O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik- iqtisodiyot instituti “ekologiya va mehnat muhofazasi” kafedrasi
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
XULOSA
XX asr poyonida xafsiz hayotni ta„minlash masalalari eng dolzarb muammoga aylanib qoldi, chunki ishlab chiqarishni yuqori taraqqiy et- gan texnologiyalar bilan ta„minlanishi, tabiiy rivojlanishdagi ayrim noxush vaziyatlarning murakkablashuvi aholi salomatligi, atrof-muhit tozaligi va iqtisodni barqaror rivojlanishiga xavf solib turibdi. Shuning uchun eng muhim vazifalar O‟zbekiston aholisi hayot faoliyatini va hududini turli xil vaziyatlardan muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni, ayniqsa fuqaro mehnati muhofazasini ta„minlash hisoblanadi.Respublikamiz birinchi Prezidenti I.Karimov „O‟zbekiston XXI asr bo‟sag‟asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari‟ asarida „Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan‟ deb e„tirof etgan edilar. „O‟zbekiston XXI asr ga intilmoqda‟ asarida birnchi Prezidentimiz vatanimizning yaxlitligi, aholi xavfsizligi tahdidi to‟g‟risida batafsil to‟xtab o‟tgan edilar. Oldingi asrda ikki qarama-qarshi siyosiy qarashlarning bir-biriga faol qarshiligi vaqtlarida butun aholi qatlami faqat zamonaviy qirg‟in qurollari va hujumkor vositalardan himoyalanish ruhida tarbiyalangan bo‟lsa, hozirgi vaqtda fuqaro muhofazasi yangi ijtimoiy-iqtisodiy zaru- riyat asosida shakllanmoqda, mamlakatimizni va aholini turli falokatlar va halokatlardan saqlash ularning mehnatini, yashashini muhofaza etish ruhida tarbiyalashga yo‟naltirilmoqda. Yuqoridagi vazifalarni hal qilishda O‟zbekiston mintaqasi uchun xos bo‟lgan tabiiy ofatlarni, ishlab chiqarish avariyalarini va yuzaga kela digan ekologik vaziyatlarni fuqaro hayot faoliyatidagi mehnat xavfsizli- gini chuqur tahlil etish natijasidagina har qanday vaziyatlardagi moddiy, ma„naviy yo‟qotishlar ko‟lamini qisqartirishga erishish mumkin. Bugunimiz va ertamizni Ollohning o‟zi yomon ko‟zlardan, baloqazolardan, ofat va falokatlardan asrasin, ezgu ishlarimizda madadlar bo„lsin! - deb birinchi 46 Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek hayo timizda beriladigan turli vaziyatda fuqaro muhofazasiga ham Ollohning o‟zi madadkor bo‟lsin deymiz. Inson va tabiat jamiyat o‟rtasidagi munosabatda ham, inson tabiat- ning qonunlari va undan kelib chiqadigan ko‟pgina hodisalarning oldida jamiyatlarning o‟rtasida yoki boshqa sabablardan kelib chiqadigan vaziyatlarda hozirda ojizlik qilishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling