Moliyaviy risklar, pul mablag‘larini yo‘qotish ehtimolligi bilan bog‘liq.
Moliyaviy risklar ikki turga bo‘linadi: pulning xarid quvvati bilan bog‘liq bo‘lgan
risklar va sarmoyalarni qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lgan risklar (investitsion risklar).
Pulning xarid quvvati bilan bog‘liq bo‘lgan risklar quyidagi xillardan iborat:
inflyatsion;
deflyatsion;
valyuta;
likvidlik.
Investitsion risklar quyidagilardan iborat:
> boy berilgan naf riski – bu qandaydir amalni (misol uchun, sug‘urtalash,
xedjirlash, investitsiya va sh.k.) bajarilmasligi natijasida bilvosita moliyaviy zarar
(foyda ololmaslik)ga olib keluvchi risk;
> daromadlarni pasayish riski portfelli investitsiyalar, omonatlar va kreditlar
bo‘yicha foizlar va dividendlar hajmining kamayishi natijasida yuzaga kelishi
mumkin.
Daromadlilikni pasayish riski quyidagi xillardan iborat:
♦ foiz risklari – tijorat banklari, kredit muassasalari, investitsion institutlar
tomonidan jalb qilingan mablag‘lari bo‘yicha to‘layotgan foizlarining taqdim
etilayotgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalaridan ko‘tarilib ketishi natijasidagi
yo‘qotishlar xavfi.
♦ kredit riski – qarz oluvchi tomonidan asosiy qarzini va tegishli foizlarni
to‘lanmaslik xavfi. Shuningdek kredit risklariga qimmatli qog‘ozlarni muomalaga
57
chiqargan emitentning ular bo‘yicha foizlarni yoki asosiy qarz summasini to‘lay
olmaslik holatiga kelib qolish riski ham kiradi. Bevosita moliyaviy risklar quyidagi
xillarga bo‘linishi mumkin: birja riski, selektiv risk, bankrotlik riski hamda kredit
riski.
Sug‘urtada barcha risklar ikki guruhga bo‘linadi: sug‘urtaviy va
nosug‘urtaviy (sug‘urta shartnomasiga kiritilmagan). Sug‘urtaviy risk – bu
sug‘urta hodisasini ro‘y berish ehtimolligi va ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararning
miqdoriy hajmi nuqtai nazaridan baholanishi mumkin.
58
1-rasm. Risklarning tasnifiy tizimi
Do'stlaringiz bilan baham: |