O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o`zbekiston tarixi


Download 1.98 Mb.
bet68/90
Sana28.10.2021
Hajmi1.98 Mb.
#169435
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   90
Bog'liq
d. Alimova

"Qosimovchilik" -1929-1930-yillarda milliy an'anaviy sud va huquq sohasidagi qadriyatlarni saqlab qolish tarafdorlari bo’lgan vatanparvar ruhdagi huquqshunos mutaxassislarni mustabid sovet tuzumiga majburan bo’ysundirish yo’lidagi (repressiya) qatag`onga qarshi harakat bo’ldi.

1929-yilda CTzSSR oliy sudining raisi Sa'dulla Qosimovning "qosimovchilik" deb nomlangan ishini ko`rib chiqish boshlanadi.

S.Qosimov, B.Sharipov, sudyalar M-Mirzokirov, L.Xo’jayev, sud idorasi xodimi Spiridonov ustidan 1930-yilning martida boshlangan sud jarayoni natijalari oldindan tayyorlangan yolg`onga aylantirilgan edi. Davlat va jamoat ayblovchilari S.Qosimov va maslakdoshlarining haqiqiy jinoiy ishlarini isbot qila olmadilar. Biroq, ularning Munavvar Qori Abdurashidxonov tomonidan tashkil etilgan "Turk odarni markaziyati" partiyasi bilan aloqalari, S.Qosimovning Sulton Segizboev va advokat Ubaydulla Xo’jayev (Asadullaxo’jayev), Yaponiyadagi Turkiston milliy qo`mitasining muxtor vakili (aslida bunday qo`mita bo`lmagan) Hasanxon Qori Karimov bilan do`stona munosabatda bо`lganligi va bir necha marotaba esga olindi. S.Qosimov va uning tarafdorlari "bosmachilar"ni qo`llab-quvvatlashda, "aksilinqilobchi millatchi tashkilotlar" a'zolari bilan aloqa bog`laganlikda, islom dinini himoya qilishda ayblandilar. Holbuki, S.Qosimov va B.Sharipov o’z xizmat vazifalarini bajarish vaqtida tub millat manfaatlarini imkoniyat doirasida himoya qilishgan edi. S.Qosimov tergov va sud jarayonida SSSR Oliy sudi tomonidan O’zbekistonning suverenlik huquqi va milliy manfaatlari poymol qilinayotganligini ochib tashlashdan cho`chimadi.

Davlat ayblovchisi Katanyan o’zining nutqida shunday deydi: "Spiridonov rus chorizmi tarafdori bo’Isa, Qosimov-turk chorizmi uchun kurashgan, Alimov-bosmachilarning do`sti, xususiy mulkchilik himoyachisidir. Shuning uchun ular eng oliy jazo-otuvga loyiqdirlar."



1930-yilning 22-iyunida hukm e'lon qilinadi. Ularning hammasi yot sinf manfaatlarini himoya qilganliklarida, Sharipov esa bosmachilarga faol yordam berganlikda ayblanadilar. Katanyan so’nggi sud jarayonida: "...adolatli qonun g`alaba qilsin va qon to`kilsin!" deb xitob qiladi. Qosimov va uning 3 tarafdori otib tashlanadilar.

Bu jarayonning asl mohiyati ko’zga ko’ringan mahalliy arboblarni tugatishga qaratilgan edi.

Minglab ziyolilar yo’q qilinishining cho`qqisi 1937-39-yillarga to’g’ri keldi. 1937-yil dekabr - 1938 yil yanvarida XKS va CTZ KP (b) MQning "O’zSSR Xalq Maorif Komissarligi tizimida ziyonchilik oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha chora-tadbirlar to’g`risida"gi qarori e'lon qilingandan so`ng, xalq talimining barcha sohalarida, ayniqsa mahalliy tilda dars beriladigan maktablar, pedagogik bilim yurtlari va institutlarida o`qituvchi kadrlar va talabalarni "tozalash" ishlari avj oldirib yuborildi.

Xalq ta'limi tizimidagi maorifparvar ziyolilarga qarshi olib borilgan quvg`in va qatag`onlarga "xalq dushmanlari, chet el josuslari"-A.Ikromov, F.Xo’jayev, L.Karimov va boshqalar o’zlarining Maorif komissarligidagi "odamlari"- Usmonov, Ro’ziyev, Sorokin, Kojuxovlar orqali xalq maorifiga katta ziyon yetkazishgan, degan bo`htonlar "asos" qilib olindi: "Ular turli choralar bilan o’zbek xalqini sotsialistik madaniyatning ilg`or vakili-buyuk rus xalqidan ajratmoqchi bo’ldilar, yoshlarni millatchilik bilan zaharlashga harakat qildilar... Ular bir totnondan, o’zbek maktablarida Lenin va Stalin asarlarini o`rganishga imkon beruvchi rus tili o`qitilishiga qarshilik ko’rsatib, ikkinchi tomondan, marksizm-leninizm klassiklarining asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilinishiga to`sqinlik qildilar.

Ayni paytda istiqlol va erk kuychilari, o’zbek xalqining mashhurl yozuvchilaridan Fitrat, Cho’lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir Stalin istibdodining begunoh qurboni bo’ldilar. 30-yillarda o’zbek adabiyotining Fitrat va Cho`lpon kabi "keksa" avlodi vakillarining erkin ijod etishiga yo'l qo`yilmadi. Fitrat 1938-yil 4-oktabrda sovet hokimiyatiga qarshil aksilinqilobiy, panturkistik ishlar olib borganlikda ayblanib, otib tashlanadi.

Cho`lpon 1932-yili F.Xo’jayevnmg maslahati bilan Moskvaga borib SSSR XKS va SSSR xalqlari markaziy nashriyotida tarjimon bo’lib xizmat qilayotganida, Toshkentda badriddinovchilar ustidan sud boshlanadi. "Badriddinovchilik"-(O’zbekistom SSR Oliy sudining prokurori Shamsutdin Badriddipov nomi bilan bog`liq ish. Sh.Badriddinovga "Milliy ittihod" tashkiloti a'zolari va bosmachilar bilan aloqa bog`lagan, Munavvar Qori va S.Qosimovning yaqin do`sti va ham fikri bо`lgan degan ayblar qo`yilgan Sh.Badriddinov va uning 5 tarafdori ustidan sud jarayoni 1932-yil 5-may-15 iyunda Toshkentda bo`lib o`tadi. Ana shu sudda fosh etuvchi nutq bilan so’zga chiqqan Olimov istnli guvoh Cho’lponning ham nomini g`ayrli niyatda tilga oladi. Bu uning 1937-yilda qamoqqa olinishiga sabab boladi. "Cho’lpon o’z oldiga sovet hokimiyatini qurol bilan ag`darib tashiash va O’zbekiston muzofotida burjua davlatini barpo etish maqsadini qo`ygan, aksilinqilobiy millatchilik tashkilot a'zosi bo’lgan..., sovet hokimiyatiga qarshi kurash uchun milliy kadrlar tayyorlagan..., tashkilotning topshirig` iga muvofiq aksilsho’roviy-milatchilik ruhidagi she'rlarni yozgan. Xorijiy razvedka organlarining ayg`oqchilari Shohid eson Musayev, Fitrat va qozi Olim Yunusov bilan doimiy aloqada bo’lgan..." degan soxta aybnomalar asosida sovetlarning jazo organlari tomonidan 1938 yil 4 oktabrda qatl etiladi.

O’zbek romanchiligining asoschisi - Abdulla Qodiriy 20-yillarda "O`tkan kunlar" dan keyin, "Mehrobdan chayon" asarlarini yaratib, O’zbek romanchiligini jahon madaniyati darajasiga olib chiqdi. Biroq, sovet rejinu uning "O’tkan kunlar" asari kitobxonlarni sovet voqeligidan uzoqlashtiradi va unda millatchilik qarashlari ochiq aks etgan deb tanqid ostiga olishadi va bu uning 1937-yilda qamoqqa olinishi uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Adabiyotimizning eng sara ai'boblari qatorida A.Qodiriy ham 1938-yil oktabrda otiladi.

Taniqli O’zbek shoiri, dramaturg va tarjimon Usmon Nosir o’zimni "Yurak", "Mehrim, "Norbo`ta, "Naxshon" va boshqa she'riy dostonlari bilan shuhrat qozongan. Shuningdek, u Dobrolubov, Lermontov asarlarini o’z tiliga tarjima qilgan. Usmon Nosir ham 1944-yilda sovet rejiminirtg begunoh qurboni bо`lgan.

O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, respublika NKVDsi "uchliklari tomdnidan 1937-39-yillarda 41 mingdan ziyod kishi qamoqqa olinib, ulardan 6 ming 920 tasi otib tashlangan edi.

Millatning ilg`or taraqqiyparvar ziyolilari qatag`on qilinishi oqibatida xalqimiz ularning noyob asarlarini o`qishdan uzoq vaqt mahrum bo’ldi.

Ma'lumki, sovet hukmronligi davrida din davlatdan ajratilgan, deb e'tirof etilgan, nomigagina vijdon erkinligi e'lon qilingan bo`lsa-da, aslida diniy e'tiqod goh oshkora, goh pinhona tarzda ta'qibu tazyiqqa olinar edi. Holbuki jamiyatsiz din, dinsiz jamiyat bo’lishi mumkin emas. Sovet tuzumida bunga mutlaqo e'tibor berilmas edi. Balki, iloji boricha, dinga, diniy tarbiyaga to’sqinlik ko’p bolib, jamiyatdan ularni siqib chiqarishga harakat qilingan. Sovetlarning e'tiqodi dahriylik edi.

30-yillar boshi dindor va e'tiqodli kishilarga zo`ravonlik va siyosiy qatag`onlikning cho`qqisi bo’ldi.

Hatto Alloh taoloning uyi hisoblanmish masjidlar xudosizlar uyiga, ateizm muzeyiga aylantirilgan. Ushbu siyosat oqibatida ko’plab qo`hna masjidlar uzoq vaqtgacha qarovsiz qolib ketdi, yangi masjidlar qurish to'g`risida esa hatto so’z bo’lishi mumkin emas edi. Bu davrda (O’zbekistondagi diniy ulamolarning asosiy qismi qamoq lagerlariga jo`natildi.

Inson huquqlari amalda poymol etildi. Qamoqxonalarda mahbuslar shafqatsiz jismoniy jazolarga mahkum etildilar.

20-30 yillardagi mustabid tuzumning qatag`onlik siyosati jiddiy va fojeali oqibatlarga olib keldi. Milliy ziyolilarning jismonan yo’q qilinishi oqibatida milliy madaniyat to'la-to’kis rivojlana olmadi. Millatning aql-idrokli kishilari mahv etilgach, hamma "yo’lboshchi"ning itoatkor quliga aylantirildi. Shunday qilib, har qanday o’zgacha fikrni kuch bilan bo`g`adigan, ommaviy o’zboshimchalik va zo`rlik bilan Vatanga sodiq necha o'n minglab kishilarni qirib tashlagan mustabid tartibot qaror topdi va kuchaya bordi.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling