O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik- iqtisodiyot instituti “ekologiya va mehnat muhofazasi” kafedrasi
O‟zbekistonda fuqaro muhofazasining huquqiy asoslari
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1.1. O‟zbekistonda fuqaro muhofazasining huquqiy asoslari. Fuqarolik jamiyat qurar ekanmiz hamma sohalarda, hayotimizda qonun ustuvorligini ta„minlashimiz zarur hisoblanadi. Mustaqilligimizning birinchi kunlaridan yurtimiz fuqarolarining fuqaro muhofazasi boyicha uning qonuniy asoslari ishlab chiqildi. Fuqaro muhofazasining huquqiy, qonuniy asosini O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‟zbekiston Respublikasi 8 Prezidentining Farmonlari, O‟zbekiston Repsublikasi qonunlari, Vazirlar Mahka- masining qarorlari va turli vazirliklarning ko‟rsatmalari va buyruqlari tashkil etadi. Fikrimizning to‟laligini 1.1- rasmda keltirilgan mavjud huquqiy va me„yoriy hujjatlarning umumiy turlaridan ko‟rish mumkin. Albatta, ushbu turlarga bo‟llash, mavjud huquqiy-me„yoriy hujjat lar asosida bajarilgan bo‟lib, bunda eng asosiy turlari keltirilgan. Mustaqillik kunlaridan boshlab yurtimizda yaratilgan huquqiyme„yoriy hujjatlarning asosiylarini ko‟rib chiqamiz. Vatanimiz Prezidenti tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat tufayli inson manfaati, inson qadriyati eng oldingi o‟rindadir. Asosiy Qonunimiz bo‟lgan O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosi- ni ham inson, uning qadr- qimmati, salomatligi tashkil etadi. Insonning hayoti, yashashga bo‟lgan huquqi Konstitutsiya bilan muhofaza qilinadi.Ma„lumki, mustaqil O‟zbekiston Respublikasi 1992 yil 8 dekabri- da o‟zining birinchi demokratik Konstitutsiyasini e„lon qildi. Asosiy Qonunimizda xavfsizlik, fuqarolar muhofazasi masalalari- ga ham o‟rin berilgan. O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93moddasida shunday deyiladi: O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiya) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta„minlashni ko‟zlab, O‟zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi, qabul qilgan qarorini uch kun mobaynida O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasdig‟iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi. Oliy Majlisining vakolatlariga O‟zbekiston Respublikasi Preziden- tining umumiy yoki qisman safarbarlik e„lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning muddatini uzaytirish va to‟xtatish to‟g‟risidagi farmon- larini tasdiqlash kiradi (78- modda). Mahalliy hokimiyat organlarning Konstitutsiyamiz tomonidan belgilangan vazifalari qatoriga jumladan quyidagilar kiradi: 9 - qonuniylikni, huquqiy-tartibotini va fuqarolarning xavfsizligini ta„minlash; - mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliq- lar, yig‟imlar belgilash, byudjetdan tashqari jamg‟armalar hosil qilish; - atrof- muhitni muhofaza qilish (100modda). Konstitutsiyada eng avvalo inson huquqlarini himoya qilish ko‟rsa- tilgan bo‟lsa, shu bilan bir qatorda iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar ham himoyalanishi asoslab berilgan. Konstitutsiyaning IX bobi iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni himo- yasiga qaratilgan. 36-moddada „Har bir shaxs qonunda ko‟rsatilgan tartibda mehnat qilish, erkin kasb tanlash, odilona sharoitlarda mehnat qilish va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir‟ deyilgan va uning davomida „Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‟tash tartibidan yoki qonunda ko‟rsatilgan boshqa hollardan (harbiy xizmat chog‟ida, favqu lodda holat sharoitida va h.k.) tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi‟ deyilgan.1-rasm Konstitutsiyaning 37- moddasida “Barcha yo‟llanib ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to‟lanadigan mehnat ta„tilining 10 muddati qonun bilan belgilanadi‟ deb, fuqarolarning dam olish huquqini amalga oshirilishini ta„minlaydi. 38-moddada „Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‟qotganda, shuningdek boquvchisi- dan mahrum bo‟lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta„minot olish huquqiga ega, xuddi shuningdek pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori rasman belgi- lab qoyilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‟lishi mumkin emas‟ deb fuqarolarimizning hayot xavfsizligi ta„minlangan. 39-moddada „Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega‟ deb tibbiyot xizmati hech bir cheklanishlarsiz, turlituman tibbiyot xizmati korxonalari tashkil etilishi va jumladan, malakali tibbiyot xodimlari o‟z shaxsiy davolash muassasalariga ega bo‟lishi, da- volash sohasida raqobat vujudga kelishi bilan Respublikamizda yashov- chilar malakali tibbiyot xizmatidan foydalanish imkoniyati ta„minlandi. So‟nggi yillarda Oliy Majlis tomonidan yangi asrda aholining xavfsizligini kafolatlovchi, fuqarolar mas„uliyati va jamiyat taraqqiyoti- ning huquqiy zaminini belgilovchi bir nechta qonunlar qabul qilingan. „Gidrotexnik inshootlar xavfsizligi to‟g‟risida‟, „Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish to‟g‟risida‟, „Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‟g‟risida‟, „Fuqaro muhofa- zasi to‟g‟risida‟gi, „Qishloq xo‟jalik o‟simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‟tlardan himoya qilish to‟g‟risida‟, „Radiatsiya viy xavfsizlik to‟g‟risida‟, „Terrorizmga qarshi kurash to‟g‟risida‟gi qonunlar shular jumlasidandir. Yuqorida sanab o‟tilgan qonunlar ichida 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyat- li favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‟g‟risida‟gi qonun faqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi asosiy hujjatlardan biri hisoblanadi. Qonun 5 ta bo‟lim va 27 moddadan iborat bo‟lib, ular mantiqan aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish muam molarining mohiyatini ochib beradi. 11 I bo‟lim - „Umumiy qoidalar‟ deb nomlanib o‟z ichiga 1-5 moddalarni oladi. Ularda qonunning asosiy maqsadi favqulodda vaziyatlar boyicha asosiy tushunchalar, qonun hujjatlari, muhofazaning asosiy prinsiplari va axborot qanday bo‟lishi lozimligi ko‟rsatib berilgan. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning asosiy tamoyillari insonparvarlik, inson hayoti va sog‟ligining ustuvorligi: oshkoralik; axborotning o‟z vaqtida berilishi va ishonchli bo‟lishi; favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish choralarining oldindan ko‟rilishidan iborat. II bo‟lim – „Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni ta„minlash tizimi‟ 6-14-moddalar. Unda muhofaza tizimini tashkil etuvchi organlar, ularning vazifalari haqida so‟z yuritiladi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi, Vazirlar Mahkamasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlarining vakolatlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning majburiyatlari belgilab berilgan, ilk bor fuqarolar o‟zini o‟zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalarining ishtiroki ko‟rsatilgan. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boyicha maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi Favqulodda vaziyatlar vazirligining vazifalari 8-moddada keltirilgan. Fuqarolarning huquq va majburiyatlari‟ deb nomlanuvchi III bo‟lim 15-19- moddalarni o‟z ichiga oladi va qonunning asosiy bo‟limi hisoblanadi. Chunki, ushbu qonun umuman aynan insonni, uning hayoti- ni, salomatligini va shaxsiy mulkini muhofaza qilishga qaratilgan. Bu bo‟limda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari uzviy birlikda ko‟rib chiqilgan. Bo‟limning 18-19-moddalari mutaxassislarni favqulodda vaziyat larda harakat qilishga tayyorlash va muhofaza sohasidagi bilimlarning targ‟iboti masalalariga bag‟ishlangan. 20-25-moddalar qonunning IV bo‟limini tashkil etadi. Bu bo‟lim „Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish‟ga bag‟ishlangan bo‟lib, favqu- lodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zarur bo‟lgan kuch va vositalar, favqulodda vaziyatlar roy 12 bergan zonalar chegarasi, qo‟shimcha kuch va vositalar qaerdan olinadi kabi savollarga javob beradi. Yakunlovchi qoidalar‟ deb nomlanuvchi V bo‟lim moliyaviy va moddiy resurslarning zahiralarini barpo etish va ularning foydalanish tartibini belgilaydi. Bu erda shuningdek, aholini va hududlarni favqulod- da vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonunini buzganlik uchun tashkilotlar, mannsabdor shaxslar va fuqarolar javobgar bo‟lishlari ta„kidlab o‟tilgan. Ma„lumki, Respublikamizda mavjud bo‟lgan gidrotexnik inshoot- larda avariya halokati yuz bergudek bo‟lsa, aholi hududlarimizda ma„- lum miqdorda xavf tug‟dirishi mumkin.Shu sababli Oliy Majlisining XV sessiyasida qabul qilingan qonunlardan yana biri „Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‟g‟risida‟ deb nomlanadi. Qonun 15 moddadan iborat. Ushbu qonunning maqsadi gidrotexni- ka inshootlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ularni rekonstruksiya qilish, konservatsiyalash va tugatishda xavfsizlikni ta„- minlash boyicha faoliyatni amalga oshirishda yuzaga keladigan muno- sabatlarini tartibga solishdan iborat. Qonunning 15 moddasida gidrotexnika inshootlarning xavfsizligi to‟g‟risi da qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‟lgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‟lishlari belgilab qoyilgan. O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2000 yil 26 mayda qabul qilingan „Fuqaro muhofazasi to‟g‟risida‟ gi qonun Aholi- ni va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyat- lardan muhofaza qilish to‟g‟risida‟gi qonundan farqli o‟laroq harbiy harakatlar olib borish davri masalalariga bag‟ishlangan. Ushbu qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirish ning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakolatlarini O‟zbekiston Respublikasi fuqarolarning huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilaydi. Qonun 5 bo‟lim va 23 moddadan iborat. I bo‟lim – „Umumiy qoi- dalar‟ - beshta moddani o‟z ichiga olib, bu moddalarda fuqaro muhofa- zasining asosiy 13 tushunchalari, vazifalari, qonun hujjatlari, ushbu qonunni buzganlik uchun javobgarlik va xalqaro hamkorlik to‟g‟risida ma„lumot lar berilgan. Qonunning 4-moddasi fuqaro muhofazasi qonun hujjatlarini buz- ganlikda aybdor shaxslar javobgar bo‟lishlarini belgilab beradi. Fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish, davlat organlarini va tash- kilotlarining fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari‟ deb nomlangan II bo‟lim 7 ta moddadan iborat bo‟lib, 6-12-moddalarni o‟z ichiga oladi. Bo‟limning asosiy maqsadi fuqaro muhofazasiga rahbarlikni amalga oshiruvchi fuqaro muhofazasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlari, tashkilotlar, fuqarolar ning o‟zini-o‟zi boshqarish organlarining vazifalari nimalardan iborat degan savollarga javob berishdan iborat. 6-moddada O‟zbekiston Respublikasida fuqaro muhofazasiga umumiy rahbarlik O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishliligi va O‟zbekiston Respublikasi Bosh vaziri mamlakat fuqaro muhofazasi boshlig‟i hisoblanishi ko‟rsatilgan. Qoraqolpog‟iston Res- publikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari, vazirlik, idoralar va tashkilotlar rahbarlari tegishlicha fuqaro muhofazasi boshliqlari hisoblanadilar. Fuqaro muhofazasi sohasidagi fuqarolarning huquq va majburiyat- lari III bo‟limda keltirilgan. Fuqarolar o‟z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish uchun fuqaro muhofazasi sohasida etarli bilimga ega bo‟lishlari zarur. Shu sababli ham ularni fuqaro muhofazasi sohasida o‟rgatish 16-modda bilan umumiy va majburiy deb belgilab qoyilgan. IV bo‟lim – „Fuqaro muhofazasi xizmatlari va muhofaza kuch- lari‟ - fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur xiz matlar va kuchlar, tuzilmalarning tarkibini aniqlab beradi.18 yoshdan 60 yoshgacha bo‟lgan erkaklar,18 yoshdan 55 yoshga- cha bo‟lgan ayollar ba„zi hollarni mustasno qilgan holda fuqaro muhofa- zasi tuzilmalari tarkibiga qabul qilinadilar va qidiruv ishlarini olib borish, tibbiy yordam ko‟rsatish, yong‟inlarning tarqalishiga yo‟l qoy- maslik, jamoat tartibini saqlash kabi tuzilmalar tarkibida harakatga qoyiladilar. V bo‟lim „Fuqarolar muhofazasini moliyaviy ta„minlash. Fuqarolar muhofazasi ob„ektlari va mol-mulki‟ deb nomlangan. Bu bo‟limda fuqarolar muhofazasini 14 moliyalash, fuqaro muhofazasi qo‟shinlarining asosiy fondlari, ob„ektlari va mol- mulki masalasi ko‟rib chiqilgan. O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2000 yil 31 avgustda qabul qilingan qonunlar orasida “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‟g‟risida”gi qonun alohida o‟rin tutadi. Ushbu qonunning maqsadi radiatsiyaviy xavfsizlikni fuqarolar hayoti, sog‟lig‟i va mol-mulki, shu- ningdek, atrof-muhitni muhofaza qilishni ta„minlash bilan bog‟liq muno- sabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu qonun 5 bo‟lim va 28 moddadan iborat bo‟lib, ularda aso- siy tushunchalarga ta„rif berilgan, radiatsiyaviy xavfsizlikni tartibga solish, radiatsiyaviy xavfsizlikni ta„minlashga quyiladigan talablar, radi- atsiyaviy avariya sodir bo‟lganda radiatsiyaviy xavfsizlikni ta„minlash kabi masalalar ko‟rib chiqilgan. Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta„minlashga doir talablar‟ III bo‟lim da (12-22- moddalar) keltirilgan. Oxirgi vaqtlarda yuzaga kelgan ayrim vaziyatlar Respublikamiz hududida terroristik aktlar ham sodir bo‟lishi mumkin ekanligini ko‟rsatib berdi. Respublikamiz hukumati aholi xavfsizligini ta„minlash uchun 2000 yil 15 dekabrda „Terrorizmga qarshi kurash to‟g‟risida‟ gi qonunni qabul qildi. Qonun „Umumiy qoidalar‟, „Davlat organlarining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari‟, „Terrorchilikka qarshi operatsiya- ning o‟tkazilishi‟, „Terrorchilik harakati oqibatida etkazilgan zararni qoplash va jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiya‟ hamda „Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan shaxslarning huquqiy va ijtimoiy muhofazasi‟ deb nomlanuvchi 5 bo‟limdan iborat bo‟lib, 31 moddani o‟z ichiga oladi. Respublikamiz hukumati tomonidan Favqulodda Vaziyatlar Vazir- ligi tashkil topgan kundan e„tiboran aholi xavfsizligini kafolatlovchi, fuqarolar mas„uliyati va jamiyat taraqqiyotining huquqiy zaminini belgilovchi bir qancha qaror va me„yoriy hujjatlar qabul qilindiki, ular o‟z navbatida favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini oydinlashtirib berishga qaratilgandir. Bu hujjatlar jumlasiga O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar 15 Mahkamasining qarorlari va Favqu- lodda vaziyatlar vazirining har o‟quv yiliga qabul qiladigan tashkiliy ko‟rsatmalari ham kiradi. Quyida shu hujjatlar bilan qisqacha tanishib chiqamiz. O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 11 apreldagi 143-sonli O‟zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to‟g‟risida‟ gi qarorida O‟zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to‟g‟risidagi Nizom va uning tuzilmasi to‟g‟risida so‟z yuritilgan. O‟zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro muhofazasi, avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar tufayli vujudga kel- gan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini barta- raf etish sohasidagi ishlarga rahbarlikni hamda ularni muvofiqlashtirib borish ishlarini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. O‟zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarkibi- da Vazir (hay„at raisi), lavozimi boyicha vazir o‟rinbosarlari, Vazirlik ning hamda unga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek boshqa vazirliklar va idoralarning rahbar xodimlari bo‟lgan 9 kishidan iborat hay„at tuzilgan. O‟zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakolati ga kiritlgan muhim muammolarga oid tavsiyanomalarni ko‟rib chiqish va tayyorlash uchun O‟zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzurida ilmiy- texnika kengashi tashkil etilgan. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling