O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik- iqtisodiyot instituti “ekologiya va mehnat muhofazasi” kafedrasi
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga oid huquqlar
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1.2 Favqulodda vaziyatlar vazirligiga oid huquqlar Favqulodda vaziyatlar vazirligiga quyidagi huquqlar berilgan: -vazirliklar, idoralar, uyushmalar, Qoraqolpog‟iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, mulk- chilik shakllaridan qat„iy nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar bajarishi majburiy bo‟lgan fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlar, avariyalar va halokatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish boyicha ishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirib borish uchun zarur bo‟lgan 16 qarorlarni belgilan gan tartibda, o‟z vakolati doirasida qabul qilish va ularning bajarilishini nazorat qilish; -vazirliklar, idoralar, uyushmalar, Qoraqolpog‟iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklardan, mulkchilik shakllaridan qat„iy nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan Vazirlikka yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‟lgan axborot va ma„lumotlarni belgi- langan tartibda talab qilish va olish; -vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va ob„ektlarni o‟z vakolatiga taalluqli masalalar boyicha tekshirishlarni belgilangan tartib da o‟tkazish; -mamlakatimiz va chet el mutaxassislarini hududlarni, xavf-xatar mavjud bo‟lgan ob„ektlar va ishlab chiqarishlarni davlat ekspertizasidan o‟tkazishga jalb etish; -avariya-qutqaruv texnikasini yaratish, avariya va halokatlardan zarar ko‟rgan aholini va hududlarni sog‟lomlashtirish va tiklashga doir ishlarni amalga oshirish yuzasidan ish bajaruvchilar (firmalar), shu jumladan xorijlik ish bajaruvchilar (firmalar) bilan belgilangan tartibda kontrakt (shartnoma) lar tuzish; Qoraqolpog‟iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar bilan kelishilgan holda boshqa sohalardagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini amalga oshirish uchun doimiy tayyorgarlikning zarur hududiy kuchlari va vositalarini jalb etish to‟g‟risida qarorlar qabul qilish. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimini mablag‟ bilan ta„minlash harajatlarini O‟zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag‟lari hiso- bidan amalga oshiriladi. Ushbu qaror bilan fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boyicha rahbar xodimlar tayyorlash respublika markazi O‟zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi institutiga aylantirildi. O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasining 1997 yil 23 dekabrdagi 558-sonli „O‟zbekiston Republikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) to‟g‟risida‟ gi qarori qabul qilindi. FVDT boshqaruv organlari, Respublika va mahalliy hokimiyat organlarini, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlarda himoya qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan korxonalar va muassasalar- ning kuch va vositalarini 17 birlashtiradi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi tadbirlarni tashkil etish va amal ga oshirish, ular yuzaga kelganda aholi xavfsizligini atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish hamda tinchlik va harbiy davrda davlat iqtisodiyotiga zararni kamaytirishni ta„minlashga mo‟ljallangan. Qarorda FVDTning vazifalari, tarkibiy tuzilmasi, FVDT rahbar va kundalik boshqaruv organlari, kuch va vositalari, moliyaviy va moddiy resurslar zahiralari, xabar berish, aloqa, boshqaruv tizimlari, faoliyat rejimlari keng, aniq va ravshan yoritib berilgan. FVDT boshqaruv organlarining Respublika, mahalliy va ob„ektlar darajasidagi vazifalari belgilangan. Qarorga FVDT funksional quyi tizimini tashkil etuvchi vazirlik va idoralar royxati ilova qilingan bo‟lib, ulardan har birining favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalari keltirilgan. O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktabrdagi 455-sonli „Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tavsifi to‟g‟risida‟ gi qarori qabul qilindi. Qarorda O‟zbekiston Respublikasi hududida sodir bo‟lishi mum- kin bo‟lgan barcha favqulodda vaziyatlar kelib chiqish harakteri va ko‟lamiga ko‟ra tasniflab berilgan. Favqulodda vaziyatlar haraketriga ko‟ra uch turga – tabiiy, texno- gen va ekologik favqulodda vaziyatlar, ko‟lamiga ko‟ra to‟rtga – lokal, mahalliy, Respublika va transchegaraviy favqulodda vaziyatlarga bo‟li nadi. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimida kadrlar tayyor- garligi masalasi muhim o‟rin tutadi. Aholi va rahbarlar tarkibini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash masalalari „O‟zbekiston Ruspublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga, tayyorlash tartibi to‟g‟risida‟ gi 427-sonli qarorida bayon qilib berilgan. O‟qitish ma„yorlari Bosh vazirning yillik tashkiliy ko‟rsatmalarida aniqlab beriladi. Qarorda begilanishicha, O‟zbekiston Respublikasi fuqarolarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash mulkchilik shak- lidan qat„iy nazar korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda, shu ningdek yashash joyida ularning 18 yoshlari va ijtimoiy guruhlari boyicha o‟tkazilishi lozim. Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish boyicha tayyorgarlikdan o‟tgan fuqarolarimiz muhofazalanishining qoidalari va asosiy usullarini birinchi tibbiiy yordam ko‟rsatish usullarini, jamoa va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini bilishlari zarur.Rahbar xodimlar esa favqulodda vaziyatlardan aholini muhofaza qilish boyicha harakat qilishga tayyorgarlikdan va qayta tayyorgarlik- dan o‟tishlari lo zim.Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash sohasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi bir nechta vazirliklar – Xalq ta„limi va zirligi, Oliy va o‟rta maxsus ta„lim vazirligi, Sog‟liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda faoliyat ko‟rsatishi lozim. Favqulodda vaziyat- lardan muhofaza qilish sohasidagi bilimlar aholi o‟rtasida keng tashviqot qilinishi lozim. O‟quv dasturlari ishlab chiqilishi, o‟quv qo‟llanamalari, darsliklar tayyorlanishi talab etiladi. Tayyorgarlik ishlarini olib borishni samarali tashkil etish maqsadi- da har bir o‟quv yiliga Bosh vazirning tashkiliy ko‟rsatmalari qabul qili- nadi. Jumladan, „Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida tayyorlash yuzasidan har o‟quv yiliga mo‟ljallangan tashkiliy ko‟rsatmalar‟da shunday belgilangan: aholini, rahbarlar tarkibini, har- biylashmagan tuzilmalarni O‟zbekiston Respublikasi hududida tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, hamda ularni tugatish ishlariga tayyorlash saviyasini oshirish, shuningdek favqulodda vaziyatlarni profilaktika qilish, oldini olish va tugatishga rahbarlik qilish usullarini takomillashtirish, o‟tkazish, tayyorlashning asosiy maqsadi hisoblanadi. Shuning bilan birga ishchi va xizmatchilarning bilim darajasi va amaliy tayyorgarligi zamon talablariga javob berishi lozim. Asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi: - aholiga favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hattiharakat- lari qoidalarini va asosiy usullarini, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‟rsatish yo‟llarini, jamoa va shaxsiy muhofaza vositalaridan foydala- nish qoidalarini o‟rgatish; - boshqaruvning barcha darajalaridagi rahbarlarni favqulodda vaziyatlardan aholini muhofaza qilish harakatlariga tayyorlash va qayta tayyorlash; 19 - korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlarida va boshqa mutaxassislarida qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarini o‟tkazish kuchlari va vositalarini tayyorlash va boshqarish ko‟nikmalari hosil qilish; - favqulodda vaziyatlardagi o‟z funksional vazifalarini amalda o‟zlashtirib olishlari. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun umumiy o‟rta ta„lim muassa- salari, kasb -hunar kollejlari, akademik litseylar, oliy o‟quv yurtlari, korxona, tashkilot va muassasalarda, shuningdek aholi manzilgohlarida alohida dastur asosida tayyorgarlik ishlari olib borilishi zarurligi ta„kidlanib, o‟rganilishi lozim bo‟lgan mavzular ning taxminiy royxat- lari keltirib o‟tilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgunga kadar ham aholi salomatligini ta„minlash, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalariga katta ahamiyat berilgan. Bu borada res- publikamiz hukumati tomonidan bir nechta qarorlar qabul qilingan. Ulardan biri O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 apreldagi „Toshqin, sel oqimlarini oqizib yuborish va ko’chki hodisalari bilan Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling