O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti biotexnologiya kafedrasi


Turli xildagi jigar patologiyalarida (toksik gepatitda) mitoxondrial


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/32
Sana09.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1181876
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

1.3. Turli xildagi jigar patologiyalarida (toksik gepatitda) mitoxondrial 
funksiyalarning o„zgarishi 
Adabiyot manbalaridan ma‘lumki, patologik holatlarining kelib chiqishiga 
asosan 
mitoxondriyalar 
disfunksiyasi 
sabab 
bo‗ladi. 
Mitoxondriya 


27 
membranasining zararlanishi kasallikka olib keladi. Masalan, (-hujayralarda 
mitoxondrial buzilishlar diabetni chaqiradi (Эршова, 2003). Mitoxondriyalar yana 
ishemiyada, gepatitda va ishemik to‗qimalar reperfuziyasida zararlanadi, bu 
yurakda, miyada va buyrakda yaqqol namoyon bo‗ladi. Mitoxondriya oqsillarining 
mutatsiyalanishi patologik to‗qimalarning turli ko‗rinishlarida kuzatiladi; 
mitoxondriya disfunksiyasi barcha asosiy neyrodegenerativ kasalliklar Parkinson, 
Alsgeymerga bog‗liq bo‗lib, motoneyronlarning buzilishi va ko‗pincha sklerozga 
olib keladi (Krieger, Duchen, 2002; Schon, Manfredi, 2003). Yurak 
mitoxondriyalari disfunksiyasi kardiomiopatiyani keltirib chiqarishi mumkin. 
Sepsis kasalligi davrida ko‗pgina organlar tizimining zararlanishida mitoxondriya 
disfunksiyasi asosiy rol o‗ynashi isbotlangan. Mitoxondriyalar hujayra 
disfunksiyalarining inisirlanishida asosiy mishen hisoblanadi [Duchen, 1999; 
Francesca et al., 2002].
Ma‘lumki, mitoxondriya o‗tkir disfunksiyasi ishemiya yoki anoksiyada 
hujayrada energiya yetishmovchiligi va nekrotik o‗limiga olib keladi. Hujayra 
metobolizmidagi energetik o‗zgarishlar organizmning qarishi va kasalliklarda ular 
bilan bog‗liq ravishda shuningdek, bir qancha turli xil o‗sma shishlari 
rivojlanishida muhim rol o‗ynaydi. Mitoxondriyada hosil bo‗ladigan erkin 
radikallar, taxmin qilingandek hujayra funksiyalari degradasiyasida markaziy rol 
o‗ynaydi. Qarish jarayoni asosida nima yotadi? Bunda uzoq yashashni 
ta‘minlaydigan bir qancha genlar mitoxondriyani himoya qiladi yoki hech 
bo‗lmaganda hujayra antioksidant himoya funksiyasini o‗zgartiradi (Hekimi, 
Guarente, 2003; Migliaccio et al., 1999).
Mitoxondrial DNK mutasiyasi bir-biridan farq qiladigan kardiomiopatiya 
patologiyalaridan tortib, oshqozon-ichak trakti patologiyasi va bosh miya 
shikastlanishigacha bo‗lgan patologiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. 
Mitoxondriyalarda patologik holatlarning rivojlanishida ular ichki 
membranasidagi SsA-sezgir poralarining roli keng mushoda qilinmoqda. 
Aniqlanishicha, ushbu poralarning ochilishi to‗qimalar reperfuziyasi va ishemiyada 


28 
nekrozning rivojlanishida kalit rolini o‗ynaydi [Lemasters et al., 1998]. Jigarning 
turli xildagi zararlanishlari, xususan turli ko‗rinishdagi gepatitlarning kelib 
chiqishida 
mitoxondriyalarning 
funksiyasi 
buzilishi 
yotadi. 
Zamonaviy 
gepatologiyada 
tadqiqotchilar 
asosiy 
e‘tiborni 
turli 
gepatitlarning 
farmakoterapiyasi va ushbu patologiyalarning molekulyar mexanizmlarini 
o‗rganishga qaratmoqdalar. Buni ushbu patologiyalarda membrana buzilishlarining 
molekulyar mexanizmlari to‗lig‗incha asoslanmaganligi bilan tushuntirish 
mumkin. Shuningdek, bu jarayonlarga ijobiy ta‘sir ko‗rsatuvchi biologik 
preparatlar aniqlash va ulardan samarali foydalanish yo‗llarini aniqlash borasida 
ko‗plab tadqiqotlarni olib borishni taqozo etmoqda [Mеyr, 2001]. Shu munosabat 
bilan jigar patologiyalarida membrana buzilishlarining molekulyar mexanizmlarini 
o‗rganish dolzarb muammolardan bo‗lib, davolashning yangi uslub va 
ko‗rinishlarini ishlab chiqish ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. 
Gepatit 
sharoitida 
patologik 
holatlar 
rivojlanishi 
mexanizmlarini 
o‗rganishning birmuncha qulay modeli bu eksperimental toksik gepatit hisoblanadi 
(Акиншина, 2001). 
Ma‘lumki, jigarning SSl4 bilan toksik zararlanishida jigar hujayralari 
gipoksiyasi kuzatiladi. Buni jigarning ichki gemosirkulyatsiyasining o‗zgarishi va 
hujayra ichki fermentlar faolligining buzilishi bilan tushuntirish mumkin 
[Абдуллаев, Kаримов, 1989; Гuбский и др., 1990; Gumpricht et al., 2005]. 
Hujayra va hujayra organiodlari membranasi o‗tkazuvchanligining oshishi 
natijasida, hujayralarda destruktiv o‗zgarishlar yuzaga keladi [Абдуллаев, 
Kаримов, 1989 Гутникова, Акиншина и др., 1999]. Krebs siklining 
dezorganizasiyalanishi natijasida glutamat, malat va sitrat oksidlanishining 
pasayishi, mitoxondriya nafas zanjiri fermentlari faolligining susayishi, 
oksidlanishli fosforlanishning uzilishi, shuningdek ATF hosil bo‗lishining 
kamayishi kabi jarayonlar kuzatiladi [Алматов и др., 1986; Гонский и др., 
1996].


29 
O‗z navbatida, ССl
4
gepatositlar mitoxondriyalarida shikastlanishlarni va 
ularda bioenergetik jarayonlarning buzilishini chaqiradi. CCl
4
tа‘siriда sitoxrom S 
да nаfаs zаnjiri elеktronlаrining tаshuvchilаri yo‗qolishi [Абдуллаев, Kаримов, 
1989; Гонский и др., 1996; Dehpour et al., 1999], to‗qima nafas olishining izdan 
chiqishi va nafas zanjiri kofaktorlarining kamayishi, NAD va NADF sintezining 
buzilishi, suksinatdegidrogenaza va sitoxromoksidazalar faolligining tushib ketishi 
oqibatida jigar mitoxondriyalarida nafas olishning fosforlanishdan uzilishi yuz 
beradi [Манкус, Хафизова, 1980; Ким и др., 2005]. ССl

ta‘sirida 
mitoxondriyalarda Ca
2+
transportining izdan chiqishi qiziqarli fakt hisoblanadi. 
ССl
4
ta‘sirida jigar hujayralari membranasining zararlanishi sAMF va sAMF-ga 
bog‗liq glikogenolitik kaskadning faollanishiga, shuningdek sitozolda Са
2+
miqdorining ortishi bilan uning kompartmentalizasiyasining buzilishiga olib 
keladi. [Gubskiy i dr., 1990]. Bu ma‘lumotlar ССl
4
ning aniqlangan ma‘lum 
konsentrasiyalarida SsA-sezgir poralarning yuqori o‗tkazuvchanlik holatiga o‗tib 
qolishini isbotlovchi dalillardir.
Geliotrinli toksik gepatitda, mitoxondrial va nemitoxondrial Ca
2+
pulining 
tezlik bilan bo‗shab qolishi kuzatiladi, buning natijasida timositlar plazmatik 
membranasidagi membranaga bog‗liq Са
2+
miqdori ortib ketadi [Ионов, 2000].
Shu munosabat bilan ushbu ishda kalamush jigari mitoxondriyalari SsA-
sezgir poralari holatini toksik gepatit sharoitidagi o‗zgarishlarini o‗rganish maqsad 
qilindi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling