O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti
Jahon iqtisodiyotida dastlabki sug‘urta tashkilotlarining vujudga
Download 2.42 Mb. Pdf ko'rish
|
2.2.Jahon iqtisodiyotida dastlabki sug‘urta tashkilotlarining vujudga
kelishi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijasida sug'urtaning mazmuni takomillashib, uning yangi turlari paydo Xususan, Qadimgi Rimda kasbiy (savdogarlar, hunarmandlar, harbiylar) va diniy belgilarga ko’ra o’z ustavlariga ega bo'lgan kollegiya, ittifoqlar bo'lgan Kollegiya yoki ittifoqa’zolari sug’urta badallarini to'lashgan hamda Ustavda qayd etilgan shartlarda ko'rilgan zararni qoplash uchun qoplamalar olish huquqiga ega bo'lgan. Qadimgi Rimda birinchi bizning eramizdan 133 yil oldin Lanuviylar kollegiyasi tashkil topgan va faoliyat yuritgan. Lanuviylar Ustaviga muvofiq, unga a'zo bo'ladigan shaxslar 100 sistern miqdorida kirish badalini to'lashgan. Oylik badal summasi - 5 assani tashkil etgan. Mabodo, kollegiya a’zosi vafot etsa, uning merosxo'riga 300 sisterni ajratilgan. Agar, kollegiya a'zosi o'zini-o'zi o'ldirsa yoki varot etish arafasida oylik badallar to'lash muddati 6-10 oy cho'zilgan bo'lsa, bunday holatda uning merosxo'rlariga sug’urta summasi to'lanmagan. Qadimgi Rimda notijorat sug'urtaning rivojlanganligiga yana bir misol keltirish mumkin. Harbiy kollegiyaga a’zo bo'lgan shaxslar kassaga 750 dinariy (1 dinariy 4 sistern) to'lashgan. Bu badal bir marotaba to'liq to'lanmasdan, oyma-oy to’lanishiga ruxsat etilgan. To’langan badal evaziga, kollegiya a’zosi xizmat yuzasidan ko'tarilsa, unga 500 dinariy; boshqa legionga o'tkazilganda 500 dinariy; vafot etsa, uning merosxo'riga 500 dinariy to'langan. X-XIII asrlarda sug'urta gildiy va sexlar tomonidan amalga oshlrila boshladi. Masalan, X asrda Angliyada gildiya a’zolariga tegishli o’g’irlangan hayvonlarni qoplash uchun anglosaksoniya Gildiyasi tashkil etilgan. XI asrda Daniyada gildiya a'zolari, ulardan qaysi biri kema avariyasiga uchrasa yoki asirga tushsa, unga 24 umumiy kassa hisobidan zarar qoplangan yoki asirdan qutqarish uchun sotib olingan. Keyinchalik gildiya sug’urtasi himoya qiluvchi va kasbiy gildiyalariga bo’lingan. Himoya qiluvchi gildiyalar o’z a’zolarining mol-mulkini turli xavf- xatarlardan himoya qilishgan. Hunarmandchilik bilan shug'ullanuvchi shaxslarga sexlarga birlashishgan. Sexda baxtsiz hodisalar ro'y berganda, qarilik tufayli mehnat qobiliyatini yo'qotganda va vafot etganda yordam ko'rsatgan. Sex halok bo’lgan a'zosining oilasini boqish majburiyatini olgan. Tijorat sug'urtasi paydo bo’lishining birinchi bosqichida sug’urta xizmati oldi-sotdi obyektiga aylandi; ikkinchidan, sug’urta faoliyati shakllanayotgan bozor xo’jaligining muhim tarmog’iga aylandi; uchinchidan, sug’urta bitimlari shartnoma asosida tuziladigan bo'ldi. Download 2.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling