O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti gidrotеxnikaga kirish


Yassi zatvorlarning konstruktiv qismlari


Download 0.96 Mb.
bet31/39
Sana03.11.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1743555
TuriСборник
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Bog'liq
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

10.3. Yassi zatvorlarning konstruktiv qismlari

Yassi zatvorlar listli po’lat qoplamadan, gorizontal joylashadigan to’sinlardan, ustunlar hamda ularga biriktiriladigan g’ildiraklar yoki qo’zg’almas tayanchlar va vintlardan tashkil topadi. Eng yuqori va eng quyida joylashadigan to’sinlar – belbog’lar, oraliq to’sinlar esa rigellar deb nomlanadi. Ustunlar tayanch (chetki) va oraliq ustunlarga bo’linadi. 2 m va undan katta oraliqlarni to’suvchi zatvorlarning tayanch ustunlari, konstruktsiyani ko’tarib – tushirishni osonlashtirish uchun g’ildiraklar bilan ta‘minlanadi va bunday zatvorlar yassi g’ildirakli deb nomlanadi. Kichik zatvorlar tayanchlarga bevosita tiralib ishlaydigan holda loyihalanadi va ular sirpanuvchan zatvorlar deyiladi.


Yassi zatvorlar hisobi asosan qoplama va to’sinlarning ko’ndalang kesimi o’lchamlarini aniqlashdan iborat. Qoplama va to’sinlar suvning gidrostatik bosimi ta‘sirida egilishga ishlaydi. To’sinlar kesimini shveller shaklida qabul qilish maqsadga muvofiqdir va ular to’ntarilgan holda qoplama bilan biriktirilishi lozim (to’sin sirtida loyqa yig’ilmasligini ta‘minlash uchun).
Zatvor tayanchlari (g’ildiraklar yoki zichlashtirgichlar) o’qlari orasidagi masofa zatvorning hisobiy (yuklangan) oralig’i deb qaraladi va uning qiymati quyidagi ifoda bo’yicha aniqlanadi:


,

bu yerda - inshoot darvoza qismining kengligi (devorlar oralig’i).


Yuzaki zatvorning balandligi suv chuqurligi va zahira balandlik m asosida qabul qilinadi:


.

Chuqur joylashgan zatvorlarning balandligi diafragma ko’zining balandligi ga bog’liq:




,

bu yerda - zahira balandlik.


Ustunlarning balandligi zatvor balandligiga teng miqdorda qabul qilinadi. Ularning ko’ndalang kesimlari esa konstruktiv shartlar bo’yicha tanlanadi.


11. INJЕNЕRLIK MЕLIORATSIYАSI ASOSLARI



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling