O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti


«VA – INKOR» - mantiqiy ko'paytirishning inkori elementi


Download 253.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana16.02.2023
Hajmi253.26 Kb.
#1203492
1   2   3
Bog'liq
asosiy-mantiqiy-amallar-va-ularning-avtomatika-elementlari-va-qurilmalarida-amalga-oshirilish

«VA – INKOR» - mantiqiy ko'paytirishning inkori elementi 


X va Y kirishlarga bir vaqtda “1” signali berilsa, Z chiqishda “0” signali hosil 
bo'ladi. Kirishlardan birortasiga yoki bir vaqtda ikkalasiga «0» signali berilsa
chiqishda «1» signali hosil bo'ladi. 
«YoKI - INKOR» - mantiqiy qo'shishning inkori elementi 
X va Y kirishlar bir vaqtda “0” signali berilsa, Z chiqishda “1” signali hosil 
bo'ladi. Kirishlardan birortasiga yoki bir vaqtda ikkalasiga «1» signali berilsa, 
chiqishda «0» signali hosil bo'ladi.
2. Mantiqiy elementlarni ishlab chiqarish texnologiyalari 
Raqamli hisoblash texnikasida asos elementlari bo'lib mantiqiy “va”, “yoki”, 
“inkor” elementlari xizmat qiladi.
Mantiqiy elementlarni ishlab chiqarish texnologiyalarining bir qator turlari 
mavjud bo'lib, ularning har biri o'z yutuq va kamchiliklariga ega.
Masalan: 
- unipolyar tranzistorlarga asoslangan texnologiyalar kristalda joylashgan 
elementlar zichligini yuqoriligi, kam quvvat talabligi, narxining arzonligi bilan 
xarkterlanadi, lekin tashqi ta‟sirlarga o'ta ta'sirchan, nisbatan tezkorligi past;
- bipolyar texnologiyadagi elementlar o'ta tezkorligi va ishonchli ishlashi 
bilan xarakterlanadi, lekin elementlar zichligi kam va ko'p energiya talab qilinadi, 


tan narxi qimmat;
1­rasm. Mantiqiy elementlar: a) «YoKI» elementi; b) «VA» elementi; c) «INKOR» 
elementi. 
 
Mantiqiy elementlarning asosiy parametrlari va xarakteristkalari. 
Mantiqiy elementning asosiy xarakteristkasi uning uzatish xarakteristkasi 
hisoblanadi.Chiqish 
kuchlanishining 
kirishlardan 
biridagi 
kuchlanishga 
bog‟liqligiga uzatish xarakteristkasi deyiladi.Bunda qolgan kirishlardagi 
kuchlanish o‟zgarmas bo‟lishi kerak. 
Mantiqiy elementning turiga qarab, uzatish xarakteristkasining ko‟rinishi ham 
turlicha bo‟ladi. MElar invertirlovchi va invertirlamaydigan MElarga bo‟linadi. 
Invertirlovchi MEning chiqishida kirish signaliga nisbatan invers (teskari) signal 
olinadi. Masalan: «EMAS», «VA-EMAS», «YoKI - EMAS» amallarini 
bajaruvchi MElar invertirlovchi MElarga kiradi. Invertirlanmaydigan MEning 
chiqishida kirish signaliga mos (to‟g‟ri) signal olinadi.Masalan: «VA», «YOKI» 
MElari invertirlamaydigan MElar hisoblanadi. 
 


3. Mantiqiy elementlar asosida turli qurilmalarni loyihalash. 
Raqamli hisoblash texnikasining asosiy qurilmalaridan biri – summatordir. Bir 
razryadli ikkilik sonlarni qo'shish uchun qo'llaniladigan «Yarim summator» 
sxemasini loyihalash jarayonini ko'rib chiqamiz: 
Berilgan “a” hamda “b” bir razryadli ikkilik sonlarni qo'shish natijasida “s” - 
yig'indi razryadi va “p”- o'tish razryadi hosil bo'ladi. 
“a” va “b” bir razryadli qo'shiluvchilardan faqat bittasi «1» ga teng bo'lsa, 
yig'indi razryadi s=1 bo'ladi va “a” va “b” bir vaqtda «1» ga teng bo'lgandagina 
p=1 bo'ladi. Shu holatlar uchun mantiqiy funksiyalar quyidagi ko'rinishga ega 
bo'ladi: 
b
a
p
b
a
b
a
s
&
,
&
&



Bir razyadli yarim summator sxemasini shu ifodalarga mos ravishda mantiqiy 
elementlar asosida qurish mumkin.
2-rasm. Bir razryadli yarim summatorning sxemasi. 
Ikkita 2 razryadli ikkilik sonlarni solishtirish vazifasini bajaruvchi qurilmani 
yaratish bilan bog'liq masalani ko'rib chiqamiz:
A = a1a2 va B = b1b2 – ikki razryadli sonlar.
Shunday solishtirish sxemasi(SS)ni yaratish kerakki u 4 ta kirishga (a1, a2, 
b1, b2), hamda 3 ta chiqishga (Y1, Y2, Y3) ega bo'lsin.


Bu sxemaning chiqishlari quyidagi shartlarni qanoatlantirsin: Y1=1 bo'lsin, 
agar A>B bo'lsa, Y2 =1 bo'lsin, agar A=B bo'lsa va Y3 =1 bo'lsin, agar ABu shartlarga mos mantiqiy funksiyalar asosida solishtirish sxemasini qurish 
mumkin. 
3-rasmda. Ikkita ikki razryadli ikkilik sonlarni solishtirish vazifasini 
bajaruvchi qurilmaning sxemasi keltirilgan. 
3-rasm. Ikkita ikki razryadli ikkilik(binar) sonlarni solishtirish sxemasi. 


Adabiyotlar:
1. 
Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., Gulomov Sh.M. Texnologik 
jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Toshkent: O„qituvchi, 2011. 
2. 
Abdullaеv M.M., Nazarov X.N., Abdullaеva S.B., Tolipov A.R., 
Matyoqubov N.R. “Hisoblash tеxnikasi va boshqarish sistеmalarining elеmеntlari 
va qurilmalari”. Ma'ruzalar matni. Toshkent 2011. 
3. 
O‟ljaеv E.U. Mikroprotsеssorlar, mikro EHM asoslari. O‟quv 
qo‟llanma. Toshkеnt. 2011. 404 b. 
4. 
Vaxidov A.X., Abdullaеv D.A. Avtomatikaning tеxnik vositalari. 
Toshkent, 2012. 
5. 
Aripov N.M. “Avtomatik boshqarish nazariyasi va avtomatika 
elеmеntlari” ma'ruzalar matni. Toshkеnt, 2010. 

Download 253.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling