O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/95
Sana06.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1436459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
Педагогик маҳорат мажмуа 2022 (1)

Alisher Navoiy (1441-1501) – buyuk o’zbek shoiri va mutafakkiri. Bu inson kamolotiga 
bag’ishlangan va pand-nasihatlarga boy didaktik asarlar yaratgan. Sharq an'analariga ko’ra 
yaratilgan «Maxbub ul qulub» asarida she'riyat sultoni o’z zamonasidagi barkamol inmsonga xos 
fazilatlarni aks ettirgan. 
Navoiy bolalarni o’qitish va tarbiyalash uchun maktablar ochish to’g’risida g’amxo’rlik 
qilgan. Uning fikricha, maktab xalqqa nur keltiradi, to’g’ri yo’l ko’rsatadi, farzandlarni bilimli 
qiladi. Demak, xalqni ma'rifatli qilishda maktabning roli kattadir. U bu xususda fikr yuritar ekan, 
eski maktablarda domlalarning bilimi hoyat cheklangan, ular ta'lim-tarbiyada mutlaqo xabarsiz., 
lekin diniy bilimlar etarli bo’lmasa ham, diniy rasm-rusumlarni bajarishga mohir, ruhoniylarga, 
maldorlarga ta'zimkor va davlatga sadoqatli kishilar bo’lgan. Bunday muallimlarning vazifasi 
ko’pincha masjidi imomlik yoki so’fiylik qilish, har-xil diniy marosimlar va urf-odatlarda 
qatnashishdan iborat edi. Ularni Alisher Navoiy «Maktab tutuvchi - gunohsiz yosh bolalarga jafo 
kiluvchidir», deb ta'rif beradi 
Shoirning bunday muallimlarga bergan t'arifi ularning haqiqiy qiyofasini ochib beradi. 
Ular g’oyatda raximsiz, bag’ritosh, aft-angorlaridan doim zahar tomib turadigan kishilar 
bo’lgan. Zero, o’sha paytda maktablar uchun maxsus o’qtuvchilar tayyorlash, mavjud 
muallimlarning saviyasini oshirish, o’qitish usullarini yaxshilash masalalari bilan hech kim 
qiziqmagan va bu ishlar bilan shug’ullangan muassasa ham bo’lmagan
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, Navoiy yosh avlodni tarbiyalash –o’qitish ishini 
tasodifiy kishiga topshirishni qoralagan. U o’qituvchiga eng yuksak talablar qo’ygan. O’g’il-
qizni tarbiyalash va unga ilm berish, qobiliyatini o’stirish uchun nihoyatda bilimdon va usta 
tarbiyachi bo’lishi kerakligi va bolalarga ta'lim-tarbiya beradigan o’qituvchilar yoshlarga ilm
odob o’rgatish mahoratiga ega bo’lishi, o’qitish yo’llarini yaxshi bilishi zarurligini uqtiradi. 
O’zbek adabiyotining dahosi o'z asarlari va ilmiy qarshlarida o'qituvchilik qobiliyati va 
uning obro'si, odobi yuzasidan alfozli mulohazalar yuritadi. Alloma ijodiy yondashuvsiz hech bir 
faoliyatni tasavvur qila olmaydi. Ana shu boisdan uning asarlarida odob, axloq, ziyraklak, 
irodavii kuch, poklik, samimiylik xislatlari asosiy o'rinni egallaydi. 
O’qituvchining har jihatdan ibrat va iamuna bo'lishlari ta'lim va tarbiya garovi ekanligiga 
ishora qilgan. O'qituvchining kasb mahoratini tarbiyalashning mohiyati to'g’risidagi mulohazalar 
«Qobusnoma», «Xotamnoma», «Qutadg’u Bilig» kabi buyuk asarlarda ham bayon etib berilgan. 
Chunki bu asarlarning barchasi odobnomaning xuddi o'zginasi bo'lganligi sababli tarbiyachi-
murabbiyning o'ziga xos xislatlarining shakllanish bosqichlari ifodalab berilgan. 
XVIII-XIX asrda davom etgan Turkistondagi jadidlar harakatining asoschilaridan biri, 
buyuk ma'rifatparvar o'qituvchi, mohir tadqiqotchi Abdulla Avloniy ta'lim tizimi, o'qitishni 
takomillashtirib, o'qituvchilar malakasini oshirish, bo'lg’usi o'qituvchini tayyorlash 
muammolariga mutlaqo yangicha yondashgan olimdir. Uning fikricha ijodiy izlanish, o'qish va 


o'qitishning yangi shakli, uslub hamda vositalarini qidirish o'qituvchining eng muhim sifatlaridan 
biridir, - deb ta'kidlaydi. 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling