62
tanlash ularning samaradorligini solishtirish orqali, shu jumladan turli usullarning
kompleks kombinatsiyalarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim
Riskka bevosita ta’sir etish bosqichi to‘rtta
asosiy uslublardan tashkil
topadi: istisno qilish, pasaytirish, saqlash va riskni o‘tkazish (3-rasm).
Riskni istisno qilish deganda mazkur risk bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday
xatti-harakatlar va chora-tadbirlarni rad qilish tushuniladi.
Riskni pasaytirish - ko‘rilishi mumkin bo‘lgan
zararlarni yoki noqulay
holatlarni ro‘y berish ehtimolligini kamaytirishni bildiradi. Bu yo‘nalishda oldini
olish tadbirlari amalga oshiriladi. Bunday tadbirlar
deganda binolar va
inshootlarlarning xavfsizlini kuchaytiruvchi turli xildagi choralar,
nazorat va
ogohlantiruvchi tizimlarni, yong‘inga qarshi qurilmalarni o‘rnatish,
ekstrimal
holatlarda harakatlanish bo‘yicha xodimlarni o‘qitish va sh.k. tushuniladi.
3-rasm.
Riskka ta’sir etish usullarining asosiy usullari
Do'stlaringiz bilan baham: