O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik–iqtisodiyot


VideoCom bilan intensivlik taqsimotini qayd qilish


Download 1.05 Mb.
bet3/8
Sana28.12.2022
Hajmi1.05 Mb.
#1009573
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7 Qo’sh tirqishda va ko’p sonli tirqishda difraksiya – VideoCom

VideoCom bilan intensivlik taqsimotini qayd qilish Tajribada difraksion tasvirning intensivlik taqsimoti VideoCom ning bir satrli ZBA kamerasi yordamida qayd qilinadi. Bunda difraksion tasvir 2048 pikselga ega bo’lgan ZBAda (ZBA: zaryad bog’lanishli asbob) aks etadi va ketmaketli interfeys orqali kompyuterga uzatiladi. VideoCom bilan bog’langan kompyuter dasturi intensivlik
taqsimotini ko’rsatadi va bu esa (IV) tenglamaga asosan nazariya bo’yicha kutilgan intensivlik taqsimoti bilan uni tez va bevosita taqqoslashga imkon beradi.
Xavfsizlik bo’yicha eslatma!!!
Geliy-neonli lazer 2 sinf bo’yicha EN 60825-1 “Lazer apparaturasi xavfsizli” talablariga javob beradi. Agar instruksiyada keltirilgan mos punktlarga amal qilinsa, geliyneonli lazer bilan tajriba o’tkazish xavfli emas. Hech qachon bevosita to’g’ri yoki akslangan lazer nuriga qaramang. Hech qaysi kuzatuvchi ko’zini qamashganiini sezmasligi kerak.
Qurilmaning tuzlishi.
Eslatma: Yustirovka bir oz qorong’ulashtirilgan xonada bajarilishi kerak.
Butun tajriba qurilmasi Rasm.2 da tasvirlangan. Fokus masofasi bo’lgan sferik linza qutblangan lazer nurining kengayishini ta’minlaydi. Fokus masofasi bo’lgan keyingi yig’uvchi linza shunday joylashtirilganki, uning markazi sferik linza markazidan bir oz pastda. Bu bilan lazer nuri bir oz kengayadi va optik o’q bo’yicha deyarli parallel tarqaladi. Prujinali qisqichli tutgichdagi H fokus masofasi bo’lgan yig’uvchi linza ortidagi VideoComning ZBA si namunasida yorqin difraksion tasvirni ta’minlaydi. Lazer nurlanishining intensivligi lazer bilan linza orasidagi polyarizasion filtr P yordamida o’zgartirilishi mumkin.
Optik qurilma
1. Optik reyderdan foydalanib, geliy-neonli lazerni optik stolga 2-rasmda keltirilgandek o’rnating.
2. Shtativ va optik reyder yordamida optik stolning qaramaqarshi
tomoni oxiriga VideoCom ni joylashtiring.
3. Lazerni ulang va lazer bilan VideoCom ni shunday yustirovka qilingki, ular aniq optik o’qda yotsin. Boshqa optik komponentlarni joylashtirishda optik o’q saqlanishini tekshirib boring.





2-rasm. Tirqishdan keyingi difraksiyani kuzatish tajriba qurilmasi (yuqorida) va nurning sxematik yo’li (pastda)
: linza : linza : linza
P: polyarizatsion filtr; H: prujinali qisqichli tutgich;
S: kuzatish tekisligi (VideoCom ning ZBA kanali)



4. Fokus masofasi bo’lgan sferik linzani lazer old tomonidan taxminan 20 sm masofada o’rnating (lazer nuri VideoCom tuynugiga tushishi kerak).


5. Fokus masofasi bo’lgan yig’uvchi linzani sferik linza orqasiga taxminan 6 sm masofada joylashtiring va uni to lazer nurining tasviri VideoCom ning ZBA kanalida keskin bo’lmaguncha optik stol bo’ylab, sferik linza tomonga qarab, siljiting.
6. Yig’uvchi linza ni sferik linza dan to ekrandagi lazer nurining diametri taxminan 6 mm gacha kengaymaguncha siljiting (bunda lazer nuri doimiy aylana kesimga ega bo’lishi kerak).
7. Linza bilan ekran oralig’ida nurning diametri doimiy qolishini aniqlash uchun, nur yo’liga oq varaq tuting va optik o’q bo’yicha nurning kesimini tekshiring.
8. Fokus masofasi bo’lgan yig’uvchi linzani nurning yo’liga VideoCom dan taxminan 50 sm da joylashtiring va uni lazer nurining tasviri VideoCom ning ZBA kanalida keskin bo’ladigan qilib o’rnating.
9. Uchta qo’sh tirqishli diafragma bor prujinali siqib turuvchi tutgichni bilan oralig’iga nurning yo’liga joylashtiring.
10. VideoCom faqat kanaldagi intensivlikni o’lchaydi. Shuning uchun, difraksion tasvir aniq ZBA kanaliga tushayotganini tekshirish kerak. Zarur bo’lsa, VideoCom balandligini o’zgartiring.
11. Polyarizasion filtrni P lazer bilan linza oralig’iga o’rnating.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling