O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi mirishkor tumanida qishloq xо‘jaligi rivojlanishining asosiy xususiyatlari bitiruv malakaviy ish


Mirishkor tumani qishloq xo’jaligi ixtisoslashuvi va rivojlanishi xususiyatlari


Download 447 Kb.
bet7/10
Sana17.01.2023
Hajmi447 Kb.
#1097215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mirishkor tumanida qishloq xojaligi rivojlanishining asosiy xususiyatlari

2.2. Mirishkor tumani qishloq xo’jaligi ixtisoslashuvi va rivojlanishi xususiyatlari

    1. Mirishkor tumani Qashqadaryo viloyatining eng chekka g’arbidagi nisbatan kichik iqtisodiyoti sust rivojlangan Bahoriston va Usmon Yusupov tumanlari yirik bir tumanga birlashtirish haqidagi viloyat hokimligining O’zbekiston hukumati oldiga qoygan taklifiga muvofiq 2003-yilda O’zbekiston Respublikasi prezdentining farmoniga muvofiq ma’muriy birlik sifatida hududiy jihatdan rasmiylashtirildi. Bu tumanlarni birlashtirishdan asosiy maqsad hududning tabiy resurslaridan oqilona foydalanish edi. Mirishkor tumani Qashqadaryo havzasining eng quyi g’arbiy qismida, Qarshi cho’lining sandiqli va Dengiz ko’l qumliklari bilan tutashib ketgan qismida joylashgan .

    2. Tuman hududi janub-g’arbdan chegarasi Turkmanistonning Lebab viloyati orqali shimoli g’arbdagi chegarasi Buxoro viloyatining Qorako’l va Olot tumanlari orqali o’tadi. Shimol tomonda esa viloyatimizning Muborak tumani bilan , Sharqdagi chegarasi esa Kasbi tumani orqali o’tsa Janubiy chegarasi Nishon tumani orqali o’tadi. Tuman hududi uzoq geologik tarixiy taraqqiyotning mahsuli bo’lib yer usti geologik yotqiziqlarida asosan Mezozoy va kaynazoy erasi yotqiziqlari asosiy o’rinni egallaydi. Kaynazoy erasining neogen davri oqchagil yotqiziqlari tumanning janubiy qismidagi katta maydonni egallagan bo’lib u janubi sharqdan shimoli g’arbga tomon yo’nalgan. Xuddi shu yo’nalishda parallel holda neogen davrining opsheran yarusi yotqiziqlari tarqalgan . Paleogen davri yotqiziqlari tumanning Buxoro viloyati bilan bo’lgan chegarasiga to’g’ri keladi. Bu yerda paleogen davrining paleotsin van eosin yuzasiga xos bo’lgan yotqiziqlar tarqalgan. Kaynazoy erasining to’rtlamchi davr yotqiziqlari tarkibiga asosan to’rtlamchi va hozirgi zamon yotqiziqlari ustunlik qiladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek bular ham janubi sharqdan shimoli-g’arb tomonga yo’nalgan bo’lib asosan tumanning shimoliy va sharqiy qisimlarini ishg’ol qiladi. Bu yerda yuz bergan tektonik harakatlar yer usti tuzulishida yaqqol aks etadi. Neogen-To’rtlamchi davr neotektonik kartasini tahlil qiladigan bo’lsak tumanning chekka shimoliy sharqiy va janubi sharqiy qisimlarida cho’kish jarayoni kuzatilmoqda ko’tarilish janubiy va janubi g’arbiy hamda markaziy qisimlarida kuzatilmoqda. Ana shunday tektonik harakatlarga bog’liq holatda bu yerda turli hildagi relef formalarining shakillanganligini ko’rishimiz mumkin. Relef asosan tekisliklardan iborat bo’lib sharqdan-g’arbga tomon pastlashib boradi. Bu yerdda tekislik, ko’tarilmalar va nisbatan botiq hudutlar uchraydi.Mirishkor, Jenov, Guliston va boshqa qadimdan sug’orilib ishlanayotgan Qarshi vohasining chekka g’arbiy cho’l qismiga tutash hududlarning dengiz sathidan mutloq balandligi 300-315 m tashkil qilgan. Bu tekisliklar asta-sekin janubga tomon pastlashib borb qorabuloq botig’ida 287 m gacha psayadi. Tumanning chekka janubida joylashgan Alang balandligidan janubiy-g’arbda joylashgan sho’rhoklarning mutloq balandligi yanada pastlashib 267 m ga tushadi. Bu yerda Mirishkor sug’orish tizimidagi mavjud kollektorlardan chiqayotgan oqava suvlar to’planadigan Sechan ko’li joylashgan. Bu yerda tumanning eng past nuqtasi hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlab o’tilganlardan ko’rinib turibdiki Mirishkor tumani yer usti tuzilishida uning sharqi bilan g’arbdagi balandliklar farqi 30-35 m tashkil etadi. Bu hol Mirishkor tumani hududi sharqdan-g’arbga tomon bilinear-bilinmas darajada pastlashib boruvchi tekislik relefidan iborat degan fikir kelib chiqmoqligi kerak. Tuman hududining shimoli-g’arbda Oqburun-293 m, Qorabuloq-285 m, Oloy-287 m, Bozorqir-291 m, Tohor-gumbaz-290 m, Qoplami-344 m, Ko’ltog’-293 m, Nazartepa-313 m, balandlikgacha bo’lgan qirlar va balandliklar mavjudki, bular atrofdagi yassi yuzali tekisliklarga nisbatan 20-30 m nisbiy balandlikdagi bu qirlar joy relefiga to’lqinsimon-to’lqinsimon tekislik harakterini beradi. Bo’r va paleogen davrining qumli va gilli yotqiziqlaridan tashkil topgan bu qirlarda to’q jinslar ustuni liossimon va qumoq jinslar qoplab olgan. Tumanning g’arbiy va janubiy g’arbiy qismini yarim mustahkamlangan qumtepa marjonlari, mustahkamlanmagan qumtepa joyaksimon qumliklar va harakatlanuvchi barhan qumliki massivlarining mavjudligi bilan harakterlanadi. Ayniqsa chekka janub-g’arbdagi chilgumbaz sardobasiga tutash qum massivlari bilan guliston qishlog’idan g’arbdagi o’simliklar bilan yarim mustahkamlangan qumliklar ancha katta maydonni egallaydi. Pomiq qishlog’ining g’arbidagi qirqchashma va beshko’l qumliklari yarim mustahkamlangan qumtepa marjonlari bilan harakterlanadi, “O’zbekiston” qorako’l zavodi uyushmasiga qarashli hududlar atrofida qumliklarning harakatga kelib barhanlar hosil bo’lganini ko’rishimiz mumkin. Darhaqiqat, Chilgumbaz, Chilmamedqum, Avazcho’l kabi ko’chma qumlik massivlar eol-akumuliyativ ya’ni shamol yotqiziqli qumtepa relefi bilan harakterlanadi. Bu qumtepa marjonlari gilli yotqiziqli maydonlarda yassi yuzali tekislik relefi bilan almashinadi. Pomiq, Chandir, Jeynov, Yangi Mirishkor aholi qo’rg’onlari va ularga tutash maydonlarni dehqonchilik ishg’ol etgan tekisliklar ishg’ol qilgan. Mirishkor tumani iqlimining xususiyatlari uning geografik o’rniga materik ichki qismida shuningdek, nisbatan quyi kengliklarga joylashganligiga bog’liq geografik o’rnining bu xususiyatlari tuman iqlimining keskin continental bo’lishiga, intensive radiatsiya tufayli cho’l landshaftlarining rivojlanishiga yordam eradigan arid sharoitlarning mavjud bo’lishiga sabab bo’ladi. Mirishkor tumani hududi metereologik kuzatuv punkitlari yo’q. Ammo bu hududga gegradasi tumanlardagi Muborak, Talimarjon, Nishon, Qarshi, meteorologik stansiyalar postlar olingan. Ma’lumotlardan iqlim va yil fasillarining meteorologik xususiyatlarini izohlashga imkon beradi. Yer usti tuzulishining janubi-sharqdan shimoli-g’arbga tomon pastlashib borishiga bog’liq holatda havo o’zgarishi kuzatiladi. O’rtacha yillik harorat 14-14,80 c ni tashkil qiladi. Mirishkor tumanida eng sovuq oy (yanvar) 00 c dan yuqori bo’lgan haroratlar bilan xarakterlanadi. Joyning bunday xususiyati tumanda vigitatsiyali qismining bo’lishiga olib keladi. (ya’ni o’simliklar vigitatsiya davom etadigan qish oylari) bo’lishiga olib keladi. Ammo ayrim yillarda O’rta Osiyoga sovuq arktika-havo massalarini kirib kelishiga bog’liq holda havo keskin soviydi va haroratning mutloq minimumi -22-290 gacha soviydi. Ma’lumki yoz oylarida O’ta Osiyo hududi mahalliy sharoitlarda vujudga kelgan issiq tropic havo ilan qoplanadi. Buning natijasida tuman hududida eng issiq oy iyulning o’rtacha harorati 28:30 darajani tashkil qiladi. Kunduzgi harorat 39-400 dan ham oshadi.

Yilning katta qismida haroratning musbat va yuqori bo’lishi vigitatsiya davrining uzoq bo’lishiga olib keladi. 21-26 fevraldan boshlab havoning o’rtacha harorati 50 dan osha boshlaydi (tabiiy o’tchil o’simliklarning vigitatsiyasi boshlanadigan harorat ko’rsatgichi) Bu mintaqadagi kunlik haroratlar ba’zan 26 noyabirgacha ba’zan 8-dekabirgacha bo’ladi ya’ni 270-300 kunni tashkil etadi.
Tuman hududida havoning o’rtacha kunlik haroratining 100 dan yuqori bo’lishi18-21-martdan 2-3-noyabirgacha (225-230 kun) davom etadi va ularning umumiy yig’indisi 52300 c gacha yetadi. Samarali haroratlar yig’indisining ko’rsatgichlari boyicha Surxandaryoning janubiy rayonlaridan keyingi (ularda 59000) o’rinni egallaydi. Suni ta’kidlash lozimki, yillik o’rtacha harorat ko’rsatgichi va yig’indisi hududiy o’zgarishlarga uchramasa ham, eng sjvuq oyning (yanvar) o’rtacha harorati shimoli-g’arbdan janubiy-sharqqa tomon taxminan so’zbilan bir darajaga ijoby tomonga o’zgaradi. Yozdagi harorat esa aksincha tuman sharqiy qismi Qarsi vohasi hududida joylashganligi sababli 2-30 ga paslashadi.
Yuqorida takidlab o’tilgandek tumanning samarali haroratlarga boyligi bu yerda g’o’zaning barcha navlarini (ingichka tolali) subtropik mevalarni (xurmo, anjir) yetishtirish ayrim ekinlardan yil davomida 2-3 marta hosil olish, chorva mollarining yerning mutloq qismida yaylovlarda boqish imkoniyatini beradi. Ammo bunday imkoniyatlar suniy sug’orish sharoitlaridagina amalgam oshiriladi. Chunkiy yozning quruq bo’lishi, haroratning yuqoriligi bug’lanishning katta bo’lisiga va tuproqda kam zahiralarning tugab qolishiga olibkeladi. Tumanning katta qismidqa mavjud namlanishsharoitlarga ko’pgina yillarda katta lalmikor ekinlarni ham yetishtirish imkoni bo’lmaydi.
Mirishkor tumani hududida yillik yog’inlarnning miqdori 131 m m dan (muborak) 227 m m gacha (qarshi) o’zgaradi. Yog’inlar oylar boyicha taqsimlanishida ham juda notekis (1jadval) Bu jadvaldan ko’rinib turibdiki, yillik yog’inlarning katta qismi kuzgi-qishgi, bahorgi davrlarga to’g’ri keladi. Ayniqsa, bahorda (mart-may) yillik yog’inlarning katta qismi (40-50 % ) tushadi yillik yog’inlarning 37-40 % i qishga (dekabr-yanvar) 10-15 % i kuzga (sentabr-noyabr) va atigi 2-3 % i yozga (iyul-avgust) to’g’ri keladi.
Tumanning issiqlik sharoitlari bug’lanishning katta bo’lishiga imkon beradi. Atmosfera yog’inlarining yillik o’rtacha miqdori 131-227 mm ga teng bo’lgan holda yillik ehtimoli bug’lanish 2000 mm gacha yetadi va yillik yog’in miqdoriga nisbatan 8-15 marta ko’proqdir. Namlanish koeffisenti (G T K-gidrologik koeffisenti N. N. Ivanov boyicha), ya’ni yillik yog’in miqdorining yillik extimoliy bug’lanishga bo’lgan nisbati 0,35-0,39 ni tashkil etadi.
Mirishkor tumani yer usti tuzulishi va iqlimining keskin kontinentalligi yog’in miqdorining juda kam tushishi tufayli bu yerda yer usti suvlari deyarli shakillangan. Shuning uchun ham bu hudud yer usti suvlari bilan kam ta’minlangan tumanlar guruhiga kiradi. Tuman Qashqadaryo havzasi hududida joylashsada bu yerda uning suvlari yetib kelmaydi. Faqat qadimdan sug’orib kelingan yerlar sug’orish ariqlari yordamida Qashqdaryodan suv olgan. Hozirgi kunda esa tumanning sug’orishda hududlarning suvga bo’lgan talabini Mirishkor kanali qondiradi. Mirishkor tumani hududlarida eng katta maydonni alyuvilarning qumli komplekslaridagi tepalikli qumlarning qumoq sho’rtob sur-qo’ng’ir tuproqlari egallaydi. Bu tuproqlarda efemerlar ko’plab o’sadi. Lekin bu tuproqlarda chirindining miqdori juda kam (0,3-0,5) ozuqa beruvchi kimtoviy unsurlarga Kambag’alcho’l qumli tuproqlar hamma joyda sho’rlashgani uchun sho’rlanishga, shuningdek shamol eroziyasiga qarshi bir qancha tadbirlarni o’tkazish lozim.Shu sababli cho’l qumli tuproqlari tarqalgan yerlardan yaylov sifatida foydalanish ma’qulroq. Chirindi miqdoriga ko’ra sur-qo’ng’ir tuproqlar cho’l qumli tuproqlarga yaqin turadi va cho’l zonasining och torf tuproqlari ichida eng kam chirindi miqdoriga tuproqlariga aot va fosforning miqdori ham ko’p emas 25-30 sm gacha bo’lgan qatlamigacha chirindining miqdori 0,2-0,3 % ni azotning miqdori 0,015-0,05 va fosforning miqdori 0,155-0,095% ni tashkil qiladi. Bu ko’rsatgichlar tuproqlarning quyi qatlamlariga tomon kamayib boradi. Umuman olganda oranik xususiyatiga ko’ra sur-qo’ng’ir tuproqlar nisbatan sifatli yaxshi bo’lgan yerlar hisoblanadi. Shuning uchun bunday yerlardan chorvacilik uchun yaylov sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mirishkor tumanning taqirli tuproqlari. Qashqadaryoning qadimiy deltasida prolyuvial va delyuvial yotqiziqlaridan iborat. Kambar tekisliklarda tarqlgan. Taqirli tuproqlar ba’zan taqirlar, cho’l-qumli tuproqlari vaqumloq tuproqlari bilan aralash holda uchraydi.
Taqirli tuproqlar asosan alyuvial qumoq gilli va qumoq yotqiziqlarda, ayrim joylarda esa taqir toshli qumoq yotqiziqlarda vujudga kelgan.
Tuman hududi sharoitida tarqalgan taqirli tuproqlar chuchuk yoki kam minerallashgan sizot suvlari sathining ancha past joylashganligi sababli nisbatdan kam cho’rlangan. Bu tuproqlarda chirindining miqdori ham. Yuza qatlamida chirindi miqdori 0,65-0,8 %ni, ba’zi hollarda 1 % gacha boradi. Azotning miqdori esa 0,05 % va fosforning miqdori 0,17-0,18 % ni tashkil qiladi. Tuproqlarning quyi qatlamlariga tomon ularning miqdori kamayib boradi.
Tumanning janubiy qismida qayir ust terrasalaridaalyuvial yotqiziqlari simoli g’arbdagitog’ oldi qiya tekisliklarda ko’tarilgan yerlarning elyuvial yotqiziqlaridasur-qo’ng’ir va cho’l qumli tepaliklari bilan aralash holda uchraydi.
Taqirlar tarkibida tuproq hosil bo’lish jarayonining holatiga qarab 15-30 sm chuqurlikkacha ko’p bo’ladi. Undan quyida ona jins qatlami joylashgan.
Taqirlarning mrfalogik valitologik tuzulishi tuzlarning qatlamlari boyicha taqsimlnishi sho’rlanish sajiyai va tuzlarning tarkiriga ko’ra xilma-xildir. Yuksak o’simliklarning deyarli bo’lmasligi tufayli taqirlarda chirindining miqdori atigi0,4-0,7 % ga teng, ozuqa elementlari juda kam. Umuman taqirlardan foydalanish ancha murakkab ularni o’zlashtirishiuchun odatda agromeliorativ tadbirlardan tashqari chuqur haydashni va haydash nisbatida qum aralashtirishni taqozo qiladi.
Tuman hududidagi pralyuvial va allyuvial yotqiziqlia soylar tubida minerallashuv darajasi yuqori bo’lgan sizot suvi yer yuzasiga yaqin joylashgan cho’kmalarda uchraydi. Ba’zan sho’rxoklar yuza qatlamgda tuzlarning miqdori 8-10 % gacha yetadi.
Och tusli bo’z tuproqlarda tumanning janubiy sharqiy qismini egallaydi. Bular asosan liyova olmovios prolyuvial yotqiziqlarda yuzaga kelgan. Och bo’z tuproqlar nisbatdan kam chirindili bo’lib ularning tarkibida chirindining miqdori tuman hududida 0,8-1,2 dan 0,8-0,7 % gacha o’zgaradi vaquyi qatlamlarga tomon kamayib boradi (1 m chuqurlikda chirindining miqdori 0,1-0,3 % gacha kamayadi)
Och tusli bo’z tuproqlar tarqalgan yerlar qishloq xo’jaliklarida foydalanib kelinmoqda.
Dehqonchilik qilinadigan yerlarda tuproq hosil bo’lish sharoiti ancha o’zgargan. Ayniqsa sug’orlib ekin ekilgan yerlarning ham avfto morf ham gidro morf tuproqlari o’zlarining profillarining tuzilishi va boshqa hususiyatlariga ko’ra o’zlashtirilmagan yerlarning shu xildagi tuproqlardan ancha farq qiladi. Sug’oriladigan yerlarning tuproqlarida pastligi ayrim hollarda 1 m va undan ortiq bo’lga o’ziga xos agroirrigatsiya qatlami hosil bo’ladi. Shu sababli O’zbekistonlik tuprqshunoslar cho’l zonasining sug’oriladigan yerlarida o’tloq-voha, taqirli-voha va botqoq-voha tuproq qoplami asosida ajratgan.
Mirishkor tumani hududi qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish uchun yetarli bo’lgan issiqlik miqdoriga va uzoq vaqt davom etadigan vegitatsiya davriga ega. O’zining joylashgan geografik o’rni tufayli bu yerni quyosh eritadigan miqdor 2800-3000 soatni tashkil qiladi. Shu sababli bu hududga quyoshdan chiqadigan issiqlik miqdori ham ancha katta hisoblarga ko’ra bu yerda quyosh radiatsiyasining yillik miqdori 6700-7100 M D/m2 ga fotoahtiv radiatsiyaning yillik jami esa 330 M D/m2 ga yetadi.
Issiqlik energiyasining manbayi bo’lgan quyosh radiatsiyasi kattaligi o’simliklar hayotiy faoliyatining asosini tashkil etuvchi issiqlik resurslarining ham katta bo’lishiga sabab bo’ladi. Sug’orilma dehqonchilik sharoitida qishloq xo’jalik ekinlarining o’sishi, rivojlanishi va hosil to’plash asosi issiqlik resurslariga bog’liq. Shuninguchun vigitatsiya davridagi issiqlik resurslarini baholash muhim hamiyatga ega.
Issiqlik resurslari va o’simliklarining issiqlik bilan ta’minlanishini ifodalovchi ko’rsatgichlar muayyan haroratni (+5 g va +100 c) vigitatsiya davridagi o’rtacha haroratlar yig’indisidsr. Yovvoyi o’simliklar ko’pincha o’rtacha harorat +50 c dan oshganda vigitatsiya qila boshlaydi. Madaniy ekinlarning vigitatsiya davri esa o’rtacha kunlik harorat +100 c bo’lganda boshlanadi. Shu sabablihar qanday hududning issiqlik resurslarini baholash uchun yil davomida faol haroratlarning (+100 c dan yuqori) miqdorlarini bilish muhim ahamiyatga ega, kartoshka uchun vigitatsiya davridagi faol haroratlarning miqdori 1500-18000, bahorgi bug’doy uchun 1700-19000, paxta uchun 2300-30000, siturus mevalar uchun esa 4000-50000 bo’lishi kerak,
Tuman hududida +50 c dan yuqori bo’lgan o’rtacha kunlik haroratlarning yig’indisi 5500-57500 ni, +100 c yuqori bo’lsa, o’rtacha kunlik haroratning 5050-52500 ni tashkil qiladi bo’lmaydigan kunlar 213-233 kun. Bunday issiqlik sharoitida g’zaning ingichka va o’rtacha tolali navlarining yetishishi, shuningdek, anjir, anor, shaftoli kabi issiq sevar mevalar pishib yetiladi. Shuningdek makkajo’xori va sabzavotlarning va boshqa sabzavotlarning ayrim tuproqlaridan 2 hatto 3 marta hosil olish mumkin.
Quyoshdan kelayotgan issiqlik juda katta energiya manbayidir. Quyosh energiyasidan issiq xonalarni va uy-joylarni isitishda, qishloq xo’jalik maxsulotlarini quritishda va boshqa sohalarda keng foydalanish imkoniyati mavjud.
Suv resurslari, suv tabiat tomonidan inson uchun in’om etilgan bebaho boylikdir. Tuman hududi kishining xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish uchun qulay issiqlik sharoitlariga ega bo’lsada, bu hudud uchun yilning katta qismida ( ayniqsa yoz oylarida namning o’ta tanqisligi xosdir.
Tuman hududida yog’in miqdori 131-227 mm ni tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda yillik yog’inlarning 90-95 %i noyabr-may oylariga to’g’ri keladi. Shu sababli bu hududda qishloq xo’jalik ekinlaridan faqat sug’orib hosil olish mumkin. Shuningdek tumanda qishloq xo’jalik ekinlarining sug’orish meyori ham ancha katta. Masalan g’alla ekinlari uchun sug’orish meyori har bir gektar maydonga 7900 m3, ni ko’p yillik o’tlar uchun 10100-10700 m3, sabzavotlar uchun 11100-11200 m3, g’o’za uchun 8300-8500 m3, bog’lar uchun esa 7700-7900 m3 ni tashkil qiladi. Shu sababli barcha quruq iqlim mintaqalaridagi kabi bu yerda ham suv resurslaridan va tejamkorona foydalanish tuman xo’jalik tarmoqlarini yanada rivojlantirishning muhim shart va sharoitlaridir.
Tuman hududi yer usti suvlari bilan ta’minlanmagan. Yer osti suvlariga ancha boy. Yer osti uvli qatlamlarining chuqurligi va minerallashuv darajasiga ko’ra turlicha bo’lgan yer osti suvlari mavjud.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganlardan ko’rinib turibdiki, tumanning mavjud suv resurslari uning suvga bo’lgan talabini qondira olmaydi. Shuning uchun ham bu ehtiyoj qismi havza suv resurslari hisobiga qondiradi.
Tuman hududidagi yangi yerlarning o’zlashtirilishi va suv ta’minotini yaxshilash maqsadida. Amudaryodan suv oladigan Qarshi Magistral kanalining bir tarmog’I sifatida Mirishkor kanali bunyod etildi.(1970y) Natijada tuman xo’jaliklarining suvga bo’lgan talabi qondirildi.
Biroq olinayotgan suvlarning 1/3 qismi oqava suvlar sifatida kollektorlar yordamida chiqarib yuborilmoqda.
Shu sababli mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish hozirgi kundagi eng dolzarb masalalardan biri sanaladi.
Yer resurslari tabiiy resurslar orasida jamiyatning resurslari kuchlarini, milliy xo’jalikning barcha tarmoqlarini rivojlantirish joylashtirishning asosi bo’lgan yer resurslari alohida o’rin tutadi.
Sug’orma dehqonchilik sharoitlarida tabiatdan oqilona foydalanishning xususiyatlaridan biri yer-suv resurslaridan uzviy bog’liq ravishda to’g’ri foydalana bilishdir, Chunki suv resurslaridan noto’g’ri foydalanish sug’oriladigan yerlarda ekalogik iqtisodiy nuqtai nazardan nomaqbul jarayonlarning kuchayishiga olib keladi. Sug’oriladigan yerlarning tabiiy imkoniyatlaridan foydalanish tabiiy-hududiy majmualarning tubdan o’zgarishiga, tabiat majmualari orasidagi munosabatning buzulishiga olib keladi.
Tumanning sug’orma dehqonchilik qiladigan yerlarida ham suvdan sug’orishda tejamsizlik bilan foydalanilayotgani gidromelioratsiya va agrotexnika qoidalariga rioya qilinmayotganligi tufayli ancha maydonlarda qishloq xo’jaliklariga salbiy ta’sir etadigan nomaqbul jarayonlar (qayta sho’rlanish, zax bosish, irrigatsiya eroziyasi, tuproqlardagi chirindi va organizmlar miqdorining kamayishi va boshqalar) namoyon bo’lmoqda. Ayniqsa sizot suvlari sathining ko’tarilganligi sababli qayta sho’rlangan yerlar maydoni yildan-yilga kengayib bormoqda, O’zlashtirish boshlanganga qadarsho’r yerlar maydoni ga 1990 yilga kelib ga bo’lgan. Keyingi yilga kelib ga yer sho’rlanishi tufayli ishdan chiqdi.
Sizot suvlarining sathi ko’tarilishi va qayta sho’rlanishining oldini olish maqsadida o’tkazilgan gidromelioratsiyaga oid tadbirlar orasida su’gorishga sarflanadigan suvdan meyorida foydalana bilishdan tashqari sho’r suvlarni olib ketadigan zovurlarning uzunligi va suv o’tkazish imkoniyatlarini sug’oriladigan yerlarning maydoniga mos keltirish lozim. Mazkur tuman hududiy sharoitlarida har bir gekter sug’oriladigan maydonga 40-50 pog, m. Zovur to’g’ri kelishi kerak. Lekin bu ko’rsatgich mezondagiga nisbatan deyarli 2 marta kamroq. Shu sababli mavjud zavurlar orqali barcha sho’r suvlarni sug’oriladigan yerlardan tashqariga oqizib yuborish imkoniyati yo’q. Natijada sho’r suvlar yomon chiqariish lozim bo’lgan tuzlarning deyarli yarmi dalalarda qolib ketadi va ular sho’rlanish jarayoni ko’paytirirshga sabab bo’lmoqda.
Yer resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etishda eroziya jarayonlariga qarshi o’tkaziladigan tadbirlar ham muhim ahamiyatga ega. Tumanning cho’l zonasida shamol eroziyasi tarqalgan sug’orma dehqonchilik qilinadigan hududlarda esa irrigatsiya eroziyasi tuproqlar hosildorligining kamaytirishiga olib kelmoqda. Bunday eroziya tufayli sug’oriladigan hududlardan har yili har bir gektar sug’oriladigan maydondan 100-150 t miqdorda tuproqning yuvilishiga olib keladi. Ya’ni har bir gektar maydondan 0,5-0,8 t chirindi, 110-120 kg fosfor, 110-115 kg azot yuviladi. Hosildorlik eroziya sust bo’lgan yerlarda 15-20 % ga, kuchli bo’lgan yerlarda esa 50-60% ga kamayishi aniqlangan. Bunday eroziya jarayonlariga vaqtida chek qoymasa ohir oqibatda tuproqlar dehqonchilikda foydalanish uchun batamom yaroqsiz bo’lib qoladi.
Mirishkor tumani hududida mavjud yer resurslarini eroziya jarayonlarida saqlash uchun kamida 10 ming ga maydonda ixotazorlar va daraxtzorlar barpo etilishi kerak. Ayni hozirgi vaqtda bu ko’rsatgich 2 ming ga oshmaydi.
Qishloq xo’jaligida ayniqsa sug’orma dehqonchilikda foydalanilayotgan yerlarning unumdorligi yildan-yilga kamayib boroqda. Sobiq sho’rolar davrida katta maydonlarda paxta yakka xokimligi, serharajat mineral o’g’itlar va boshqa ximiyaviy vositalarining katta miqyoslarda qo’llanilishi, og’ir vositalari texnika vositalaridan foydalanish tufayli tuproqlarning strukturasi va unumdorligida mutanosiblikni saqlaydigan mikroorganizimlarga ham katta zarar yetkazildi. Chunki, mikroorganizmlar faoliyati natijasida o’simlik va hayvon qoldiqlarining chirishi tufayli hosil bo’ladigan chirindining miqdori tuproqlarning haydaladigan qatlamida 2-3 marta kamaydi. Shu narsani takidlash dori nam bo’lganda, organik o’g’itlar yetarlicha berilganda mineral o’g’itlarni katta miqdorda ishlatish iqtisodiy samara bermaydi, aksincha hosildorlikning kamayishiga, mahsulot sifatining yomonlashuviga, tuproq stukturasining buzulishiga olib keladi.
O’tgan davrlar mobaynida yumanning ekin maydonlariga t azot t fosfor t kaliy o’g’itlari ishlatilgan. Hozirgi agrotexnika sharoitlarida mineral o’g’itlarning atigi 35-40 % ini o’simliklar o’zlashtiradi qolgan 60-65 % i tuproqlarda to’planadi, yer osti suvlari orqali tarqalib atrof muhitni ifloslaydi.
Mirishkor tumani sug’orma dehqonchilikda foydalanish uchun yer resurslarining katta, Mirishkor tumanida ham o’zlashtirish uchun yaroqli bo’lgan yer resurslari va mavjud suv resurslari orasidagi juda katta nomunosiblik mavjud. Shu sababli bu yerda yer resurslarda samarali foydalanish birinchi navbatda mavjud suv resurslaridan o’ta tejamkorlik bilan foydalanishga bog’liq.
Biologik resurslari. Tuman hududining o’simlik va hayvonot olamidan xo’jalikda foydalanish imkoniyatlari ancha katta tuman hududida tarqalgan o’simlik tuproqlarning aksariyati oziq-ovqat manbai, texnik xomashiyosi, tibbiyotda dori tayyorlash, qurilish va boshqa sohalarida keng foydalanish mumkin. Ammo cho’l o’simliklaridan xo’jalikda foydalanish muammolari kam o’rganilgan. Yovoyi holda o’sadigan foydali o’simliklarning tarqalishi va foydalanishi mumkin bo’lgan zahiralari to’g’risida aniq va batafsil ma’lumotlar deyarli yo’q. Shu sababli foydali o’simliklarning oreallarini o’rganish, ularning zahiralarini iqtisodiy jihatdan axolash, oziq-ovqat va dorivor o’simliklarni, ularning tabiiy tiklanish sharoitlarini e’tiborga olgan holda ta’mirlash va topshirishni rejalashtirish, madaniylashtirish noyob va yo’qolib borayotgan o’simlik turlarini muxofaza qilish va ko’paytirishga doir tadbirlarni belgilash lozim.
Keyingi yillarda sanoat uchun hom-ashyo hisoblanadigan o’simliklardan(shuvoq, cherkaz,isriq, isteg’oq, kuyamuyan va boshqalar) be’tartib foydalanish natijasida ularning turlari, kamayib, noyob o’simliklarga aylanib bormoqda. Foydali o’simlik turlarining oreallari qisqarishiga, shuningdek, yerlarning o’zlashtirish ham katta muhim boyliklardan biri hisoblanadi. Ularda yirik va mayda shohli mollar boqiladi.
Yangi yerlarning o’zlashtirilishiga bog’liq holda yaylovlarning maydoni ham yildan-yilga kamayib bormoqda. Buning natijasida yaylovlarning yem-xashak imkoniyatlari ham pasaymoqda. Shu sababli yaylovlarning tabiiy resurslaridan unumliyroq foydalanish uchun, yaylovlardan foydalanishni tubdan yaxshilash, suv bilan ta’minlash va muxofaza qilish soxasidagi xo’jalik tashkillash lozim, yaylovlarda xo’jalikda samaraliyroq foydalanishda fitomelioratsiya tadbirlar muhim ahamiyatga egadir. Bunday tadbirlar yaylovlarda o’simlik qoplamining tiklanishi va yaxshilanishi bilan bir qatorda eroziya jarayonlarining tarqalishini bartaraf qilish imkonini ham beradi.
Mirishkor tumanining yer resurslari va ulardan oqilona foydalanish masalalarini yaratishdan oldin uning asosi hisoblangan tuproq to’g’risida mukammal tushunchaga ega bo’lishimiz kerak.
Unumdorlik xususiyatiga ega bo’lgan yer yuzasining ustgi g’ovak qoplamini tuproq deyiladi. Tuproqlarning tabiat va jamiatdagi roli bqiyosdir. Tuproq organizmlar uchun xayot muxiti, ozuqa manbai hisoblanadi. Modda larning kichik biologik, katta geologik aylanma harakatida muhim rol oynaydi. Tuproq tarkibi qattiq, suyuq va gazsimon komponentlardan iborat bo’lib, tog’ jinslari, iqlim, o’simlik va hayvonlar, mikroorganizimlarning o’zaro murakkab ta’siri natijasida hosil bo’ladi. Bir gramma tuproq tarkibida bir milliiyondan ortiq sodda hayvonlar va tuban o’simliklar uchraydi. Yer va tuproq tushunchalari bir xil mazmunga, ba’zi hollardagina, masalan, tog’ suv havzalari joylashgan maydonlar haqida fikir yuritilganda tuproq, tuproq qoplami haqida gap bo’lmasligi mumkin yoki dehqonchilik va qishloq xo’jaligining boshqa tarmoqlarini yuritish haqida gap ketganda, tuproq qoplami va yer tushynchasi bir xil ma’noda qo’llaniladi.
Mirishkor tumanining umumiy yer maydoni 310000 gektarni tashkil etadi. Shundan 89940 gektari ekin ekiladigan yerlar 200000 gektari esa cho’l yaylovlari hisoblanadi. Tuman umumiy yer fondinng 29% izi ekinzorlar bo’lgan holda 61 foyizi dan ko’proq maydoni yaylovlardir qolgan 10% ini komunal xo’jalik uy-joy, yo’llar va boshqa obektlar tashkil qiladi. Bu yaylovlar o’simlik qoplami bilan mustahkamlangan va mustahkamlanmagan qumli cho’l hududlarni tashkil qilib, ular tumanning g’arbiy qismidagi katta maydonlarni egallaydi.
Yaylov hududlarini asoan so’glikali sur qo’ng’ir tuproqlar, sho’rtob sur qo’ng’ir tuproqlar, skletli eroziyaga berilgan sur qo’ng’ir tuproqlar, sho’rtob taqir va taqirli tuproqlar, qumli cho’l tuproqlar, qumli massivlar, sho’rtob taqir-voha tuproqlari va sho’rtob och bo’z tuproqlardan tashkil topgan. Sug’oriladigan hududlarni esa sho’rtob voha och bo’z tuproqlar ishg’ol qilgan. Bularning barchasi o’ziga xos agrotexnik tadbirlarni qo’llashni taqozo qiladi.
Hozirgi kundagi bozor iqtisodiy sharoitida yerdan foydalanishning asosiy vazifalaridan biri har bir gektar yerdan oqilona foydalanish yo’llarini izlab topish asosida ulardan olinadigan hosil miqdorini ko’paytirishdan iboratdir. Yerdan oqilona foydalanish, birinchidan, har bir yer uchastkasidan g’oyat samarali foydalanish va yangidan yangi yerlarni qishloq xo’jalik oborotini kiritishni, ikkinchidan, intensivlash yo’li bilan oborotga kiritilgan yerlardan samaraliyroq foydalanish zarurligini bildiradi.
Cho’lni o’zlashtirishning dastlabki bosqichlarida ekin maydonlarini kengaytirish ustun omil hisoblangan. Shuningdek, o’sha davrda ham ilgaridan o’zlashtirilgan va yangi o’zlashtirilgan yerlardan foydalanishda intensivlash omiliga ham yetarli darajada e’tibor berilgan. Hozirgi kunda esa qishloq xo’jaligini intensivlashdan iborat ikkinchi vazifa birinchi o’ringa chiqdi.
Yerdan oqilona foydalanish qishloq xo’jalik ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish va shu asosida yer maydoni birligi hisobida yetishtirilayotgan mahsulot miqdorini yaxshilash imkonini beradi. Bunda texnika taraqqiyotidan, hozirgi zamon fani va ilg’or amaliyot yutuqlaridan yanada samarali foydalanish yo’li bilan yer unumdorligini to’xtovsiz oshirish uchun shart sharoitlarni taqozo qiladi.
Mirishkor tumani umumiy yer maydonining 2/3 qismidan ko’prog’I cko’l yaylovlari hududiga to’g’ri keladi. Bu hududlarning katta qismini asosan so’glikali sur qo’ng’ir tuproqlar, sho’rtob sur qo’ng’ir tuproqlar, skletli eroziyaga berilgan sur qo’ng’ir tuproqlar, sho’rtob taqir va taqirli tuproqlar, qumli cho’l tuproqlar, qumli massivlar, qumliklar tashkil qiladi. Bu yerda joyaksimon va tepalikli qumliklar, barxanlar, shuningdek, qumli massivlarni uchratish mumkin, Bu hududlardan noto’g’ri foydalanish o’z navbatida ham mustahkamlangan qumliklarning harakatini yuzaga keltiradi. Cho’l yaylovlari mahsuldoligining kamayib ketishiga olib keladi. Bunday jarayonni quyidagi misolda ko’rishimiz mumkin. Tumanning ana shu qismining yura va bo’r davri yotqiziqlari orasida mamlakatimiz yoqilg’I energetika sanoatining muhim xom ashyosi hisoblangan neft gaz konlarining o’ndan ortiq istiqbolli strukturalari joylashgan. Bu yerdagi har bir neft va gaz konlarini o’zlashtirish jarayonida geologik qidiruv, geofizik qidiruv ishlari, strukturalar aniqlangandan so’ng esa ekspluatsiya ishlari amalga oshiriladi. Bu ishlarni amalga oshirish jarayonida og’ir texnikalardan ko’proq foydalaniladi, natijada ular qumliklarni mustahkamlab turuvchi o’simlik olamiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Oqibatda qumli massivlarni harakatini kuchaytiradi. Natijada bu qum ko’chkilari qishloq xo’jalik maydonlariga jiddiy zarar yetkazadi.
Mirishkor tumanining bu hududlari asosan qorako’l qoylari boqiladigan asosiy yaylovlardan hisoblanadi. Cho’l yaylovlarida boqiladigan chorva mollarining soni keyingi vaqtda meyoridan ikki baravariga ko’pligi bilan xarakterlanadi.
Chunkiy bunday cho’l sharoitida har bir qorako’l qoyi uchun 5 ga maydon to’g’ri kelishi kerak. Qoylarning meyoridan ortiqchaboqilishi o’z navbatida cho’l o’simlik dunyosining degradatsiyalanishiga va oqibatda ko’chma qumlar maydonining kengayishiga sabab bo’lmoqda, Bunday holatlar ayniqsa chorva mollari sug’oriladigan quduqlar atrofida kuchli roy bermoqda. Bundan tashqari bu hududda istiqomat qiluvchi qholining va cho’ponlarning yoqilg’iga bo’lgan o’z ehtiyojlarini saksooulzorlar hisobiga qondiradi. Buning oqibatida qum deflyasiyasi yuzaga keladi.
Yuqorida takidlab o’tilganlardan ko’rinib turibdiki, tumanning g’arbiy qismini egallagan qumli massivlardan oqilona foydalanish uchun qum defliyasiyasini kamaytirishga qarshi fetomeliorativ tadbirlar tizimi ishlab chiqish asosida ulardan oqilona foydalanishlozim. Biroq hozirgi kunda tumanning g’arbiy chekka qismlaridagi sug’orma dehqonchilik maydonlariga yozning jazirama issiq vaqtiga yuz beradigan garimsel bilan bir qatorda qumlarning ko’chma harakatlari ham jiddiy zarar yetkazmoqda.
Yuqorida takidlab o’tilganlardan ko’rinib turibdiki, tumanning g’arbiy qismini egallagan qumli massivlardan oqilona foydalanish uchun qum defliyasiyasini kamaytirishga qarshi fetomeliorativ tadbirlar tizimi ishlab chiqish asosida ulardan oqilona foydalanishlozim. Biroq hozirgi kunda tumanning g’arbiy chekka qismlaridagi sug’orma dehqonchilik maydonlariga yozning jazirama issiq vaqtiga yuz beradigan garimsel bilan bir qatorda qumlarning ko’chma harakatlari ham jiddiy zarar yetkazmoqda.
Mazkur qumli cho’l hududlarning yer resurslaridan oqilona foydalanish uchun tabiiy resurslardan foydalanishning barcha tamoyillar amal qilishga to’g’ri keladi.
Tumanning sho’rtob taqir-voha tuproqlari va sho’rtob och bo’z tuproqlari asosan cho’l qumli tuproqlari bilan sug’oriladigan voha och bo’z tuproqlari orasidagi katta maydonni ishg’ol qiladi. Bu xildagi tuproqlar tarqaldan hududlardan hozirgi kunda yaylov chorvachiligi sifatida keng foydalanib kelinmoqda. Bu tuproqlar tarkibida gipsning mavjudligi va sho’rtobligi shuningdek oziq moddalariningkamligi fosfor va azot kabi mineral o’g’itlarga bo’lgan talabining yuqoriligi bilan belgilanadi.
Qarshi dashtlarini o’zlashtirish sohasida ortirilgan tajribalar va yangi sug’orish texnalogiyalari xayotga tadbiq etilishi sho’rtob taqir-voha tuproqlari va sho’rtob och bo’z tuproqlarni ham o’zlashtirish imkonini beradi.
Mirishkor tumanining sug’orma dehqonchilik asoslangan yer maydoni 53 142 gektari tashkil etadi. Asosan dehqonshilik olib boriladigan hududlarda sho’rtob och bo’z tuproqli maydonlarga to’g’ri keladi. Bu yerlarga so’nggi 40 yil davomida ko’rsatilgan inson xo’jalik faoliyatining ta’siri tufayli qayta sho’rlanish, eroziya deflyasiya kabi yerdan foydalanish jarayonida agrotexnika qoidalariga amal qilmaslik oqibatlaridir. To’g’ri, inson o’z faoliyati bilan tabiiy jarayonlarning borishiga ongli ravishda ta’sir ko;rsatar ekan, nomaqbul bunday tabiiy antropogen jarayonlar yuz bera veradi. Ammo gap anashu ekinbop yerlarni yroqsiz holga keltiruvchi noxush oqibatlarni mumkin qadar kamaytirish haqida bormoqda.
Tuproq qoplami shakillangan relefning, tuproq mexanik tarkibining, yog’inlarning, quyosh radiatsiyasining va boshqa bir qator tabiiy omillarning bu yerda namoyon bo’lish xususiyatlaridan kelib chiqib, qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarni to’g’ri joylashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda dalalarni almashlab ekish, sug’orish shahobchalarini joylashtirish, ixotazorlarning floaistik tarkibi va ularni qanday joylashtirish masalalarida o’z aksini topadi.
Ixotazorlar tarkibini qurg’oqchil, sho’rxok yerlarga chidamli qayrog’och, jiyda, shumtol kabi daraht va butalardan iborat bo’lishi maqsadga muvofiq. Tuman byicha 1263 gekarmaydoni ko’p yillik darahtlarni tashkil qiladi. Bu esa xozirgi vaqtdaekin maydoni 53142 gektar ekanligi hsobga olinsa daraxtzor va ixotazorlarning ulushi 2,5% ini tashkil etadi. Meyoriy jihatdan olganda tuproq eroziyasiga va deflyatsiyasiga kuchli chalingan, Mirishkor tumani sharoitida ekin maydonlariga nisbatdan ixotazorlar kamida 8-10% ini tashkil etishi zarur.
Zovurlar tevaragidagi to’qay landshafti sifatida shakillanayotgan yulg’unzor va qamishzorlar chorva mollari tomonidan payhon qilib yuborilishi natijasida u yerdagi mavjud tuzli qatlamlarning ekin maydonlariga qaytadan yotqizilishiga sabab bo’lmoqda. Tuman hududida bunday maydonlar 600 gektarga yaqin maydonni tashkil qiladi. Kanallar bilan qo’shib hisoblaganda 1000 gektardan oshib ketadi.
Asfalt yo’llar, kanallar va ekin dalalari chetlariga ekilgan daraxt va butazorlar dalalarni eroziya ayniqsa shaxobchali eroziyadan saqlash uchun muhim ommil hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda Qarshi cho’li zonasida 20 ming gektardan ortiq ekin bop yerlar shaxobchali eroziya natijasida ishdan chiqqan bo’lsa ana shuning 30 foizidan ko’prog’I Mirishkor tumani hududiga to’g’ri keladi.
Tumanning xo’jaliklararo dalalarini kesib o’tgan zovurlarning atrofida, gektar-gektar maydonlarda oqava suvlar va sug’orishni meyoridan ortiqcha oqizish tyfayli irrigatsiya eroziyasi roy bermoqda. Bunday nomaqul jarayonlarni roy bermasligi uchun avvalo suvdan foydalanish normasiga qattiy rioya qilish shart. Paxta maydonining har bir gektar maydoniga 8400 m kub suv sarflanishi lozim. Ma’lumotlarga qaraganda tuman boyicha har gektar paxta maydoniga 10-12 ming m3 suv sarflanmoqda. Shuniham aytib o’tish lozimki, yozning jazirama issig’i va tez-tez kuzatilib turadigan garimsel va qurg’oqchil shamollar yernining namini qochiradi, g’o’zaning suvga bo’lgan talabini oshiradi. Ammo sug’orishda tuproqning mexanik tarkibi, maydonning qiyaligi hisobga olinishi bilan birga, sug’orish shaxobchalarining talabiga muvofiq bo’lishida suvchilarning ma’suliyati bu borada katta ahamiyat kasb etadi. Ya’ni joyaklarda suvning ko’payib ketmasligi, ekinlarga taralgan suv suvchilarning e’tiboridan chetda qolmasligi kerak. Bir qarashda uncha ahamiyatli bo’lmagan bu hollar avvalo bebaho boylik bo’lgan suvni tejash imkoniyatini bersa, tabiat zanjirida asosiy halqa bo’lgan tuproqlarni irrigatsiya eroziyasidan saqlaydi. Tuproq eroziyasi haqidagi adabiyotlarda sug’orish maydonining umumiy qiyaligiga nisbatan o’tkir burchak bilan olish, joyaklarni uzaytirish, joyaklardagi suv oqim tezligini sekinligiga 0,8 sm gacha pasaytirish tavsiya etiladi (Tolchelnikov 1991).
Sug’orma dehqonchilikda tuproq eroziyasiga qarshi usullardan biri yomg’irlatib sug’orish hisoblanadi. Bu usul suvni tejash bilan birga tuproqlarni errigatsiya eroziyasidan saqlaydi. Ammo bu usul xo’jaliklarga qimmatga tushadi va uqori malakali mehnat talab qiladi. Yomg’irlatib sug’orishda tuproqqa tushadigan suv oqimi tezligi bilan tuproqlarning suvni singdirib olish tezligi bir-biriga teng bo’lganligi uchun bunda suv behudaga bug’lanib ketmaydi va tuproqning ustki unumdor qatlami ham yemirilib ketmaydi.
Obikor dehqonchilikda paxtachilik, g’allachilik, sabzovotchilik, yem-xashak ekinlari va umuman dehqonchilik yerlarni shudgorlash yordamida olib borilishi ma’lum. Tuproqlarning bunday haydalma gorizantlari suv va shamol eroziyasiga moil bo’ladi. Buesa o’z navbatida har qanday uzul qo’llanilsa ham tuproq yemirilishi-eroziyasi sodir bo’ladi va bu jarayon tuproqlarning unumdorligiga ta’sir ko’rsatadi. Chunki tuproq uski qatlamining yuvilib ketishi natijasida tuproqning eng muhim ozuqa elementlari yuvilib ketadi. Olingan ma’lumotlarga ko’ra ximiyaviy o’g’itlar orqali tuproqqa beriladigan ozuqa moddalariga qaraganda, eroziya undan 60 baravar ko’p oziq moddalarni tuproq tarkibidan olib ketadi. Eroziya uchragan tuproqlarning mahsuldorligi 35 % dan 70 % gacha kamayadi. Amerikalik olim X. Bennitning hisobiga ko’ra 10 daraja qiyalikka ega bo’lgan og’ir mehanik tarkibli qumoq tuproqli paxta ekiladigan maydonlarning 18 sm li gumus qatlami sug’orish natijasida yuz beradigan irrigatsiya eroziyasi tufayli 32 yilda yuvilib ketadi, holbuki, xuddi shuncha qalinlikdagi tuproq daraxtzor (o’rmon)lar bilan qoplangan maydonlarda 500000 yilda, dalani o’t bilan almashlab ekish usuli qo’llanilsa 70 yilda yuviladi. Mirishkor tumanining sug’orma dehqonchiligida ham paxtachilik yetakchi bo’lib kelmoqda. Shuning uvhun ham bunday hududlarda ixotazorlarni ko’paytirish, paxta-beda almashinib ekish tizimini joriy qilish tuproqlarni eroziyadan saqlashning eng muhim turlaridan biri sanaladi. Tuman hududida buta va darahtzorlar maydonini kengaytirish tuproq eroziyasi va deflyatsiyasiga qarshi tadbirlargina bo’lib qolmay, atrofdagi havoni tozalash, mehnatkash dehqonlar uchun jazirama issiqdan saqlanish, foydali hayvonlar ya’ni qushlar va hayvonlarni ko’paytirish, meva berish va boshqa jihatlaridan iqtisodiy ahamiyati ham katta. Shuning uchun ham agronomiyaga doir adabiyotlarda tuproqni himoya qilish iqtisodiy masala bo’lib qolmay, muhim ekalogik masala ekanligi ham takidlab o’tiladi.
Sho’rlanish va botqoqlanish qishloq xo’jalik yerlarining samaradorligini pasaytiradigan eng nomaqbul jarayonlar qatoriga kiradi. Mirishkor tumanining sug’orma dehqonchilikga asoslangan hududlarida yangi yerlarni o’zlashtirish va yer suv dan foydalanish jarayonida yo’lqoyilgan xatoliklar oqibatida sho’rlangan yerlarning miqdori ortib bormoqda. Ma’lumotlarga qaraganda O’zbekistondagi sug’oriladigan tuproqning 50 % i u yoki bu darajada sho’rlangan bo’lsa, Mirishkor tumanida bunday ko’rsatgich 60 % ga yaqin maydonni tashkil qiladi. Sho’rlanishga imkon beruvchi ioylashish o’rni, relefi, iqlimining quruqligi hisobga olinsa, Mirishkor tumanining sug’orma dehqonchiligidagi foydalanilayotgan yerlarning sho’rlanish darajasi ham, sho’rlangan ekin maydonlarining nisbati ham bir muncha yuqoriligi bilan harakterlanadi. Chunki bu yerdan Sichanko’l va janubiy kollektorning asosiy qismi tuman, tuman hududidan o’tadi. O’z-o’zidan tushunarliki, bu zavurlar va zax qochirish shaxobchalari yerlarning sho’rlanishiga ta’sir ko’rsatadi, chunki boshqa yerlardan oqib kelgan sho’r suv zovur qirg’oqlariga singib, sho’rlanishni kuchaytiradi. Qarshi bosh kanalining tarmog’i hisoblangan Mirishkor kanali va boshqa xo’jaliklararo sug’orish shahobchalarining ekin maydonlariga nisbatan balanddan o’tganligi yerlarning zahlanishi va sho’rlanishiga ta’sir etmay qolmaydi.
Ammo sho’rlanish ortishining bosh sababi, qurilgan melyoratsiya obektlarining ya’ni yer osti va yer usti kollektorlarining sifatsizligi, bularni o’tkazgan muhandis irrigatorlarning bu sohadagi malakasi pastligi va ularning tabiiy qismi bo’lgan yerlarning kelajagiga befarqligi, yer suvdan foydalanish dagi yer idoraviy va shahsiy manfatlarda ekanligini takidlash to’g’riroq bo’lsa kerak.
Ma’lumotlarga qaraganda Qarshi irrigatsiya zonasidan chiqadigan oqova va zax suvlari barcha zavur va zaxkashlarda to’planib, janubiy magistral kollektor orqali Sultondog’ botig’ida to’planib, 1982-yildan beri Chorjo’y shahridan yuqorida Amudaryoga qo’shiladi. Janubiy kollektor suv sarfi 1966-yildan, suvning minerallashuv arajasi 1968-yildan beri kuzatilmoqda. Umumiy barcha chiqayotgan suvlar 1981-yildan hisobga olinmoqda. Bu kollektorning o’rtacha suv sarfi 25-30 m3 bo’lib, noyabr, dekabir va yanvar oylarida eng kam 18-20 m3 dan, mart va iyul-avgust oylarida 40-25 m3 gacha ko’payadi. Suvning minerallashuv darajasi o’rtacha 7,7 g/l, bo’lib, eng ko’p avgustda (8,5 g/l), eng kam fevralda (6,4 g/l) kuzatiladi. Suv sarfining ko’payishi bilan mineralizatsiya darajalri orasidagi bog’liqlik yani suv sarfining ko’payishi bilan mineralizatsiya darajasining ortishi ayrim tadqiqotchilarning fikricha (Chembarisov, Baxriddinov, 1989), hozircha Bosh janubiy kollektorning ekspluatatsiya rejimi to’la stabillashmaganidadir. Chunki, Xorazim va Qoraqalpog’iston irrigatsiya mintaqalaridan chiqayotgan drenaj suvlarning miqdori ko’payishi bilan minerallashuv darajasi kamayib borishi ko’rsatadigan ma’lumotlar mavjud. Bizning nazarimizda, ekinlarning eng ko’p sug’orish davrida yer osti suvlarining pastga singishi tuproq tarkibidagi tuzlarni pastga haydaydi, shuningdek, ximiyaviy vositalarining (mineral o’g’itlar bilan oziqlantirishning) ko’plab qo’llanilishi minerallashuv darajasini oshiradi, suvning ko’payishiga suvdan foydalanish davridagi tejamkorlik (ya’ni joyaklar oxirida suvning oqava sifatida oqizilishi) ham suv sarfining ortishiga sabab bo’ladi. Bulardan tashqari bu yerda kollektor yon bag’rida hosil bo’ladigan tuzli qatlamlar suv ko’paygan vaqtida yuvilishi ham kollektor suvlaridagi minerallashuv darajasiga sabab bo’ladi. Chunki, Xorazm va Qoraqalpog’iston irrigatsiya mintaqalaridan qishda sho’r yuvish ishlari bajarilishi bilan kollektorlar yon bag’rida xosil bo’ladigan tuzli qatlamlar bir muncha yuvilib ketadi. Shu bois u yerlarning kollektoridagi suvning ko’payishi bilan minerallashish darajasi pastlashishi ham mumkin.
Shunday qilib Mirishkor tumanida yer resurslaridan foydalanishda uni tabiiy komplekslarining tarkibiy qismi sifatida qarash yuqorida ta’kidlab o’tilgan nomaqbul jarayonlarning kamroq bo’lishiga imkon beradi. Agrotexnika qoida-lariga to’g’ri amal qilish yerlardan kelgusida ham foydalanish uchun zamin yaratadi deb xulosa qilish mumkin.
Tabiiy resurslar orasida suv alohida o’rin tutadi. Chunki barcha tirik organizimlar hayotining asosiy manbai suvdir. Shuning uchun suv hayot manbai sifatida azaldan ezozlanib kelingan.
Dunyo suv resurslari instituti ma’lumotiga ko’ra okean va ko’llar yuzasidan bug’langan 41000 km3 suv quruqlik yuzasiga kelib tushadi. Shundan 27000 km3 suv daryo va yer osti suvi oqimi sifatida dunyo okeanlariga qaytib tushadi. Jahon miqyosida butun insoniyat faoliyati uchun 9000 km kub suv qoladi. Bu miqdordagi suv 20 mlliyard, kishini ta’minlash imkonini beradi. Biroq suv bilan ta’minlanish meyori turli mamlakatlarda turlicadir. Islandiyada yog’in ko’p tushganligi sababli va aholi sonining nisbatan kamligi tufayli kishi boshiga 68500 m3 suv to’g’ri kelsa AQSh da 2000 m3 ga yaqin suv, Gana mamlakatida esa 30 m3 suv to’g’ri keladi.
Chuchuk suv iste’moli turli mamlakatlarda turlicha bo’lishiga qaramasdan, barcha mamlakatlarda mavjud suv zahirlaridan asosiy foydalanuvchi qishloq xo’jaligi hisoblanadi. Chunki, dunyo miqyosida foydalanilayotgan chuchuk suv zahiralarining 73 %i ana shu maqsadlar uchun sarflanadi.
Xalqaro tashkilotlarning ma’lumotlariga ko’ra yer shari aholisining 40 % toza ichimlik suviga muhtojlik sezilmoqda. Mutaxasislarning fikricha 2025-yilga borib yer shari aholisining 5,5 milliyard ga yaqini chuchuk suv manbalariga muhtoj bo’ladi. Quriq iqlim sharoitida joylashgan hududlarda suv resurslaridan to’g’ri va oqilona foydalanish o’z yechimini kutayotgan dolzarb masalalardan biridir.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganlardan ko’rinib turibdiki, tabiatdan, jumladan, suvdan foydalanishni tartibga solish shu kunning muhim masallaridan biridir. Ayniqsa issiq iqlimli sharoitida yer yuzasi oqimlari shakillanmaydigan hududlarda, ya’ni ular o’zlarining suvga bo’lgan ehtiyojlarini qo’shni suv havzalaridan qondiradigan tumanlarda sug’orma qishloq xo’jalik ishlarini yuritishda, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalasi o’ta dolzarbdir.



Download 447 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling