga qaratish,
D) Soliq qarzini soliq to‘lovchining sug‘urta kompaniyasidan oladigan sug‘urta 
mukofotiga qaratish, undiruvni soliq to‘lovchi tomonidan kreditorlariga 
to‘laydigan summalarga qaratish, undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga 
qaratish 

Download 3.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling