33
boshq. Eng faol buzuvchi birikma bu 3,5-ditretbutil-4-gidroksibenziliden-
malononitril (SKF6847) hisoblanadi. Bu birikma 2,4-dinitrofenoldan taxminan
1800 marta faolroq bo‗lib, 0,2 mol konsentrasiyada 1 mol sitoxromda to‗liq
fosforlanishni uzib qo‗yadi.
Oksidlanishni fosforlanishdan uzib qo`yuvchi birikmalarning ta‘sir
mexanizmlari to‗liq asoslanmagan. Ular protonlarning mitoxondriyadan
sitoplazmaga chiqib ketishini tezlashtiradilar. Yoki hujayra energiya ta‘minotining
buzilishini ta‘minlovchi
boshqa bir mexanizm shuki, bunda mitoxondrial
translokazaning shikastlanishidir, qaysiki u sintezlangan
ATF ni mitoxondriyadan
sitoplazmaga chiqishi uchun zarur. O‗rta yer dengizida o‗suvchi Distel Atractylis
gummifera o‗simligidan olingan birikmalar aynan shunday ta‘sir ko‗rsatadi.
Toksikantlarning zaharli ta‘sir mexanizmlaridan yana biri, ular to‗qimalrdagi
kislorodning parsial bosimining pasayishi bilan bog‗liq. Odam va boshqa sut
emizuvchilarda kislorod yetishmovchiligi bir necha daqiqa davom etishi mumkin
xolos, undan ortib ketsa, shu organizm halok bo‗lishi aniq.
Quyidagi jadvalda kalamush turli organlarining kislorodga bo‗lgan
talabi
keltirilgan (1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: