91
shartlarning barcha talablariga javob beradigan hamda texnika nazorati bo‘limi
tomonidan qabul qilingan yoki buyurtmachilarga topshirilgan mahsulotga aytiladi.
Ombordagi mahsulot deganda, ishlab
chiqarishning barcha ishlov
operatsiyalaridan o‘tib, texnika nazorati bo‘limi tomonidan omborga benuqson deb
qabul qilingan va asosan sotishga mo‘ljallangan tovar mahsuloti tushuniladi.
Jo‘natilgan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga yoki iste’molchilarga
jo‘natilgan, lekin uning uchun xaridorlar tomonidan hali puli to‘lanmagan yo‘ldagi
mahsulotga aytiladi.
8.1-mashq. O‘rmon xo‘jaligi tashkilotlarida ko‘chat yetishtirish hisobi
8.1.1. Toshkent viloyati o‘rmon xo‘jaligi tashkiloti hisobot yili boshida balans
moddalari bo‘yicha qoldiqlari quyidagicha:
Boshqa Budjetdan tashqari mablag‘lari 10043000 ming so‘m, mol yetkazib
beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar 297550 ming so‘m, noturar joy
imoratlar 1332500 ming so‘m, qurilish materiallari 27500 ming so‘m, noturar joy
imoratlarining eskirishi 15438 ming so‘m, mashina va jihozlarning eskirishi 16767
ming so‘m, mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar 1131000 ming
so‘m, boshqa Budjetdan tashqari daromadlar 9157190 ming so‘m, inventarizatsiya
natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar 79700 ming so‘m, mashina va jihozlar
151500 ming so‘m, oziq-ovqat mahsulotlari 1556500 ming so‘m, Budjetdan
tashqari pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar 752605 ming so‘m, inventar va
xo‘jalik jihozlari 996250 ming so‘m, yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar
1200000 ming so‘m, Budjetga to‘lovlar bo‘yicha Budjet bilan hisob-kitoblar
2500000 ming so‘m, mashina jihozlarning ehtiyot qismlari 952500 ming so‘m,
dori-darmonlar va yarani bog‘lash vositalari 10150 ming so‘m, yonilg‘i, yoqilg‘i-
moylash materiallari 6000 ming so‘m, ma’muriy xarajatlar 20000 ming so‘m,
tayyor mahsulotlar 52000 ming so‘m, boshqa daromadlar bo‘yicha haqiqiy
xarajatlar 2350 ming so‘mni tashkil etadi.
92
8.1.2. Sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari:
Do'stlaringiz bilan baham: