O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


 Sug‘urta sohasida olib borilayotgan islohotlar


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   132
3.2. Sug‘urta sohasida olib borilayotgan islohotlar. 
Umuman, sug‘urtaning insoniyat hayotidagi va iqtisodiyotning uzluksiz 
rivojlanishini 
ta’minlashdagi ahamiyati beqiyos. Buni e’tiborga olib, 
mamlakatimizda bozor infratuzilmasining ushbu bo‘g‘inini rivojlantirishga katta 
e’tibor berilyapti.
Birgina 2002-yilda sug‘urta sohasini rivojlantirish yuzasidan davlat 
miqyosida bir qator chora-tadbirlarning belgilanganligi fikrimizning tasdig‘idir. 
Xususan, 2002-yilning 31 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
"Sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida"gi Farmonining e’lon qilinishi sug‘urta tizimini taraqqiy ettirish yo‘lida 
muhim qadam bo‘ldi. Mazkur Farmonga muvofiq, mulk shaklidan qat’iy nazar 
barcha sug‘urta tashkilotlari 2002-yilning 1 fevralidan boshlab uch yil muddatga 
daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Sug‘urta xizmatlari 
bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2002-yil 27 noyabrda 
qabul qilgan qarori sohani rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston 
hukumati tomonidan sug‘urta sohasini rivojlantirishga katta e’tibor berilib, 
sug‘urta bozorini bosqichma-bosqich isloh qilish tamoyili amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonning mustaqil rivojlanishi davrida sug‘urtalashning huquqiy 
bazasiga va sug‘urta sohasida bozor tuzilmasini rivojlantirishga poydevor qo‘yildi, 
misol uchun sug‘urtalashda tomonlarning o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi 
va respublikada sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishning 
tamoyillarini belgilovchi xalqaro andozalarga mos keluvchi hamda talablarga 
javob beruvchi O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi 
qonuni 2002-yil 5 aprelda qabul qilindi. Aytish kerakki, yangi qonun yurtimizda 
ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy sohalarda o‘tkazilayotgan 
islohotlarni 
yanada 
chuqurlashtirish, 
mamlakatimizda 
olib 
borilayotgan 
erkinlashtirishni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Bu qonunning qabul qilinishi 


32 
sug‘urta munosabatlarida ishtirok etuvchi tomonlarning huquq va manfaatlarini 
himoyalashga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi.
Sug‘urta sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjati normalari xalqaro 
standartlarga muvofiqlashtirildi. Jumladan, rivojlangan chet mamlakatlardagidek 
bizda ham sug‘urta xizmatlari bozori ikkiga ajratildi: hayotni sug‘urta qilish bilan 
bog‘liq xizmatlar bozori va umumiy sug‘urta xizmatlari bozori. Hayotni sug‘urta 
qilishga ixtisoslashgan tashkilotlar umumiy sug‘urta turlarini o‘tkazish, umumiy 
sug‘urta turlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar esa hayotni sug‘urtalash huquqiga 
ega bo‘lmaydi. To‘g‘ri, bizda hayotni sug‘urta qilish, ayniqsa, uzoq muddatli 
sug‘urta turlarini rivojlantirishda ba’zi muammolar mavjud. Bu sug‘urta turini 
amalga oshirish uchun fuqarolarda sug‘urta tashkilotlariga ishonch bo‘lishi bilan 
bir qatorda yetarli miqdorda mablag‘ ham bo‘lishi zarur. Faqat hayot sug‘urtasi 
bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishda emas, balki korxona va tashkilotlarning mol-
mulki hamda boshqa ixtiyoriy sug‘urta turlarini o‘tkazishda ham talay muammolar 
mavjud. Bu muammolarni hal etish sug‘urta tashkilotlari va ularning salohiyatli 
mijozlari bo‘lmish ko‘pming sonli aholi, yuridik shaxslarning o‘zaro hamkorligiga 
bog‘liq. Jamiyatda aholi va korxona hamda tashkilot rahbarlarining sug‘urtaga 
bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish lozim. Bu, o‘z navbatida, sug‘urta 
tashkilotlari tomonidan faol tushuntirish, targ‘ibot ishlarini olib borishni taqozo 
etadi. 
Bugun yurtimizda xizmat ko‘rsatish tarmog‘i jadal suratlar bilan 
rivojlanayotgan bo‘lib, bunga sug‘urta kompaniyalarining faoliyat doirasi ham 
tobora kengayib borayotgani yorqin misol bo‘la oladi. Hozirda mazkur bozorda 
yangi sug‘urta ishtirokchilarining yuzaga kelayotgani mavjud sug‘urta turlarini 
yanada ko‘paytirish hamda shu orqali keng toifadagi yuridik va jismoniy 
shaxslarni sifatli sug‘urta xizmatlari bilan ta’minlash imkonini bermoqda.
Mamlakatimiz birinchi Prezidentining 2007-yil 10 apreldagi PQ-618-sonli 
«Sug‘urta bozorini isloh qilish va yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi Qarori muhim omil bo‘ldi. Umuman aytganda, bugungi kunda 
mamlakatimizda sug‘urta xizmatlari bozorini xalqaro talablar darajasiga olib 


33 
chiqish, jismoniy va yuridik shaxslarning sug‘urta bozorida faol ishtirok etishini 
rag‘batlantirish maqsadida sug‘urta kompaniyalari uchun har tomonlama shart-
sharoitlar yaratilmoqda. Bu esa, bozordagi sog‘lom raqobat muhitini ham 
shakllanishiga olib kelmoqda. 
Sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish sug‘urta bozorida turli 
mulkchilik shaklidagi tashkilotlarning paydo bo‘lishiga xizmat qilmoqda. Bu 
borada qabul qilingan huquqiy hujjatlar sug‘urta tizimining jamiyatdagi o‘rnini 
yuksaltirish, jahon andozalariga mos, sifatli xizmat ko‘rsatish hamda sug‘urta 
bozori infratuzilmasini takomillashtirish imkonini berayotir.
Ayni vaqtda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan o‘ttizdan ortiq 
ixtisoslashgan sug‘urta kompaniyalari tomonidan mijozlarga ikki yuzdan ortiq 
turda xizmat ko‘rsatilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9 noyabr 
kuni sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, hududlar aholisini sifatli tibbiy xizmat 
bilan qamrab olish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash 
borasidagi islohotlar natijalarini tahlil qilish va istiqboldagi ustuvor vazifalarni 
belgilashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda, jumladan, 
tibbiy sug‘urta masalasiga ham to‘xtalib o‘tilgan. 
«Bugungi kunda barcha rivojlangan davlatlarda majburiy tibbiy sug‘urta 
tizimi joriy etilgan. Bu orqali byudjyet xarajatlarini kamaytirish, tibbiy xizmat 
sifatini oshirishga erishilgan», — deb yozadi Prezident matbuot xizmati
16

Yig‘ilishda 2021 yildan boshlab O‘zbekistonda ham majburiy tibbiy 
sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, Janubiy Koreya, Singapur, 
Germaniya kabi davlatlardan xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda, tegishli 
qonun va qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish zarurligi ta'kidlangan. 
O‘zbekistonda «Tibbiy sug‘urta to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab 
chiqilishi ma'lum qilingandi. 2018 yilning sentabrida O‘zbekiston bosh vaziri 
o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Janubiy Koreya O‘zbekistonga majburiy tibbiy 
sug‘urta tizimiga o‘tishda ko‘maklashishi haqida ma'lumot bergandi. U o‘z 
16
09.11.2018

https://kun.uz/uz/98005180
 


34 
intervyusida majburiy tibbiy sug‘urta sohasida jahon tajribasini O‘zbekiston 
sharoitlariga moslashtirish zarurligi haqida gapirgandi. 
Mamlakatimiz sug‘urta sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning 
davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21 maydagi 
"Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-872-sonli Qarorining qabul 
qilinishini aytishimiz mumkin. Unga asosan, sug‘urta faoliyatini yanada 
takomillashtirish, sug‘urtalovchilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini 
oshirish, 
ularning 
hududiy 
tarmoqlarini 
kengaytirish 
va 
sug‘urta 
kompaniyalarining 
investitsion 
jarayonlardagi 
ishtirokini 
rag‘batlantirish, 
shuningdek, sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini samarali himoya 
qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 
Iqtisodiyot vazirligining taklifiga binoan 2010-yilning 1 yanvaridan boshlab 
sug‘urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlarini oshirish 
belgilandi. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling