O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi mirishkor tumanida qishloq xо‘jaligi rivojlanishining asosiy xususiyatlari bitiruv malakaviy ish


Download 447 Kb.
bet2/10
Sana17.01.2023
Hajmi447 Kb.
#1097215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mirishkor tumanida qishloq xojaligi rivojlanishining asosiy xususiyatlari

BMI ning dolzarbligi. Qishloq xo’jaligi Mirishkor tumani xo’jaligining eng muhim yetakchi tarmog’idir. Shu boisdan ham mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlaboq mamlakat qishloq xo’jaligida chuqur islohotlarini amalga oshirish davri boshlandi. Ayniqsa, bu sohada bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilikning nodavlat shakliga o’tish, mulkning davlat tasarrufida chiqarish va xususiylashtirish, dehqon xo’jaliklari faoliyatini yo’lga qoyish va masalalarni ham etishga katta ahamiyat berilmoqda.
Tuman iqlimi, yer – suv va mehnat resurslari qishloq xo’jaligining muhim serdaromad va ko’p mehnat talab qiladigan paxtachilik, donchilik, pillachilik, chorvachilik, qorako’lchilik kabi tarmoqlarini rivojlantirish uchun imkoniyat yaratgan. Prezident Islom Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi” ma’ruzasida -Qishloq xo‘jaligini isloh qilish, fermer xo‘jaliklariga biriktirilgan yer uchastkalarini optimallashtirish, paxta va g‘allaning xarid narxlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan izchil ishlar natijasida iqtisodiyotimizning agrar sektorida tarkibiy sifat o‘zgarishlari yuz bermoqda. Paxta va g‘alla kabi strategik muhim qishloq xo‘jaligi ekinlari bilan bir qatorda, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik sohalarida ham ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada o‘sdi, qayta ishlash tarmoqlari va ichki bozorni sut, go‘sht, kartoshka, sabzavot kabi eng muhim oziq-ovqat hamda boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan yanada ko‘proq to‘ldirish uchun mustahkam xomashyo bazasi yaratilmoqda, degan asosli fikrlar aytilgan. Agrar tarmoqda bozor itslohotlarini yanada chuqurlashtirish hududning agroresurs salohiyatidan samarali foydalanish va iqtisodiyotni erkinlashtirishni hisobga olgan holda, qishloq xo’jaligini rivojlantirish strategiyalari ishlab chiqilishini taqozo etadi. Bu holat, qishloq xo’jaligining mintaqaviy rivojlanish xususiyatlari nazariy jihatdan yetarli darajada o’rganilmaganligi bilan bog’liq. Shu munosabat bilan, qishloq xo’jaligini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish va uni hududlar iqtisodiy salohiyatini qiyosiy baholash asosida amalga oshirish mexanizmining uslubiy yondoshuvlarini ishlab chiqish dolzarb mavzu bo’lib hisoblanadi.

Download 447 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling