O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/30
Sana28.03.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1304410
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
Biokimyo qòllanma 2023 uchun maxsus

Ishni bajarish tartibi: 
PZR amplifikatsiyasini reagentlar to‘plami bilan o‘tkazish quyidagi ketma-ketlikda 
amalga oshirildi:
1. 
Reaksiya o‘tkazishdan oldin muzlatgichdan kerakli miqdorda Master Miks 
probirkalari olindi. 
2. 
Master Miks probirkalarini (+), (-) tarzida belgilandi – nazorat va 
tekshirilayotgan namuna. 
3. 
Hamma probirkalarga – nazorat va tekshirilayotgan namunalarga PSR 
eritmasidan (Diluent) 10 mkl solindi. Probirkadagi aralashmani ataylab eritish shart 
emas. 
4. 
Hamma probirkalarga 2,5 mkl dan praymerlar solindi. Praymerlar 
konsentratsiyasi 0,1-0,5 mkM. 
5. 
Master Miks probirkalariga 5 mkl dan DNK solindi. (-) nazoratga 
distillangan suv solindi.
6. 
Probirkalarni og‘zini yopgan holda PSR-amplifikatoriga qo‘yildi va tegishli 
amplifikatsiya dasturi tanlandi. Amlifikatsiya PSR- amplifikator (Applied Biosytsems 
9700) uskunasida o‘tkazildi.


CYP21genini amplifikatsiya qilish uchun ishlatilgan praymerlar: 
Forward (U1-F) 5‘-GAGTACCTTGGAGGGCCTGCT-3‘; 
Reverse (F3-R) 3‘-GCTACACTCCAGCGTCTGAGG-5‘. 
PZR bir necha bosqichda amalga oshiriladi: 
1-bosqich denaturatsiya. Yuqori harorat ta‘sirida DNK denaturatsiyasi hisoblanadi. 
DNKning kerakli kesigini amplifikatsiyalash reaksion aralashmaga 2 yoki undan ortiq 
praymerlarni qo‘shish bilan amalga oshiriladi, bu praymerlar aynan kesikning uchki 
sohalariga komplimentar bo‘lishi kerak, bu esa butun DNKdan emas balki kerakli 
genlardan nusxa olishni ta‘minlaydi. Reaksiyani tugashi bilan DNK yana denaturatsiyaga 
uchraydi va sikl takrorlanadi. Bu siklni ko‘p marotaba takrorlash reaksion aralashmani 
nishon DNK molekulalari bilan boyishiga olib keladi, bu reaksiya zanjirli reaksiya bo‘lib, 
har keyingi siklda matritsa bo‘lgan holda faqat dastlabki, DNK emas balki oldingi 
sikllarda sintezlangan yangi DNK molekulalari ham xizmat qiladi. Shundan so‘ng 
reaksion aralashmaga DNK polimeraza va dNTFlar qo‘shiladi, ular praymerlarda 
polimerazasiya reaksiyasini ta‘minlaydi. PZRning o‘tishi haroratni o‘zgartirish bilan 
boshqariladi: - DNK denaturatsiya harorati – ixtiyoriy yuqori molekulyar genom DNK 
uchun denaturatsiya harorati – 95
o
C qilib belgilangan. Amplifikatsiya mahsulotlari va 
―praymer matritsa‖ komplekslari uchun harorat pastroq bo‘ladi. 


2-bosqich. Praymerni ulash. Bu praymer oligonukliotining bir zanjirli DNK matritsasi 
bilan bog‘lanishini ta‘minlaydigan harorat. Bu harorat har bir konkurent praymer uchun 
odatda 55-60
o
C yoki turlicha bo‘ladi.
3-bosqich. Elongatsiya. Bu bosqichda harorat foydalanilayotgan ferment tipiga bog‘liq. 
Toq polimerazaning fermentativ faolligi uchun optimal harorat 72
o
C. PZR yuqori 
analitik va diagnostik sezgirlikka yuqori spetsifiklik natijalarni tez olish va reaksiya 
o‘tkazish jarayonining universalligi bilan farqlanadi. 
Natijada o‘rganilayotgan DNK fragmenti ikki hissa ko‘payadi va bu bosqichlar yana 
boshidan boshlanadi. Sikl bir necha marta takrorlanadi. O‘rganilayotgan DNK fragmenti 
soni 4 soat ichida 1.074.741.764 ga yetadi. 


ASOSIY ADABIYOTLAR 
1. Д. Нильсон, М. Кокс. Основы биохимии. Лелинджера. Москва, БИОНОМ. 
Лаборатория знаний, 2011 
2. M.N. Valixonov. Biokimyo. Toshkent. ―Universitet‖, 2009 
3. To‘raqulov Yo.H. Biokimyo. Toshkent. O‘zbekiston, 1996 
4. 
R. G‘. Sultonov, N. M.Xolmuhamedova. Bioximiyadan amaliy mashg‘ulotlar. 
Toshkent. Abu Ali Ibn Sino nashriyoti.1995
5. 
Биохимия и молекулярная биология. Версия 1.0 [Электронный ресурс] : 
лаб. практикум / Н. М. Титова, Т. Н. Замай, Г. И. Боровкова. – Красноярск : ИПК 
СФУ, 2008.
6. 
R. N.Igamnazarov, M.M.Abdullayev, G.B.Umarova. Biokimyoviy tadqiqot uslublari. 
Uslubiy qo‘llanma. Toshkent. O‘zMU. 2003.
QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR 
1. Mirziyoyev Sh. M. Buyuk keljagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga 
quramiz.-Toshkent. ―O‘zbekiston‖, 2017.-488-b. 
2. Березов Т. Биологическая химия. Москва, 2000 
3. Кольман Яю Рѐм Кюю Наглядная биохимия. Москва, 2000 
4. Северин Е.С. Биохимия. Москва, ―ГЕОТАРМЕД‖, 2004 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling