O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti gidrotеxnikaga kirish


Individual va namunaviy loyihalar


Download 0.96 Mb.
bet11/39
Sana03.11.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1743555
TuriСборник
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
Bog'liq
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

3.2. Individual va namunaviy loyihalar

Qurilishda individual va namunaviy loyihalar bir-biridan farqlanadi.


Faqat bir marotaba barpo etiladigan ob‘ekt uchun tuzilgan va bir marta qo’llaniladigan loyihaga individual loyiha deyiladi. Bunday loyiha asosan yirik va mas‘uliyatli ob‘ektlar uchun tuziladi.
O’xshash ob‘ektlarni qurishda ko’p marta qo’llash uchun ishlab chiqilgan va o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan loyihalarga namunaviy loyihalar deyiladi. Namunaviy loyihalar konstruktiv yechimlarning unifikatsiyalashtirilgan ko’rsatkichlariga asoslanib tuziladi va shu sababli qurilishni sanoatlashtirishning talablariga ko’proq javob beradi. Namunaviy loyihalar bo’yicha quriladigan ob‘ektlarda zavodlarda tayyorlangan yig’ma konstruktsiyalar keng qo’llaniladi, bu esa qurilish muddatni qisqartirish hamda ob‘ekt bahosini kamaytirish imkoniyatlarini yaratadi.
Namunaviy loyihalar ma‘lum mahalliy va iqlim sharoitlari uchun ishlab chiqiladi, ularda qurilish joyi (maydonchasi)ning aniq shart-sharoitlari hisobga olinmaydi. Shu sababli, bunday loyihalar ularni qo’llashdan oldin loyihalash tashkilotlari tomonidan mahalliy joy sharoitiga moslashtiriladi (bog’lanadi).
Namunaviy loyihani mahalliy joy sharoitiga muvofiqlashtirish jarayonida poydevorning konstruktsiyasi qurilish maydonchasining geologik, topografik va gidrogeologik sharoitlariga moslashtiriladi, unifikatsiyalashtirilgan konstruktsiyalarning o’lchamlari va turlari aniqlashtiriladi, balandlik (sath) belgilari rel‘efga muvofiqlashtiriladi, inshootni injenerlik kommunikatsiyalari bilan bog’lash va shunga o’xshash ishlar bajariladi. Muvofiqlashtirish jarayonining so’ngida ob‘ektning smetaviy bahosi aniqlashtiriladi.


3.3. Qidiruv-tadqiqot ishlari

Gidrotexnika inshootlarini loyihalashda quyidagi boshlang’ich qidiruv va tekshirish ishlari natijalaridan foydalaniladi:


-gidrologik qidiruv ishlari – bunda tabiiy suv o’zanidagi oqim rejimi, ya‘ni bir necha yillar davomida o’zandan o’tkaziladigan suv sarfi va bu suv bilan oqib keladigan loyqalarning miqdori hamda sifati o’rganiladi;

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling