O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik- iqtisodiyot instituti “ekologiya va mehnat muhofazasi” kafedrasi
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
tkip0
**Smaks20 , mg/m 3 LC 50 , mg/m 3 PDK, mg/m 3 KVIO Xavflilik sinfi 42 Xlor -34,0 19640000 360 1,0 54560 Favqulodda xavfli Ammiak -33,0 5800000 4500 20,0 1290 Favqulodda xavfli Oltingugurt angidrid -10,1 8390000 1580 10,0 5310 Favqulodda xavfli Fosgen 8,2 6400000 100 0,5 64000 Favqulodda xavfli Etilen oksidi 10,7 11985000 1500 1,0 1320 Favqulodda xavfli Ftorli vodorod 19,9 1875000 400 0,5 400 Favqulodda xavfli Oltingugurt uglerod 46,0 1255000 30000 1,0 72 Favqulodda xavfli Sinil kislotasi 26,0 952000 50 0,3 50 Favqulodda xavfli * t kip 0 - qaynash harorati; ** Smaks 20 - gazning maksimal konsentratsiyasi. Bularga asosan o‟lat, xolera, sibir kuydirgisi, botulizm va boshqa- lar kiradi. O‟lat kasalida, odam juda ko‟p terlaydi, yo‟taladi, yuqori harorat beradi va ko‟krak qismlari og‟rib, umumiy kuchi va xayoli yo‟qoladi va tez kunda o‟limga olib boradi. Biologik, terroristik aktlarni sodir etilishi ehtimoli ham mavjud. Ular tomonidan ishlatiladigan biologik vositalar tavsifi 3.3 jadvalda kel- tirilgan. 3.3- Jadval Bioterrorizmni ehtimolli biologik vositalari tavsifi Baholash mezonlari BV guruhi BV turlari Inkubatsiya davri Tez ta„sir etuvchi Zaharli botulizm Sekin ta„sir etuvchi O‟lat, sibir yarasi, tulyameriya, venesuella ensefalomisliti, sariq lixoradka, melioidoz 43 Keyin ta„sir etuvchi Brutsellez, tif, ospa, ku lixorodka Talofat og‟irligi Halok ettiruvchi ta„sir O‟lat, sibir yarasi, sariq lixoradka, ospa, botulism Faoliyatni vaqtinchalik to‟xtatadigan Venesuella ensefalomisliti, tulyaremiya, brutsellez, ku lixoradka, melioidoz Kontagioz O‟lat, ospa Yuqumliligi Nokontagioz Sibir yarasi, tulyaremiya, ku lixoradka, brutsellez, botulizm, melioidoz Qo‟zg‟atuvchini tashqi muhitga chidamliligi Chidamsiz O‟lat, venesuella ensefalomislit, sariq lixoradka, botulism Nisbatan chidamli Melioidoz, brutsellez, tulyaremiya, tif, ospa Yuqori chidamli Sibir yarasi, ku lixoradka Xolera-kasalligida, xolera vibrioni natijasida, ich ketishi, qayt qilishi va tomirlarning tortishi yuz beradi. Odam juda tez oriqlaydi, harorati 35,1 0 S ga pasayadi va tez kunda o‟limga olib boradi. Sibir kuydirgisi – terida, nafas yo‟llarida va oshqozonda bo‟lib, un- da avvalo dog‟ paydo bo‟ladi, so‟ng pufakchaga aylanadi va uning ichi- da qonli suyuqlik yig‟ila boshlaydi. Tez orada pufakcha yorilib yara bo‟ladi, yara qora bo‟lib atrofida qoramtir shishlar bo‟ladi. Bunda xarakterli tomon shundaki, odam hech qanday og‟riq sezmaydi Botulizm – bu toksinlar bilan zaharlanganda paydo bo‟ladigan ka- sallik bo‟lib, ko‟p holda o‟limga olib boradi.Ko‟p holda yuqorida keltirilgan ommaviy qirg‟in qurollari kompleks ravishda qo‟llanilishi mumkin. Agarda, urush bo‟lib, unda ommaviy qirg‟in qurollari qo‟llanilsa, bu urush ommaviy qirg‟in urush bo‟lib, juda kichik muddatda millionlab begunoh odamlar o‟lishi mumkin. Ayniqsa, bu urushda na front bo‟ladi, noaniq dushman joyi bo‟ladi, 44 chunki yuqorida ko‟rsatilganidek urush qurollari havoda ham, suvda ham hattoki er ostida ham,yer shari va che- gara bilmas osmonning xohlagan erida bo‟lishi mumkin. Shuning uchun, bunday urushda nafaqat qurolli kuchlari, balki tinch aholi, ular yashab turgan hududlar butkul vayronaga aylanishi mumkin. Agarda bu urushda tezlik bilan fuqaro muhofazasi tashkil etilmasa, juda ko‟p aholi, ayniqsa aholi zich yashayotgan hududlarda juda ko‟p odamlar o‟lishi, talofat ko‟rishi mumkin. Xuddi shunday, katta talofat sanoatli shaharlarda, siyosiy- ma„muriy va madaniy markazlarda bo‟lishi mumkin. Qishloq xo‟jalik rayonlarida radioaktiv qoldiqlar, zaharlovchi moddalar va bakteriologik infeksiya tarqatuvchi turli mikroblar tarqalishi mumkin.Shuning uchun, bo‟lajak raketa-yadroviy, kimyoviy, bakteriologik urushida kamroq talofat ko‟rish maqsadida, hududimizning barcha yerlarida FM ni tashkillashtirish lozim bo‟ladi. Shulardan kelib chiqqan holda, fuqaro muhofazasi, bu umum davlat muhofaza ishlari bo‟lib, tinchlik paytida ham davlatimiz bunga katta e„tibor berayapti. Bunda aholini ommaviy qirg‟in qurollaridan himoya qilishda, max- sus ishlar olib borilishi, maxsus qurilmalar qurilishi, xalq xo‟jaligi ob„- yektlari ishini harbiy holat vaqtida mustahkam ishlashni ta„minlash, turli muhandis-texnikaviy tashkiliy ishlarni bajarish kerak bo‟ladi. Chunki bu bilan ommaviy qirg‟in urush ta„sirini maksimal darajada kamaytirish, dushmanning hujumidan kelib chiqqan oqibatlarni bartaraf etish sharoitini yaratish lozim bo‟ladi. Umumiy urush o‟chog‟ida va talofat zonalarida zudlik bilan qutqaruv, avariya-tiklash ishlarini olib borish, fuqaro muhofazasi ishlarining asosiylaridan hisoblanadi.Fuqaro muhofazasi ishlab chiqarish hududlari prinsipi boyicha tuziladi, bunda xalq xo‟jaligining har bir ob„yekti boyicha ham, alohida tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo‟ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling