O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o`zbekiston tarixi


-mavzu. Arair Temur va Temuriylar davrida O’zbek


Download 1.98 Mb.
bet44/90
Sana28.10.2021
Hajmi1.98 Mb.
#169435
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   90
Bog'liq
d. Alimova

10-mavzu. Arair Temur va Temuriylar davrida O’zbek davlatchiligi.

Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hfyoti. Amir Temurning markazlashgan davlat tuzish uchun kurashishi va harbiy yurishlari
Buyuk davlat arbobi va mahoratli sarkarda Amir Temur 13-aprelda (hijriy 736, sha'bon oyining 25 kunida) Keshga qora Ilg`or (hozirgi Yakkabog` rayoni) qishlag`ida barlos beklandan Tarag`ay ibn Barqal oilasida dunyoga keldi. Onasi Takinaxotun Keshning obro`li bekalaridan biri bо`lgan.

Amur Temurning bolaligi va o’spirinlik yillari Keshda o`tdi. Arabshoh, Rui Gonzales de Klavixo va boshqa larixshunoslar 1360 yilga qadar uning hayotini ayrira ma'lumotlar bilan izohlashadi.

1360-1361 yillarda Mo`g`uliston hukmdori hoqon Tug`luq Teb Movarounnahrning ichki hayotiga rahna sola boshlaydi.); bosqinchilik tadbirlari O’rta Osiyolik mustaqil hukmdorlarga ma'lum bо`lganidan keyin ular sarosimaga tushib qolganlar. Shular qatoriga Kesh amiri Hoji Barlosni ham kiritish mumkin. Tug`luq Temur Xo’jandnj ishg`ol etish niyatida Sirdaryodan O`tganidan so`ng Movaraunnahr amirlari va Hoji Barlos qo’rquvdan o’z jonlarini xalos etish uchun Amudaryodan o`tib Xurosonga ketib qoldilar.

1360-1370-yillarda Movaraunnahr siyosiy hayotida Amir Temur bilan bir qatorda ta'sir o`tkazgan shaxsiardan yana biri Amir Qozog`onning nabirasi amir Husayn edi. Balx va uning atrofidagi yer-mulklar uning tasarrufida edi. 1361-yilda Amir Temur amir Husaynga yaqinlashgan edi. Endi tkkala hukmdor birlashib, mo`g`ul xonlariga qarshilik ko’rsatish imkoniga ega bo’ldilar. Ma'lumki. Amir Temur mo'g'ul hokimiga qaram edi. Vaqti kelib, Movaraunnahmi boshqarishni Tug`luq Temur o"z o`g`li Ilyosxo’jaga topshirdi. Mustaqil bo`lishga harakat qilib yurgan Amir Temur yangi hukmdorga itoat etmadi. Buning oqibatida yangi ziddiyat yuzaga chiqdi. Amir Xusayn bilan Sohibqiron Temurning bir-birlari bilan juda yaqinlashgan va yaxshi munosabatda bо`lgan davrlar 1361-1365-yillarni o’z ichiga oladi.

Amir Temurning hayotida ro`y bergan va bir umrga unga tan jarohatini muhrlagan voqea 1362 yilda Seyistonda bo`lib o`tgan. Amir Temur jang vaqtida o’ng qo`lini tirsagidan va o`ng oyog`idan kamon o`qi tegishidan qattiq jarohatlanadi. Buning oqibatida u bir umr oqsoqlanib yuradi. Shu bois undan dahshatga tushgan dushmanlari Amir Temurni hasad bilan "Temurlang" deb atashgan.

Tug`luq Temur o’Iimidan so’ng 1363-yilda Movaraunnahr tuprog`idan haydalgan Mo`g`ul xoni Ilyosxo’ja yangidan juda katta lashkar bilan avvalgi mulklarini egallab olish maqsadida Movaraunnahr tomon harakat qila boshlaydi. Mo’g'ul xoni ayniqsa o’zining raqiblariga nisbatan qahrli kayfiyatda ekanligi ham ma'lum edi. Temur va Amir Husayn bo’lg`usi qaqshatqich tcfqnashuvga irakon boricha harbiy kuchlarni yig`dilar. Tarixda "Loy jangi" nomi bilan kirgan mazkur jang. Chinoz bilan Toshkent o`rtasida 1365-yilning bahorida ro`y bergan. Amir Temur va Amir Husayn Chirchiq daryosi bo’yidagi bu jangda mag`lubiyatga uchraganlar. Mazkur mag`lubiyat sabablarini, har xil bayon qiladi. Ayrim solnomachilar mo`g`ui xonining g`olib chiqishida Amirning sust va layoqatsizlik bilan harakat qilishi deb izohlaydi. Shundandir, yoki mo`g`ul xoni qo’shinining soni ko`pligi hamda hiroq tayyorlanganligi bu yutuqning asosiy omili bo`lsa kerak.

Oavta urinish behuda ekanligini anglab yetgan Amir Temur jang maydonini tark etib, qolgan-qutgan askarlari bilan Samarqand tomon rtib ketgan. Samarqand-shahriga kelgandan so’ng bu yerda ham uzoq qolmasdan avvaliga Keshga so`ngra Amudaryo orqali Balxga o`tib ketadi.

Yuqorida ta'kidlab o`tganimizdek, bu paytda Movarounnahrning boshlig’i Husayn edi. Biror qarorga kelish esa uning irodasiga bog`liq bo`lgan. Shu sababli Amir Temur ham uning ko`rsatmasi bilan, ko`p hollarda Husaynning roziligi bilan ish tutishga majbur edi. Samarqand shahri, qolaversa, butun Movaraunnahr o’z holiga tashlab qo`yildi.

Mo`g`ul xoni changalidan qutilish samarqandliklarning o’ziga bog`liq edi. Bu sharoitda Samarqand mudofaasini sarbadorlar o’z qollariga oldilar. Sarbadorlar mo`g`ullar zulmidan ozod bo`lish yo`lida o’zlarini qurbon qilishga tayyor edilar. Sarbadorlar harakati XIV asrning 30-yillarida Eronda ijtimoiy-siyosiy harakat sifatida paydo bolib, 50-60-yillarda Movarounnahrga ham yoyildi. Harakat qatnashchilarining asosiy maqsadi mo`g`ul istilochilari va zulm o`tkazuvchi mahalliy qatlamlarga qarshi kurash edi.

Xurosondagi singari Samarqandda ham bu harakat qatnashchilarning ijtimoiy tarkibi aynan bir xil bo’lgan. Hunarmandlar, do`kondorlar ayrim madrasa mudarislari va talabalar mazkur harakatga faol qo`shildi. Ilyosxo’ja to’g'ridan-to’g'ri Samarqandga tomoti yo'l oldi. Shahar jome' machitiga yig`ilgan aholi oldida sarbadorlarning bo`lajak rahbaridan biri bо`lgan, madrasa mudarrisi Mavlonozoda chiqib, shaharning har bir a'zosidan katta raiqdorda soliq va to`lov yig`ib, uni o’z bilganicha sarf etib yurgan hukmdorning shaharni o’z holiga tashlab qo`yganligini uqtirib o`tadi.

Mudofaa rahbarligiga Mavlonozoda qatoriga Mavlono Xo’rdak Buxoriy va Abu Bakr Kalaviy ham qo`shildilar. Mudofaa tashkil etilganligidan xabarsiz mp`g`ullar hukmdorsiz shaharni himoyasiz deb o`ylashardi. Ularning asosiy qo’shinlari shaharga kiraverishdagi bosh ko`chadan hujum qiladilar. Xavf-xatardao shubhasi bo`lmagan bosqinchilar Mavlonozoda kamonchilari bilan pistirmada turgan joyga yaqinlashganlarida to`satdan kamon o`qlariga duch keladilar. Shahar Mudofaachilari mo`g`ullarga uch tarafdan hujum qildilar. Birinchi hamladayoq shaharni egallaymiz deb o`ylab bostirib kirgan mo’g`ul katta talofat ko`rib, orqaga chekinishga majbur bo`ldilar.

Samarqandliklarning ishlab chiqqan harbiy rejasi puxta chiqdi va o’z samarasini berdi. Bir necha hujum samarasiz tugagach, mo`g`ullar shahar atrofni qurshab olib uzoq vaqt qamai qilish rejasini o`ylab chiqdilar. Lekin lashkar safida yuqumli kasallik tarqaldi. Buni ot vabo (olati) deb atashadi. o’lat oqibatida Ilyosxo’ja qo`shinlariga mansuil otlarning katta qismi qirilib ketdi. Ilyosxo’ja katta yo`qotishlar bilan dastlab Samarqandni keyin esa Movaraunnahrni ishlab ketishga majbur bo'ldi.

Bu paytda Keshda bo’lgan Amir Temur bu xabarni Amudaryo bo’ylarida bо`lgan Amir Husaynga etkazdi. 3366-yilning bahorida ular Samarqandga etib keladilar va sarbadorlar rahbarlarini o’z huzurlariga chorladilar. Uchrashuv Samarqanddagi Konigil degan joyda bo`ldi. Bu erda sarbadorlarning rahbarlari bilan kelishmovchilik yuz beradi va ular qatl etiladi. Amir Temurning iltimosi bilan faqat Mavlonozoda omon qoldirilib, Xurosonga jo`natiladi. Sarbadorlar harakati bostirilgandan so"ng Amir Husayn va Amir Temur o`rtasidagi munosabatlar keskinlashadi. Bunga Amir Husaynning sarbadorlarga nisbatan adolatsizligi ham bir qadar sabab bо`lgan edi.

1366-1370-yillar oralig`ida Amir Temur o’z e'tiborini ichki ishlarga qaratdi. Amir Husayn va Amir Temur o`rtasidagi ziddiyatlar 1370-yilda Husaynning o`ldirilishi va Amir Temurning taxtga o`tirishi bilan yakunlandi. Movaraunnahrning amaldagi xoni Chingizxon avlodiga mansub bо`lgan Suyurg`otmish qoliga o`tdi. Davlat boshqaruv tizimi esa Movaraunnahr amiri nomini olgan Amir Temir qo`lida qoldi, hamda Kesh shahridan Samarqandga ko`chib, uni o’z davlatining poytaxtiga aylantirdi. Amir Temurning Movarounnahrdagi birlashtirish siyosati boshlangan edi. U Amudaryo va Sirdaryo oralig`ida turgan yerlarni o’ziga bo’ysundirib, o’ziga itoat ettirdi. Farg`ona, Shosh viloyatlarini o’z tasarrufiga kiritish unga qiyin bo’lmadi. Sirdaryoning quyi oqimidagi oltin o`rdaga qarashli erlarni egallashda u bu erlardagi ichki sulolaviy urushlardan foydalandi.

Amir Temur Xorazmni ham qaytadan Movaraunnahrga kiritishga intildt. 1372-yilda Husayn Sufi Amir Temurga boj to’lamasdan, buning ustiga Sohibqiron tomonidan yuborilgan elchiga shunday javob berdi: "Men mamlakatni qilich bilan fath etganman, shuning uchun ham uni faqat qilich bilan olish mumkin".

Shunday qulay payt kelganidan, ya'ni Amir Temurning Erondaligidan foydalangan To`xtamish Movaraunnahrga Qamariddin etakchiligida qo’shin yubordi.

1388-yil yanvarida Amir Temurning qaytishini kutgan dushtnan orqaga qayta boshladi. Amir Temur amirlari Husayn, Shayx Ali Bahodir va boshqalarga dushmanni daf qilishni topshirdi. Ular Sirdaryo bo’yidagi Sarisuv degan joyda dushmanni quvib yetib unga katta talofat yetkazdilar. To’xtamish 1388-yil oxirida Amir Temurga qarshi qayta hujum boshladi. Amir Temur esa urushga tayyorlanish uchun Sagoron (Kattaqo`rg`on)da qarorgohini tikib, qo`shinlarini jangovar holatga keltirdi. Amir Temur dushmanning orqa taraftdan hujum qilish uchun Qo`ng`i o`g`lon, Temur Qutlug` O`g`lon, Shayx Ali Bahodir qo`mondonligidagi qo`shinlarni yuboradi. Hujum muvaffaqiyatli bo`ldi. Dushman tor-mor etilib, To’xtamish zo’rg`a qochib qutuldi.

1393-1394-yili Amir Temur Sheki (Ozarbayjonning shimoliy qismi)da turgan paytda To`xtamish Kavkazorti viloyatlariga hujum qildi. Amir Temur Shekidan chiqib Qura daryosi bo`ylab yurdi. Oltin o`rdaliklar Amir Temur qo`shinlari kelayotganini eshitib chekinishga majbur bo’ldilar. 1395-yil aprelida Amir Temur va to’xtamish o’rtasida urush harakatlari yana boshianib ketdi. Jangning asosiy qismi o`ng qanotda bo`ldi. Ushbu qanotda mushkul vaziyat paydo bо`lgan. Amir Temur zahira qo’shin bilan jangga kirdi va dushmanni chekinishga majbur qildi. To`xtamish uchinchi jangdan keyin hokimiyatdan ajraldi.

To`xtamish qo`shinining Terek daryosi bo’yida tor-mor etilishi va 1395 yilda Saroy Berkaning xaroba qilinishi oltin o`rdaga juda kuchli zarba bo`ldi. Shundan keyin u o’zini o`nglay olmadi.

Amir Tetnurning bir mamlakatga qilgan yurishlari uning boshqa mamlakatlarga qilgan yurishlari bilan ketma-ket borganligini urush voqealari ko`rsatib turadi. Amir Temur Ozarbayjonga bir necha marotaba hujum qilib bordi va 1387-yilda uni bo`ysundirishga muyassar bcfldi. Armaniston va Gruziyani Arair Temur 1392 yilda bo`ysundiradi. Temurning uzoq Hindistonga yurishi 1398-yildatamomlandi.

Sohibqiron Amir Temurning harbiy mahorati shunda ediki, u o’z dushmanlarini erkin nafas olishga qo`ymagan. 1400-yilda Amir Temur qo`shinlari turk sultoni Boyazid va Misr sultoni Faraj bilan kurash olib boradi. 1402-yilda Amir Temur Anqara yonida Boyazid bilan ikkinchi arta to`qnashdi va uni tor-mor etdi.

Amir Temur o’z qo`shinlari bilan 1404-yilning oxirida Xitoyga oarab yo`lga chiqqandi. o`sha yili qish o`rta Osiyo tarixida eng qahraton nish bо`lgan. Sirdaryoning suvi 1 metga muzlagan, askarlardan ko’pini nuloq-burunlarini, qo’l-oyoqlarini sovuq olgan edi. Amir Temurning o’zi ham ko’p o`tmay shamollab qoladi. 1405-yil yatwar oyining o`rtalarida o’trorda to`xtashga qaror qiiishadi va bu erda 18-fevral kuni buyuk jahongii' Sohibqiron Amir Temur vafot etdi.

Amir Temur 35 yil davomida harbiy yurishlar qiladi. Bu yurishlar natijasida u buyuk davlat tashkil qilishga erishdi. Uning tarkibiga Movarounnahr, Xorazm, Kaspiy atrofidagi viloyatlar, hozirgi Afg`oniston, Eron, Turkiya, Hindiston, Iroq, Janubiy Rossiya, Kavkaz va G’arbiy Osiyoning bir qator mamlakatlari kiradi. Amir Temurning muvaffaqiyatiga avvalo uning nodir harbiy iste'dodi sabab bo`ldi. Amir Temur qo`shinida qafiy tartib va intizom o`rnatilgan edi. Har bir jang rejasini va barcha qismlar uchun yo'1-yo'riqlarni o’zi ishlab chiqardi. Uning harbiy iste'dodi Anqara yaqinida Sulton Boyazidga qarshi jangda ayniqsa yorqin namoyon boldi. Armiyaning yuragini va qo’mondonlik o’zagini barlos urug`i vakillari tashkil etardi. Shu davr voqealarining shohidi bo’lganlarning guvohlik berishicha barloslar harbiy qo`nimsizlikka nihoyatda chidamli, yoydan o`q uzishga juda usta, o’z hukmdorlariga sodiq va sabr-toqatli bolganlar.

Mustaqillik sharofati hamda Respublikamiz Prezidenti I.Karirmov tashabbusi bilan sovetlar davrida unut bо`lgan buyuk Sohibqironning pok nomi qayta tiklandi. Tarixiy adolat qaror topib, 1996 yili Sohibqironning 660 yillik tavallud yoshi butun jahonda keng miqyosda nishonlandi.



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling