O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti


 Kichik biznesning qishloq xо‘jaligi sohasidagi rivojlanish holatini iqtisodiy


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/23
Sana03.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1691170
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
qishloq xojaligida kichik biznes va uni davlat tomonidan qollab

2.2. Kichik biznesning qishloq xо‘jaligi sohasidagi rivojlanish holatini iqtisodiy
baholash 
Mamlakatimiz qishloq xо‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy 
negizini “fermerlik faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va har tomonlama qо‘llab-
quvvatlash, ularga keng imkoniyatlar yaratib berish” tashkil etishini ta’kidlash 
joizdir. 
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq hukumatimiz tomonidan fermer 
xо‘jaliklarini tashkil etish, ularni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, 
«Respublika dehqon (fermer) xо‘jaliklarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash 
hamda davlat yо‘li bilan ishbilarmonlik faoliyatini qо‘llab-quvvatlash haqida»gi 
republika Prezidentining Farmoni, “Respublikada dehqon (fermer) xо‘jaliklarini 
yanada 
rivojlantirish 
va 
mustahkamlash 
choralari 
haqida”gi 
Vazirlar 


40 
Mahkamasining qarori respublikada dehqon (fermer) xо‘jaliklarining tashkil 
etilishiga asos bо‘ldi. 
“Yer kodeksi”, “Fermer xо‘jaligi tо‘g‘risida”, “Dehqon xо‘jaligi tо‘g‘risida” 
kabi qonunlarning qabul qilinishi qishloq xо‘jaligining, jumladan fermer (dehqon) 
xо‘jaliklari faoliyatining huquqiy asoslarini yaratib berdi. Shuningdek, mazkur 
qonunlar, hukumat qarorlari va Prezident farmonlari va boshqa meyoriy xujjatlar 
asosida fermer xо‘jaliklariga qator imtiyozlar yaratib berildi. Bunday imkoniyatlar 
esa respublikada fermerlikning jadal о‘sishiga va rivojlanishiga sabab bо‘lmoqda.
Bir sо‘z bilan aytganda, qishloq xо‘jaligini isloh qilish bо‘yicha aniq maqsadga 
qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Buning natijasida keyingi yillarda qishloq 
xо‘jaligi tubdan о‘zgardi. Shirkatlarni fermer xо‘jaliklariga aylantirish jarayoni 
amalda nihoyasiga yetdi. Xususiy fermer xо‘jaliklari о‘z mohiyatiga kо‘ra qishloq 
xо‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy shakliga, sohani barqaror va samarali 
rivojlantirishni ta’minlaydigan yetakchi kuchga aylandi.
Qishloq xо‘jaligi mamlakatimiz iqtisodiyotida yetakchi о‘rinni egallaydi. 
Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning salmoqli qismi shu 
sohada yetishtiriladi. Ushbu sohani rivojlantirish masalasiga mamlakatimiz 
mustaqilligining dastlabki kunlardanoq katta e’tibor berila boshlandi. Xususan: 
qishloq xо‘jaligini rivojlantirish va uning samaradorligin oshirish maqsadida qator 
qonunlar, Farmonlar va qarorlar qabul qilindi, natijada ushbu sohada ular о‘z 
samarasini bera boshladi. 
Bugungi kunda respublikamizda 76 mingdan ortiq fermer xо‘jaligi faoliyat 
yuritmoqda, sohada band bо‘lgan aholining qariyb 90 foizi mehnat qilmoqda, 
qishloq xо‘jaligi ekin maydonlarining qariyb 85 foizi ana shu xо‘jaliklar hissasiga 
tо‘g‘ri keladi
4
83
.
Respublikamiz va Qashqadaryo viloyatida qishloq xо‘jaligida fermer 
xо‘jaliklarini tashqil etish jarayoni kengayib bormoqda. Bu iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirish jarayonining negizini tashqil qiladi. Fermerlar bozor iqtisodiyoti 
sharoitida boshqa tadbirkorlar kabi mustaqil faoliyat kо‘rsatadilar, ularda yer va 
43
Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси маълумотлари 


41 
boshqa mulklarga egalik hissiyoti rivojlanib boradi. Umuman olganda, oxirgi 
yillarda ustuvor yо‘nalish sifatida fermer xо‘jaliklariga davlat siyosati darajasida 
qaralayotganligini uning ijobiy tomonga jiddiy о‘zgarishiga olib keldi. Asosiy 
erishilgan natijalarimizning sabablarini izohlab о‘tmoqchimiz. 
1. Qashqadaryo viloyatida qishloq xо‘jaligini isloh qilish borasida aniq 
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida shirkatlarni fermer xо‘jaliklariga 
aylantirish jarayoni amalda nihoyasiga yetdi. Xususiy fermer xо‘jaliklari о‘z 
mohiyatiga kо‘ra qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy shakliga, sohani 
barqaror va samarali rivojlantirishni ta’minlaydigan yetakchi kuchga aylandi.
2. Bugungi kunda fermer xо‘jaliklari tom ma’noda qishloq xо‘jaligi ishlab 
chiqarishining asosiy shakliga, uni barqaror va samarali rivojlantiradigan 
harakatlantiruvchi kuchga, ta’bir joiz bо‘lsa, bu yо‘nalishning lokomotiviga aylandi. 
Bu sohada bozor infratuzilmasi amalda qayta tuzildi, qishloq xо‘jaligi ishlab 
chiqarishini tashkil etish va rag‘batlantirish sifat jihatidan yangi tamoyillar asosiga 
qurildi. 
3. Qishloqda bozor infratuzilmasi amalda yangidan barpo etildi, qishloq 
xо‘jaligida ishlab chiqarishni tashkil etish va rag‘batlantirish, sohani boshqarish 
prinsiplari va tizimi sifat jihatdan mutlaqo yangicha tamoyillar asosida yо‘lga 
qо‘yildi.
4. Joylarda qishloq xо‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga xizmat kо‘rsatadigan 
bozor infratuzilmasi subyektlarining keng tarmog‘i yaratildi. Qishloq xо‘jaligi 
xomashyosini kompleks qayta ishlashga ixtisoslashgan 200 dan ziyod agrofirma 
faoliyat kо‘rsatmoqda. 
5. Qishloq xо‘jaligi ekinlaridan, birinchi navbatda paxta va g‘alladan eng 
yuqori hosil olingani, sohada ishlab chiqarish hajmi keskin kо‘paygani 
dehqonchiligimizdagi tub sifat о‘zgarishlarining samarasidir.
6.Eng muhimi, qishloqda haqiqiy mulkdor – yer egasi paydo bо‘ldi, uning 
mehnatga munosabati, о‘z ishining natijalaridan manfaatdorligi butunlay 
о‘zgarmoqda. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling