O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
Qarshi davlat universiteti
TABIIY FANLAR FAKULTETI
Geografiya kafedrasi
MIRISHKOR TUMANIDA QISHLOQ XО‘JALIGI RIVOJLANISHINING ASOSIY XUSUSIYATLARI
Bitiruv malakaviy ish
Bajaruvchi: 5440500 - geografiya yo`nalishining talabasi
Hamidov I
Ilmiy rahbar: dosent Toirov.I.
Taqrizchi: Normurodov S.
(Qarshi agroiqtisodiyt kolleji)
Himoyaga qo`yildi
2013-yil “ ”_____________
Kafedra mudiri _____________
QARSHI 2013
KIRISH
I BOB. AGRAR ISLOHOTLAR VA BOZOR SHAROITIDA YANGI
O‘ZLASHTIRILGAN HUDUDLARDA QISHLOQ XO‘JALIK
TARMOQLARINING RIVOJLANISHI VA IXTISOSLASHUVI
1.1 Qarshi cho‘lini qishloq xo’jalik nuqtai nazardan o’zlashtirish tarixidan
1.2. Qarshi cho’lining o’zlashtirilishi va u bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy
muammolar
II BOB. MIRISHKOR TUMANI QISHLOQ XO’JALIGI
IXTISOSLASHUVI VA RIVOJLANISHI
2.1. Quyi qashqadaryo sug‘oriladigan yerlaridan qishloq xo’jaligida
foydalanishning о‘ziga xos xususiyatlari
2.2. Mirishkor tumani qishloq xo’jaligi ixtisoslashuvi va rivojlanish xususiyatlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Shubhasiz, bugungi kunda qishloq xo’jaligi samaradorligini tubdan oshirish, so’nggi yillarda paxtachilik, g’allachilik va meva – sabzavotchilikda mo’l hosil yetishtirish, ishlab chiqarish hajmlarining o’sishida chuqur oylangan va izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar asosiy omil bo’layotganini barchamiz yaxshi anglaymiz. Shuni ma‘muriyat bilan qayd etish joizki, fermer xo’jaliklari amalda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining asosiy shakliga, uni barqaror rivojlantirishni ta‘minlashda yetakchi harakatlantiruvchi kuchga aylandi. Hozirgi paytda mamlakatimizda 190 mingga yaqin fermer xo’jaligi faoliyat ko’rsatmoqda va ularda salkam 1,4 mln kishi mehnat qilmoqda. Agar 2000 yilda yetishtirilgan paxta hosilining 21% i fermer xo’jaliklari hissasiga to’g’ri kelgan bo’lsa, 2008 yilda bu ko’rsatkich 86% dan oshib ketdi, boshoqli don ekinlari yetishtirish boyicha esa 2000 yilda 15% ni tashkil etgan bo’lsa, 2010 yilda 100% dan iborat bo’ldi. Birgina 2006 yilning o’zida 666 ta shirkat xo’jaligini qayta tashkil etish hisobidan 74 ming ta fermer xo’jaligi tuzildi, ularning yarmidan ko’pi meva – sabzavotchilikka ixtisoslashganini ta‘kidlash lozim. Hozirda bu ko’rsatkich viloyatda 8599 ta ni tashkil qiladi.
“Mirishkor tumani qishloq xo’jaligi rivojlanishining asosiy xususiyatlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishning tadqiqot ob‘ektini Mirishkor tumani qishloq xo’jaligi tarmoq tarkibi tashkil etadi. Tadqiqot predmeti bo’lib, mintaqa qishloq xo’jaligini bozor va davlat tomonidan tartibga solish jarayonida shakllanadigan iqtisodiy – ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |