O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik- iqtisodiyot instituti “ekologiya va mehnat muhofazasi” kafedrasi
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
bog’liq bo’lgan halokatli oqibatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish
chora-tadbirlari to’g’risida’ gi 201sonli qaroridir. Qarorda ko‟rsatilishicha, respublika davlat hokimiyat organlari tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va ularning oqibatlarini tugatish bora- sida muayyan tajriba orttirganlar. Shu bilan birga har yili sel, toshqin, o‟pirilish va ko‟chkilar tufayli yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlar katta vayronagarchiliklarga sabab bo‟ladi, respublika xalq xo‟jaligiga jiddiy zarar etkaziladi, ba„zan esa odamlarning o‟limiga sabab bo‟ladi. Masalan, qaror qabul qilingan vaqtda respublikada 400 ga yaqin aholi yashash joylari va 300 dan ortiq xalq xo‟jaligi ob„ektlari xavfli zonalar da joylashgan edi. Sel, toshqin oqimlarini talofatsiz oqizib yuborish, ko‟chki hodisa- larining oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi quyidagicha qaror qabul qildi: „Joylarda tabiiy ofatlarning oldini olish va ularning 20 oqibatlarini tugatish, shuningdek, odamlarning to‟liq xavfsizligini ta„minlash boyicha ishlarni tashkil etish uchun shaxsiy javobgarlik viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokim- lari, vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining zimmasiga yuklansin‟. Qarorda O‟zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‟mitasi tax- min etilayotgan tabiiy ofatlarni kataloglashtirish va pasportlashtirish asosida oldini olish chora-tadbirlarining asoslangan tizimini ishlab chi- qishi, selga, ko‟chkiga va shu kabilarga qarshi chora-tadbirlar birinchi navbatda loyihalashtirilishi lozim bo‟lgan hududlarni aniqlashi lozimligi alohida ta„kidlangan hamda turli vazirlik va idoralarning vazifalari aniq, ravshan ko‟rsatib berilgan.Favqulodda vaziyatlar vaziri huzurida har yili vazirliklar, idoralar, hokimiyatlar rahbarlari va favqulodda vaziyatlar boshqarma boshliqlari bilan toshqin, sel va ko‟chki xavfi mavsumiga tayyorgarlik boyicha yi- g„lishlar o„tkaziladi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat geologiya qo‟mitasi, Gidrometerologiya Bosh boshqarmasi xodimlari, mahalliy idora rahbarlari ishtirokida yer ko‟chkisi, suv va sel toshqinlari roy beradigan hududlar nazoratdan utkaziladi. Masalan,1999 yilda tekshirishlar natijasida baland tog„ hududlarida joylashgan 238 ta xavfli ko„llar, 46 ming m 2 hududdagi suv va sel toshqinlari roy bera digan joylar, 27 ming m 2 sel toshqinlarini yigish inshootlari,mingga yaqin suv va sel toshqinlari roy beradigan daryo, soylar aniqlangan. Joylardagi imkoniyatlardan biri muqobil xizmatchilari hisobiga ix- tiyoriy avariya-qutqaruv tuzilmalarini tashkil qilish,ularni zarur kiyimkechak, asbob- uskunalar bilan ta„minlash va umuman moliyaviy, mod- diy texnik zahiralarni to‟plash ishlarini tashkil qilish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Hal qilinmagan muammolar qatoriga ko‟chki va tosh- qin xavfli hududlaridan aholini ko‟chirish; sel kelishi holatlarini oldindan bilish; xavfli joylarda yangi qurilishga yo‟l qoymaslik; rahbar xodimlarni va aholini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash va shu sharoit- larda xavfli joylarda yashayotgan aholimizni ijtimoiy himoya qilish maqsadida sug‟urta tizimlaridan tula darajada foydalanish muammolari kiradi. 21 O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 18 yanvardagi 32-sonli O’zbekiston Respublikasida odamlar va hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi kurashni kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida’ gi qarori qabul qilingan. Bu qaror odamlar va hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi ku- rash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish, shuningdek aholi yashash joylarida it, mushuk va boshqa uy hayvonlarini saqlashni tartib- ga solish maqsadida qabul qilingan bo‟lib, unda jumladan shunday de- yiladi: qarovsiz qolgan it, mushuk va boshqa hayvonlarni tutish hamda qirib tashlash va ularni tayyorlov tashkilotlariga foydalanish uchun yetkazib berish vazifasi shaharlarda - O‟zbekiston Respublikasi Kom- munal xizmat ko‟rsatish vazirligiga, Qoraqolpog‟iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hamda O‟zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko„rsatish vazirligining joylardagi korxonalariga, qishloq joylarda - O‟zbekiston Respublikasi qishloq xo‟jaligi vazirligiga, uning veterinariya xizmati organlariga, o‟zini-o‟zi boshqarishning mahalla, ovul va shaharcha organlari (fuqaro lar yig‟ini) ga yuklansin. Qoraqolpog‟iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‟zbekiston Respublikasi qishloq xo‟jali- gi vazirligi va Kommunal xizmat ko‟rsatish vazirligi it tutish xizmatlari va brigadalarini, xo‟jalikda kerak bo‟lmagan hayvonlarni aholidan qabul qilib olish joylarini tashkil etish va mablag‟ bilan ta„minlash, ularni ixti- soslashtirilgan transport, yonilg‟i- moylash materiallari, hayvonlarni tu- tish qurollari bilan ta„minlash uchun sarfharajatlarni har yili mahalliy byudjetning xarajat qismida nazarda tutishlari; egasi bo‟lmagan itlarning royxatdan o‟tkazilishi va har yili majburiy qayta royxatdan o‟tkazilishi ni ta„minlashlari lozimligi ko‟rsatib berilgan. O‟zbekiston Respublikasi qishloq xo‟jalik vazirligi har yili itlarni quturishga qarshi majburiy emlashni; quturish kasalligi ko‟p uchrashi xavfi bo‟lgan hududlarda mushuklar va qishloq xo‟jaligi hayvonlarini quturishga qarshi profilaktik emlashni; quturishga qarshi samarali emlash vaksinalari zahirasi mavjud 22 bo‟lishini; hayvonlarning quturishi ustidan veterinariya nazorati tizimini tashkil etishni; hayvonlar quturgan joylarda ularning tarqalishiga yo‟l qoymaslik va tugatish yuzasidan veterinariya chora-tadbirlarining barcha majmuini o‟tkazishni, shuning- dek, yo‟q qilingan va nobud bo‟lgan hayvonlarni ko‟mib tashlashning sanitariyaveterinariya qoidalariga rioya qilinishini ta„minlashlari lozim. O‟zbekiston Respublikasi Sog‟liqni saqlash vazirligi hayvonlar tishlab olganda tibbiy yordamga, albatta murojaat qilishlari to‟g‟risida aholi o‟rtasida tushuntirish ishlarini olib borishlari; davolash-profilaktika muassasalarida quturishga qarshi vaksinalar va gammaglobulin zahira- lari mavjud bo‟lishini ta„minlashlari, quturishga qarshi yordam uchun murojaat qilgan barcha kishilarni zudlik bilan va to‟liq hajmda profilak- tik davolashlari lozim. Qarorga aholi yashash joylarida it, mushuk va boshqa hayvonlarni saqlash qoidalari ilova qilingan bo‟lib, u 3 ta bo‟limdan iborat: 1 bo‟lim - „Umumiy qoidalar‟, 2 bo‟lim - It, mushuk va boshqa uy hayvonlari egalarining burchlari‟ va 3 bo‟ lim - Davlat organlari va hududiy jamo atchilik o‟zini-o‟zi boshqarish organlarining burchlari‟ deb nomlanadi. Birinchi bo‟limda sotib olingan itlar majburiy royxatdan o‟tkazi- lishlari shartligi va har yili qayta royxatdan o‟tkazilishi lozimligi ko‟r- satib o‟tilgan. Ko‟p qavatli uylarning alohida kvartirasida yon qo‟shnilar ning roziligi bilan, kommunal kvartirada esa - ushbu kvatirada yashov- chilarning roziligi bilan bitta it va bitta mushuk saqlashga ruxsat beriladi. Respublika hududidagi barcha itlar, ular kimga qarashli ekanligidan qat„iy nazar, zarur hollarda esa mushuklar ham, quturishning oldini olish uchun quturishga qarshi vaksinani qo‟llash boyicha yo‟riqnomada ko‟zda tutilgan tartibda kasallikning oldini oluvchi ana shu vaksina bilan emlanishi shart. It, mushuk va boshqa uy hayvonlari egalarining burchlari: - itlarni veterinariya muassasalarida royxatdan o‟tkazishga va qayta royxat dan o‟tkazishga; - uy hayvonlarining umum foydalanish joylarni iflos qilishiga yo‟l qoymaslikka; 23 - it odamlarni yoki hayvonlarni tishlagan taqdirda uni darhol tek- shirish va 10 kun muddat ajratib qoyish uchun veterinariya muassasasiga olib kelishga hamda birinchi va takroriy veterinariya ko‟rigi haqidagi ma„lumotnomani veterinariya muassasasidan olishga va uni tezda tishlashdan jabrlangan shaxsga topshirishga majburdirlar. Qoidalarni buzgan fuqarolarga jarima solinadi, qoida takroran buzilgan taqdirda esa, agar ushbu qoida buzishlar jinoiy javobgarlikka olib kelmasa, ularning hayvonlari olib qoyiladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling