O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


-BOB. SUG‘URTA NAZARIYASI FANINING PREDMETI


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132
1-BOB. SUG‘URTA NAZARIYASI FANINING PREDMETI,
OB’EKTI, MAQSADI VA VAZIFALARI 
O’quv maqsadi: sug’urta va sug’urta munosabatlarining paydo bo‘lishi, 
mavjud shart-sharoitlar, sug‘urtaning mohiyatiga berilgan ta’riflar hamda g‘arb 
olimlarining qarashlari, sug‘urtaning iqtisodiyotdagi ahamiyati va fanining 
predmeti, ob’ekti, maqsadi va vazifalari bo’yicha nazariy – uslubiy asoslarini 
o’rgatishdan iborat. 
Tayanch iboralar: sug’urta, zakot, hashar, munosabat, sug’urta 
jamiyatlari, sug‘urta predmeti, sug’urta ob’ekti. 
 
1.1 Sug‘urta munosabatlarining paydo bo‘lishining shart-sharoitlari.
Sug‘urtaning ilk ko‘rinishi eramizdan oldingi ikki ming yillikda yashagan 
Bobil podshohi Hammurapi qonunlarida mavjud bo‘lgan. Unga ko‘ra savdo 
karvonlarining birortasini yukiga tabiiy hodisalar yoki qaroqchilar hujumi, 
o‘g‘riliklar natijasida zarar yetganda, ko‘rilgan zararni o‘rtada to‘lab berishni 
nazarda tutuvchi kelishuv imzolanishi belgilab qo‘yilgan
3
. Keyinchalik, 
eramizning ilk davrlarida avval Gretsiyada, keyin qadimgi Rimda, Hindistonda va 
Misrda turli maqsadlarda tashkil etilgan shu kabi sug‘urta jamiyatlari amal qilgan. 
Bunday jamiyatlardan biri sifatida qadimgi Rimda tashkil etilgan – “Collage 
tenuiorum” to‘g‘risida ma’lumotlar bor.
Bu jamiyatlar diniy, o‘rtoqlik maqsadlaridan tashqari, dafn marosimlari kabi 
kutilmagan hodisalarda yordam berish maqsadini ham nazarda tutgan jamiyatlar 
edi. Bu jamiyat a’zolari kirish badali hamda vaqti-vaqti bilan doimiy to‘lab 
boriladigan oylik badallarni to‘lab borganlar. Vafot etgan jamiyat a’zosining 
oilasiga dafn marosimi xarajatlari hamda yordam puli sifatida to‘lovlar amalga 
oshirilgan. Keyinchalik, to‘plangan mablag‘lardan vafot etgan jamiyat a’zosining 
yetim qolgan bolalari uchun ma’lum yoshga yetgunga qadar yordam pullari to‘lab 
borish ham yo‘lga qo‘yilgan.
3
Гомелля В.Б., Рубин Ю.Б., Солдаткин В.И. Страховой портфель. Москва СОМИНТЕК
1994. 7 стр.



Qadimgi sharqda yirik shoxli qoramol va karvonsavdo bilan shug‘ullanuvchi 
ko‘chmanchilar o‘rtasida tuzilgan o‘zaro yordam jamiyatlarida, turli sabablar bilan 
mollar o‘lganda yoki savdo karvonidagi savdogarning moliga zarar yetkazilganda 
ushbu jamiyat a’zosiga ko‘rgan zararri a’zolar tomonidan to‘lab berilgan.
Rim imperiyasida shunday usulda o‘zaro sug‘urta harbiylar o‘rtasida tashkil 
etilgan. XI-XII-asrlarga kelib, qadimgi Rimda amal qilgan shunday sug‘urta 
jamiyatlari tajribalaridan kelib chiqib, Germaniyada savdo gildiyalari tashkil 
etilgan, keyinchalik ular sexlar sifatida amal qilgan. Bunday tashkilotlar 
keyinchalik sug‘urtaning jamoat tashkilotlari sifatida shakllanishi uchun zamin 
yaratdi. Savdogarlarning faqat yo‘ldagi xatarlarini sug‘urtalagan savdo gildiyalari 
doimiy xarakterdagi boshqa xatarlarni ham sug‘urtalaydigan bo‘ldi. Bu tashkilot 
o‘z a’zolariga bir-biriga yordam berish, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash majburiyatlarini 
yukladi.
Uylarni va boshqa qurilmalarni o‘zaro sug‘urta yo‘li bilan yong‘indan 
sug‘urtalash qadimgi sug‘urta turlaridan biri hisoblanadi. Tarixiy ma’lumotlarga 
ko‘ra bunday sug‘urta jamiyatlari XII-asrda Islandiyada dehqonlar o‘rtasida tashkil 
etilganligini ko‘rish mumkin. Keyinchalik ushbu sug‘urta turi yevropaning ko‘plab 
mamlakatlarida qo‘llaniladigan bo‘ldi. XVIII-asrga kelib esa ushbu sug‘urta turi 
o‘zaro sug‘urtaning majburiy shakli sifatida Germaniyaning Brandenburg
Braunshveyge va boshqa shaharlarida qo‘llanila boshlandi.

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling