O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti biotexnologiya kafedrasi


-rasm. Mitoxondriya transport tizimlarining sxematik ko„rinishi


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/32
Sana09.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1181876
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

4-rasm. Mitoxondriya transport tizimlarining sxematik ko„rinishi. 
Mitoxondriyalarga Сa
2+
ning kirishi elektroforetik yo‗l bilan hamda jigarda 
Са
2+
/2Н
+
, yurakda Na
+
/H
+
almashinuvi orqali amalga oshiriladi. Bu ikkala 
almashinuv tizimi orqali mitoxondrial kalsiyning tashqariga va ichkariga intensiv 
transporti ta‘minlanadi. Bu transport tizimida bir qancha gormonlar, metabolitlar 


19 
va boshqa faktorlar bevosita ishtirok etadi. Ushbu faktorlarning ayrimlari induktor 
vazifasini bajarsa, boshqalari ingibitor sifatida ta‘sir ko‗rsatadi. Bunday induktorlar 
safiga fosfofenolpiruvat, shavelsirka kislotasi, glyukokortikoidlar, qator pestisidlar 
va boshqa birikmalar kiradi. Mitoxondriyalardagi Сa
2+
ning tashilishida bu 
agentlarning ta‘sir mexanizmi klassik umumlashtirgichlar-prtoforlar, ionoforlar va 
nafas yadlardan farq qiladi, qaysiki membrana potensiali pasaysa, mitoxondriyadan 
Сa
2+
ning chiqishini oshiradi.
Са
2+
ning mitoxondriyadan chiqishi uning yuqori konsentrasiyalarida sodir 
bo‗ladi, Сa
2+
ni o‗tkazuvchi bunday kanallarni ruteniy qizili yoki uning hosillari 
bloklab qo‗yadi. Сa
2+
ning mitoxondriyadan chiqishi nafas olishni tezlashtiradigan 
va mitoxondriyaning yuqori amplitudada N
+
ga to‗yinishi bilan amalga oshadi. 1 
mg oqsilga 100 nM Сa
2+
ning qo‗shilishi ―umumiy‖ nafas olishga chaqiradi, bunda 
mitoxondriyadan Ca
2+
chiqib, ichki membrananing siklosporinga sezgir Ca
2+
bilan 
boshqariluvchi poralar (SsA-sezgir poralar yoki Сa
2+
-ga bog‗liq megakanal) ning 
yuqori o‗tkazuvchanlik holatida membrananing o‗tkazuvchanligini oshiradi 
(Асраров, Камбурова, 2001; Чулиев, 2005).
Shunday qilib, noorganik fosfat ishtirokida mitoxondriyalarda Ca
2+
ning 
to‗planishi ichki membranada molekulyar og‗irligi 1500 D gacha ionlar va gidrofil 
molekulalarni o‗tkazib yuboruvchi selektiv bo‗lmagan poralar (kanallar) hosil 
bo‗ladi.
SsA-sezgir pora megakanal bo‗lib, u asosan ichki membranada joylashgan
ammo oxirgi ma‘lumotlarga tayanadigan bo‗lsak, ular har ikkala membranani bir-
biri bilan bog‗lab turadi hamda murakkab tuzilishga ega. Undan 1200 pS gacha 
bo‗lgan ion va molekulalar bemalol o‗ta o‗ladi. Uning diametri 2 nm ga teng. 
Ushbu megakanal haqidagi dastlabki mukammalroq ma‘lumotlar 1979 yilda 
Xavort va Xunterlar tomonidan aytiladi (Havorth, Hunter, 1979). Ular 
mitoxondriyalarning kalsiy ishtirokida Сa
2+
-indusirlangan bo‗kishini aniqladilar. 
Ushbu fenoment asosida ko‗pgina ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda va bu 


20 
jarayonga ta‘sir ko‗rsatuvchi aktivator va blokatorlar sifatida ta‘sir ko‗rsatuvchi 
biologik faol birikmalarning ta‘sir mexanizmlari o‗rganildi va o‗rganilmoqda. 
Shuningdek, adabiyot manbalarida ko‗rsatilishicha, mitoxondriyalar-ning 
apoptoz va nekrozda ishtiroki juda katta. Aniqrog‗i, bu jarayonlarning amalga 
oshishida 
asosiy 
organoid 
bu 
mitoxondriyalardir. 
Mitoxondriya 
ichki 
membranasidagi ion kanallari patologik ta‘sir ko‗rsatuvchi turli xildagi faktorlar 
uchun mishen hisoblanadi. Kuchli ta‘sir natijasida mitoxondriyalar ichki 
membranasida joylashgan SsA-sezgir poralar tezda zararlanib, ochiq konformasion 
holatga o‗tadi. Natijada normal transport jarayoni izdan chiqib, mitoxondriyaning 
bo‗kishi yuzaga keladi. Keyin ular yorilib ichidagi apoptotik va nekrotik qoldiqlar 
sitoplazma bo‗shlig‗iga chiqariladi, bu zaharli qoldiqlar yadroga ta‘sir ko‗rsatadi 
va hujayra apoptotik yoki nekrotik o‗limi yuzaga keladi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling