*O`zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/95
Sana29.03.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1308776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
Педагогик маҳорат мажмуа 2022

 
 
Fakultet kengashining qarori № ___ __ iyun 2022 yil 
Fakultet kengashi raisi: ___________ I. Yo‗ldoshev 
 
 
Universitet kengashining qarori №____ ___ iyun 2022 yil 
Universitet O‗UBB ___________ dots. P.R.Qurbonov
 
 
 
 
 
 


Mundarija 
 
1.O‗quv materiallari  
A) ma‘ruza matnlari 
B) amaliy va laboratoriya mashg‗ulotlari 
2. Mustaqil ta‘lim mashg‗ulotlari 
 
3.Glossariy 
 
4. Ilovalar: 
A) Fan dasturi 
B) Ishchi dasturlar 
V) Tarqatma materiallar 
D) Testlar 
G) Baholash mezonlar 
YE) O‗UMning elektron varianti 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING O'QITUVCHI 
FAOLIYATIDAGI O'RNI VA AHAMIYATI
Reja: 
1. Pedagogak mahorat haqida tushuncha
2. Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari.
3. O'qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o'rni 
Tayanch tushunchalar: 
Mahorat, pedagogik mahorat, predmet, maqsad, vazifa, tarkibiy qismlar, o'qituvchi 
shaxsi, kasbiy bilim, pedagogik qobiliyat. 
 
O'quv-tarbiya ishlari jarayonida eng yuksak natijalarga erishib, faoliyatiing yuksak 
darajada baholanishini va hamma tomondan tan olinishini istamaydigan o‘qituvchi
topilmasa kerak. Bunga erishishini, ana shu xil orzuning ushalishini pedagogik 
mahorat deymiz. Xo'sh pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimadan iborat? Unga qanday 
erishsa bo'ladi? Hozirgi zamon pedagogika va psixologiya sohasidagi adabiyotlarda
«Pedagogik mahorat» tushunchasiga doir turlicha izohlarga duch kelamiz. Bu tushunchaning
mohiyatini bir muncha to'laroq, aniqroq ta'rifi «Pedagogak endiklopediya»da berilgan 
deyish mumkin. Bizningcha, boshqalarga nisbatan bu ta'rif pedagogik mahorat mazmunini va 
mohiyatini bir muncha to'g‘ri yoritadi: ―Tarbiya berish va o'qitishda yuqori darajaga erishish va 
uni doimo takomillashtirib borish imkoniyatini ta'minlovchi san'at bo'lib, bolaga mehr qo‘ygan 
va o'z kasbini sevgan har bir o'qituvchinnng qiladigan ishidir. O'z ishining mohir ustasi bo'lgan 
pedagog - bu yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, fanning yoki san'atning 
tsgishli sohalarini yaxshi tahlil eta olaadigan, tarbiyalash va o'qitish uglubiyotini mukammal 
egallagan mutaxassisdir‖. 
Bu ta'rifni yaxshi tushunib, uning ma'no mohiyatini tahlil etadigan bo'lsak, ushbu ta'rifda 
Pedagogik mahorat tushunchasi mazmuniga kiradigan quyidagi masalalarni ajratish mumkin 
bo'ladi: 
1. Umumiy madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko'rsatkichi; 
2. O'zi o'qitayotgan faniga doir keng va chuqur bilim;
3. Pedagogika, umumiy, yosh va pedagogik-psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlar 
bilan q urollanganlik, ulardan o'qitish va tarbiyalash ishlari tajribasida erkin va ustalik bilan 
foydalana bilish; 
4. O'quv-tarbiya ishlari metodikasini mukammal egallaganlik. 
Pedagogik mahoratning mazmunida quyidagi o'zaro bog‘liq bo'lgan asosiy qismlarini 
ajratish mumkin: 
1. Pedagogik insonparvarlik yo'nalishi; 
2. Mutaxassislikka doir bilimlar
3. Pedagogak qobiliyat; 
4. Pedagogik texnika (ko‘nikma-iqtidor) 
O‘qituvchilik dunyodagi eng qadimgi kasblardan biridir. Uiing ijtimoiy ahamiyati hech 
qachon kamaymaydi, so'nmaydi. O‘qituvchilik kasbi bir qator muhim talablarga javob berishi 
kerak. 
Hozirgi davrda, biz mustakil O'zbekistonda qurayotgan demokratik xuquqiy davlatda 
faoliyat ko'rsatadigan o'qituvchi qanday bo'lishi kerak? Hozirgi zamon o'qituvchisining shaxsi 
uchun eng muhim asos - bu insopparvarlik yo'ialishidir. O‘qituvchi juda yuksak darajada 
umumiy madaniyatga ega odam. U juda ko'p narsani bilishi kerak, hozirgi zamonda o'zi 
o‘qiyotgan fan sohasidagi yutuqlardan, yangiliklardan xabardor bo'lishi, o'z o'quvchilarini har 
kuni o'qishga o'rgatib borish uchun o'zi muntazam o'qib o'rganishi, o'z bilimini to'ldirib, 
chuqurlashtirib borishi kerak. 
Demak, o'qituvchi pedagogik mahoratining asosi o'z ustida ishlab borish – mustaqil 
o'qishdir. 


Fan va madaniyat rivojlanishi ta'lim-tarbiya ishlarining qay yo'sinda olib borilishidan 
kelib chiqadi. Bu falsafiy aqida davlat ahamiyatiga ega bo'lgan ijtimoiy qonuniyat hisoblanadi. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin ta'lim-tarbiya sohasida, milliy axloq-odobni qayta 
tiklash borasida, milliy urf-odatlar, turli-tuman an'analarni joyiga qo'yish, milliy qadriyatlarni 
yanada rivojlantirish xususida juda keskin va buyuk burilishlar bo'lgani barchaga ayondir. 
Davlatning buyuk kelajagi - yoshlarni chuqur bilimli va pokiza axloq-odob, qalb egasi qilib 
tarbiyalash lozimligini yoddan chiqarmaslik lozim. Bu katta muammoda mahoratli, bilimli 
pedagoglarni o'rni muhim va pedagogik mahorat fanining roli ulkan.
«Pedagogik mahorat» fanining predmetini psdagogning faoliyati tashkil etadi.
«Pedagogik mahorat» kursining maqsadi esa - mahoratli pedagogni tarbiyalashdan iborat. 
Pedagogik mahorat fanining vazifalari:
- tarbiyaning mohiyatini va shaxsni har tomonlama taraqqiy ettirishda tarbiyaning rolini ochib 
boradi;
- tarbiyaning maqsadi, mazmuni, usullari, uni tashkil etishdagi shakllari o'rtasidagi 
bog‘lanishlarni ko'rsatadi;
- shuningdek pedagogik mahorat fani o'z taraqqiyoti davomida ta'lim-tarbiya sohasidagi 
tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yo'llarini yoritib 
beradi, tarbiyaviy ishlarning shakllarini ko'rsatadi.
O'qituvchinnng pedagogik mahorati shunday bir malakalar yig‘indisidirki, u pedagogga 
tarbiyalanuvchilar ko'rib va eshitib turgan narsalar orqali o'z fikrlarini yetkazish imkonini beradi. 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling