O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik- iqtisodiyot instituti “ekologiya va mehnat muhofazasi” kafedrasi


Hozirgi zamon urushining xususiyatlari va undagi fuqaro


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana04.02.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1164756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
 
2.2. Hozirgi zamon urushining xususiyatlari va undagi fuqaro 
muhofazasi 
Zamonaviy urush qurollari XX asrda yaratilib o‟z rivojini topdi va XXI asrda 
ham ularni takomillashtirish, yangi-yangi turlarini yaratish uchun katta ishlar olib 
borilayapti.Hozirgi zamon talofat berish vositalari turlari rasm-10.1da berilgan. Ular 
qaerda joylashganligi, qanaqa qurollar tipi ekanligi bilan ajraladi. Biz bulardan 
ommaviy qurollarni ko‟rib chiqamiz.Haqiqatdan ham zamonaviy urushning eng 
xavfli vositasi bu ommaviy qirg‟in qurollari hisoblanadi va ular o‟tgan asrning 
ikkinchi yarmida juda ko‟plab ishlab chiqildi.Ommaviy qirg‟in qurollariga yoki 
juda katta talofat beruvchi qurollarga: yadroviy, kimyoviy va bakteriologik 
(biologik) qurollar kiradi. Ilm, fan va texnikaning rivojlanishi bilan bu qurollar ham 
rivojlanib, yangi prinsipdagi qurollar paydo bo‟ldi, bunga infratovushli, radiologik, 
nurli, etnik va h.k.kiradi.
Yadroviy qurollar, yadroviy bombadan, uni eltuvchi vosita va boshqaruv 
sistemasidan tuzilgan bo‟ladi.
Uning ta„siri uran va plutoniy ba„zi izotoplari og‟ir yadrolarining zanjirli 
parchalanish reaksiyasi yoki engil yadrolar–vodorodning deyte- riy, tritiy 
izotoplarining issiqlik yadro sintezi reaksiyasi natijasida ajralib chiqayotgan ichki 
yadro energiyasidan foydalanishga asoslangan.Bularning quvvati oddiy portlovchi 
modda trotil ekvivalenti bilan o‟lchanadi. Trotil ekvivalenti tonna, kilotonna va 
megatonnalarda o‟lchanadi. Yadroviy qurollar o‟zining quvvati boyicha:o‟ta kichik 
(quvvati 1 kt gacha); kichik (1-10 kt); o‟rtacha (10-100 kt), katta (100 kt – 1 Mtn) 
va o‟ta yuqori katta (1 Mt katta) quvvatli bo‟lishi mumkin.
Yadroviy bombaning portlashi: yuqoridagi, havodagi, er usti (suv usti) va er 
osti (suv ichidagi) turlariga bo‟linadi.
Yuqorida, ya„ni erning troposferasidagi (10 km dan yuqori) portlashda, uning 
talofatli ta„siri havo bilan to‟lqini, singib boruvchi radiatsiya (30-60 km masofada), 


40
rentgen nurlari, gazli oqim, elektromagnitli impuls, atmosferaning ionizatsiyalanishi 
va h.k.da namoyon bo‟ladi.
Masalan:1 Mt quvvatli bombaning portlashi natijasida (77 km yu- qorida) 
uning turli ta„siri 10 soatda 800-1000 km radiusdagi maydonga tarqalgan. Bu 
portlash asosan kosmik, havo ob„ektlari va radiotexnik qurilmalariga ta„sir etish 
uchun qo‟llaniladi.
Shunga o‟xshash, lekin 10 km balandlikgacha havodagi portlash ham xuddi 
shunday ta„sirga ega bo‟ladi, er va suv ustidagi portlashda esa qo‟shimcha ravishda 
juda ko‟p mustahkam er usti (suv osti) ob„ekt- lar, er osti va port inshoatlari 
buziladi. Bularga nisbatan, er osti portlash- da ta„sir kuchi kichik radiusda bo‟lsada, 
ammo kuchli er silkinishiga olib keladi.
Yadroviy qurol ham tuzilishi jihatidan turlicha bo‟ladi. Ayniqsa ulardan eng 
zamonaviysi bu neytron bomba hisoblanadi. Uning yuqorida keltirilgan 
bombalardan farqi, tirik jonni o‟ldirib, material boyliklarga za rar 
etkazmaydi.Masalan,1 kt neytron bombaning portlashida 500 m radius tashqa- 
risida, asosiy ta„sir etuvchi omil singib boruvchi radiatsiya nurlari hisoblanib, 1 km 
masofada odamlarni halok bo‟lishi (neytron va gammanur ta„ sirida), 2 km radiusda 
esa og‟ir nurlanish kasaligiga chalinishlari va keyinroq bu ham o‟limga olib borishi 
kuzatiladi.
Bu urush vositalarini ob„ektlar (nishonlar) ga turli yo‟llar bilan olib borish 
mumkin. Buning uchun er usti, dengiz va havoda saqlanadigan raketalar va maxsus 
jihozlangan samolyotlar, artileriya vositalari, raz- vedka-diversion guruhlar 
qo‟llaniladi.
AQSh da yerda joylashtirilgan, asosan, kontinental ballistik raketalar 
qo‟llaniladi. Bunga Titan, Minitmen-3, Minitmen-2, MX, Pershing-2, qanotli 
raketalar qo‟llaniladi. Xuddi shunday rivojlangan davlatlarda ham turli xil raketalar 
qo‟llanishi mumkin.
Olib borish yoki saqlash vositalaridan ayniqsa, suv osti atom kemalari butun 
dunyoda ko‟p qo‟llanilib, ular „Polyaris-AZ‟, „Posey don-3‟, „Traydent-1‟, 
yangilaridan „Traydent‟-‟Ogayo‟ ballistik rake- talar bilan qurollangan. Xuddi 


41
shuningdek, suv usti avianosets va krey- serlar mavjudki, ular ham turli kattalikdagi 
raketalarni olib borishlari mumkin.
Bu ommaviy qirg‟in qurollarini aviatsiya yordamida ham olib bo- rish 
mumkin. Hozirda, „Vulkan‟ (Buyuk Britaniya), „Miraj IV‟ (Fran siya), 
Stratofortress V-52, V-1, FB-111 (AQSh) samolyotlari, turli xil bombalar va 
raketalarni olib borishi mumkin.
Bundan tashqari, Rossiya va boshqa davlatlarda ham, xuddi shun- day turdagi 
ommaviy qirg‟in qurollari mavjud.
Ommaviy qirg‟in qurolining yana biri, bu kimyoviy qurol hisobla- 
nadi.Albatta, ular turlicha bo‟lishi bilan, ayniqsa, kimyoviy qurol sifatida o‟ta 
xavfli hisoblanadi. Ularning xavfsizlik darajasi esa 3.2-jadvalda keltirilgan. KXM 
o‟ta xavfli darajada ekanligini uning konsentra- tsiyasiga bog‟liqligini ko‟rish 
mumkin.Bunda, asosan tirik mavjudot, havo, oziqovqat, suv va boshqalar 
zaharlanadiAlbatta, zaharlanish darajasi uning dozasi va turiga bog‟liq bo‟ladi.Ular, 
turli xil ta„sir ko‟rsatishi mumkin. Bularga asabni falajlovchi (za- rin, zoman, Vi-
Iks), umumiy zaharlovchi
(sinil kislotasi, xlorsian va h.k.), zaharlovchi-bug‟uvchi (fosgen, difosgen), 
zaharlovchi teri yiring- latuvchi (iprit, azotli iprit), zaharlovchiqo‟zg‟atuvchi 
(xloratsetofenon, adamsit, Si-Es), zaharlovchi ruxiyatga ta„sir etuvchi (Bi-Zet, LSD) 
kimyoviy moddalar tegishlidir.
Hozirgi vaqtda, er yuzida bo‟lgan jonzotlarni o‟ldirish uchun keng ko‟lamda 
bakteriologik (biologik) qurollar ham qo‟llaniladi. Bunda, ommaviy infeksion 
kasalliklarning tarqalishi, ayniqsa ularning bir-biri- ga juda tez o‟tib tarqalishi, ko‟p 
yillar saqlanib qolishi, yashirin ravishda qo‟llanib borishi, ularni topish 
murakkabligi va boshqalar ularning qud- ratini oshiradi.
3.2- Jadval 
Kimyoviy zaharli moddalarning xavfsizlik darajasi 
Kimyoviy 
modda 


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling