O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti gidrotеxnikaga kirish


Download 0.96 Mb.
bet34/39
Sana03.11.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1743555
TuriСборник
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

11.4. Sug’orish usullari

Sug’orma dehqonchilik amaliyotida hozirgi paytda asosan quyidagi uch xil sug’orish usullari qo’llaniladi: 1) tuproq ustidan; 2) tuproq ostidan; 3) yomg’irlatib.


Tuproq ustidan sug’orish juda qadimiy va eng keng tarqalgan oddiy usuldir. Bunda suv ekinning turiga, joyning nishabligiga va tuproqning xossalariga qarab quyidagicha berilishi mumkin: juyak olib; egat olib; bostirib; taxtalarga (pollarga) bo’lib. Bostirib sug’orishda suv kanal yoki ariqdan bevosita to’rt tomoni marzalar bilan o’ralgan maydonlarga kiradi. Taxtalarga bo’lib sug’orish bostirib sug’orishning takomillashtirilgan variantidir.
Tuproq ostidan sug’orishda suv tuproqning o’simlik ildizi faoliyat ko’rsatadigan faol qatlamiga tuproq ichiga o’rnatiladigan namlagichlar (masalan quvurlar) yordamida uzatiladi. Tuproqning yuqori qatlamidagi nisbatan chuchuk sizot suvlarining sathini sun‘iy usullar bilan ildiz qatlamigacha ko’tarish (subirrigatsiya) ham tuproq ostidan sug’orish turlariga kiradi.
Tomchilatib sug’orish tuproq osti sug’orish usulining turlaridan biri bo’lib, bunda suv quvurlar tarmog’idan maxsus tomchilatkichlar yordamida tuproqning bevosita o’simlik ildizi rivojlanadigan qatlamiga beriladi. Tomchilatib sug’orishda o’simlikning butun rivojlanish davrida tuproq namligi eng maqbul darajada ushlab turiladi. Shu sababli ushbu sug’orish usuli qo’llanilganda hosildorlik 20-50 % ga oshadi. Bundan tashqari ushbu usulni qo’llash suv sarfini 1,5 – 2 baravar tejash imkonini ham beradi.
Yomg’irlatib sug’orishda suv maxsus apparatlar (ular bir joyda turuvchi-qo’zg’almas yoki harakatlanuvchan bo’lishlari mumkin) yordamida sug’oriladigan maydon uzra yomg’ir ko’rinishida purkaladi. Yomg’irlatib sug’orishda faqat tuproq namlanib qolmasdan, balki o’simliklarning yer ustidagi qismi ham namlanadi. Yomg’irlatib sug’orish ham suv sarfini ancha tejash imkonini beruvchi usullarga kiradi.
12. GIDROTЕXNIKA INSHOOTLARI QURILISHINI TASHKILLASHTIRISH VA IQTISODIY ASOSLASH



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling